-rasm. Tarqatish punktining bir chiziqli sxemasi




Download 58,87 Kb.
bet2/5
Sana19.01.2024
Hajmi58,87 Kb.
#140922
1   2   3   4   5
1.1-rasm. Tarqatish punktining bir chiziqli sxemasi

Elektr ta’minoti tizimlarini avtomatlashtirish elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlarini ishonchligini orttiradi, shikastlanish yuz berganda operativ oldini olish imkonini beradi. Elektr ta’minoti tizimilarida qo‘llanilgan avtomatik boshqarish tizimlarining vazifasi quyidagilardan iborat: shikastlangan element yoki qismni tez uzish yoki boshqa shikastlanmagan qismidan ajratish; normal bo‘lmagan ish rejimining (masalan, o‘ta yuklanish) oldini olish; iste’molchilar elektr ta’minotini tez tiklash, avariya yuz bergan manbani tarmoqdan ajratish; iste’molchilarni belgilangan kuchlanishini ta’minlash; sinxron mashinalarni ishga tushirish va to‘xtatish; energetik tizimda aktiv quvvat yetishmaganda iste’molchilarni bir qismini o‘chirish va shu kabilar.
Havo elektr uzatish liniyalaridan foydalanish tajribasi ularda sodir bo‘ladigan shikaslanishlarning ko‘pchiligi turg‘un bo‘lmasligi, ya’ni liniya uzilganda barham topishi va qayta ulanganda liniya normal ishlashda davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qayta ulash avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmasi yordamida bajariladi.
Har qanday elektr ta’minoti tizimi elementining shikastlanish va uzilishi umuman elektr tizimining ishiga ta’sir qiladi. Masalan, iste’molchilarning bir qismining uzilishi ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning keragidan ortiqcha bo‘lishiga va natijada chastota kuchlanishining ruxsat etilmaydigan qiymatlarigacha ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, quvvati katta generatorning uzilishi elektr energiyaning yetarli bo‘lmasligiga va natijada energosistema turgunligining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunday jaryonlar tez amalga oshishi sababli, operativ personal ularni bartaraf qilish va tezlikda normal rejimni tiklash imkoniyatiga ega emas. Bunday vazifalarni avtomatik qurilmalar bajarishi mumkin. Masalan chastotani tiklash vazifasini avtomatik chastotaviy yengillashtirish (AChYe) qurilmasi bajaradi.



  1. Download 58,87 Kb.
1   2   3   4   5




Download 58,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tarqatish punktining bir chiziqli sxemasi

Download 58,87 Kb.