• Hujjatning ko‘rsatkichidan – O’z DSt; ro‘yxatning tartib raqa­midan va tasdiqlangan yildan iborat bo‘ladi.
  • Standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, muqovalab topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi




    Download 124,9 Kb.
    bet79/87
    Sana19.01.2024
    Hajmi124,9 Kb.
    #140840
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi

    Standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, muqovalab topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
    Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’iy nazar, standartga raqamli belgini “O‘zstandart” agentligi beradi.
    Belgi o‘z navbatida:
    Hujjatning ko‘rsatkichidan – O’z DSt; ro‘yxatning tartib raqa­midan va tasdiqlangan yildan iborat bo‘ladi.
    Masalan, O’z DSt 5.96-93 “Texnik chigit”, O’z DSt 816:2007 “Tozalangan paxta yog‘i” va h.k.
    Ro‘yxatga oluvchi idora asl nusxa, ikkinchi nusxasi va ikkita ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomini ko‘rsatadigan to‘rtburchak muhrni bosadi, sana va davlat ro‘yxatining nomerini yozib qo‘yadi. Ikkinchi nusxa “O‘zstandart” agentligida qoladi, asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi nusxasi esa ishlab chiquvchiga qaytariladi.
    O’z DSt 1.2 “O‘zbekiston Respublikasining standartlash-tirish davlat tizimi. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” standartida muayyan mahsulotning (xizmatning) texnikaviy shartlarini, shuningdek ularga kiritiladigan o‘zgartishlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida gap boradi.
    O‘zbekiston Respublikasi texnikaviy shartlarining loyihalari va ularga kiritiladigan o‘zgartishlar standartlash-tirish texnika qo‘mitalari tomonidan ishlab chiqiladi. Asoslangan hollarda texnikaviy shartlar loyihalarini vazirliklar, mahkamalar, uyushmalar, konsernlar yoki standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, davlat, kooperativ, ijara, aksionerlik korxonalari, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, texnika qo‘mitalari bilan kelishib ishlab chiqadilar.
    Mazkur mahsulotga dahldor MDH ning davlatlararo standartlari Respublika standartlari va texnikaviy shartlari mavjud bo‘lmagan taqdirda hamda boshqa meyoriy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan talablarni kuchaytirish zarur bo‘lganda mazkur tarmoqning ikkita va undan ko‘proq korxonasi ishlab chiqaradigan mahsulotga texnikaviy shartlar ishlab chiqiladi.
    Texnikaviy shartlarda belgilab qo‘yilgan talablar mazkur mahsulotga dahldor bo‘lgan amaldagi standartlar talabidan past bo‘lmasligi hamda mahsulot (buyumlar, ashyolar, moddalar) standartlari va texnikaviy shartlari talabiga zid kelmasligi kerak.

    Download 124,9 Kb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87




    Download 124,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, muqovalab topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi

    Download 124,9 Kb.