• 2.1 Kutubxona –axborot faoliyati marketingining mazmuni
  • 2.1.1. Kutubxona – axborot marketingi - o’ziga xos kompleks boshqaruv turi
  • 2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari




    Download 67.96 Kb.
    bet1/22
    Sana08.09.2023
    Hajmi67.96 Kb.
    #80780
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    2- MAVZU KUTUBXONA AXBOROT FAOLIYATIDA MARKETING BOShQARUVINING ASOSIY JIHATLARI
    6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234

    2-BOB. KUTUBXONA-AXBOROT FAOLIYATIDA MARKETING BOShQARUVINING ASOSIY JIHATLARI



    2.1.Kutubxona-axborot faoliyati marketingining mazmuni va tuzilmasi

    2.2.Kutubxona-axborot faoliyati amaliyotida marketing turlarini qo’llanilishi


    2.3.Kutubxona-axborot faoliyati reklamasining o’ziga xos xususiyatlari
    2.4.Kutubxona-axborot tashkilotlarining jamoatchilik bilan o’zaro aloqasi

    2.1 Kutubxona –axborot faoliyati marketingining mazmuni


    va tuzilmasi.


    2.1.1. Kutubxona – axborot marketingi - o’ziga xos kompleks boshqaruv turi
    2.1.2 Kutubxonalarning maxsus marketing xizmati.
    2.1.3. Marketing turlarini klassifikatsiyalash


    2.1.1. Kutubxona – axborot marketingi - o’ziga xos kompleks boshqaruv turi


    Boshqaruvda marketing bloki kutubxona faoliyatining umumiy texnologik zanjirida muhim tashabbuskor xo’jalik obekti sifatida ahamiyat kasb etadi. Kutubxona o’z darajasida keng tashkiliy va iqtisodiy qarorlar qabul qilishi, turli xil davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar, tashkilotlar, shu bilan birgalikda alohida shaxslar bilan kutubxona-axbort xizmati va mahsulotlarni rivojlanayotgan bozori xususida o’zaro hamkorlik qilishi mumkin.
    Bozor iqtisodiyoti sharoiti kutubxona faoliyatini iqtisodiy mikro darajada alohida kutubxonaning o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy mikro muhitini hisobga olgan holda o’rganishni talab qilmokda. Bu ishlar metodologik asoslari chet el olimlari tomonidan ishlab chiqilgan mikroiqtisodiyot nazariyasi bo’yicha fundamental ishlarga bevosita bog’liqdir.
    Kutubxonaning mikroi qtisodiyoti ham ushbu fundamental ishlarga bog’langan holda amalga oshiriladi. Kutubxonaning mikro iqtisodiyotidagi bosh uslub-bu u tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum bir iqtisodiy hodisani prognozlashtirish va normativ taxlil o’tkazishdir.
    Kutubxonada boshqarish qarorini qabul qilish mexanizmini asoslashda, klassik mikro iqtisodiyotning quyidagi komponentlari asos bo’ladi:
    -talab va taklif nazariyasi;
    -foydalilik kontsepsiyasi /xizmatlar, intellektual mahsulotlar/
    -iste’molchini tanlashdagi noaniqlik effekti;
    -raqobat bozori g’oyalari;
    -pullik xizmat ko’rsatish shakllarida baho siyosatini qo’llanilishi;
    Ular kutubxona-axborot muassasalarining mikro iqtisodiyot strategiyasini amaliyotda joriy etishda taktik anjomlar sifatida faoliyat ko’rsatishi mumkin.
    Soha bozorini marketing tadqiqotlari kutubxona faoliyatining ma’lum bir shaklini boshlanishi (qidirish, o’rganish, segment) va tugallanishidir (taxlil natijalarni baholash).
    Bu esa aniq kutubxona-axborot muassasasini o’ziga xos marketing kontseptsiyasini strategiyasi va taktikani to’g’ri tanlashga, shuningdek mavjud real imkoniyatlarni marketing anjomlari ѐrdamida kundalik kutubxona- axborot amaliѐtida operativ ravishda to’g’rilab borishni ko’rsatadi.
    Kutubxonadagi argumentlashgan tashkiliy-boshqaruv qarorlarini qabul qilishda diagnostik va prognostik marketing tadqiqotlari muhim ahamiyatga egadir. Ular kutubxonaning asosiy bozorini kompleks ravishda o’rganish, resurs imkoniyatlarini baholash, kutubxona axborot xizmatlari, mahsulotlariga bo’lgan aniq va potentsial so’rovlarni taxlil qilish imkonini beradi.
    Shunga ko’ra qayd etiladiki, kutubxona uchta bozorni egallashga
    –moliya, personal va xujjat fondini hamda, bitta kompleksni ya’ni kutubxona-axborot va unga yaqin bo’lgan mahsulotlarni sotish bozorini egallashga harakat kiladi. Ushbu holat kutubxona sohasida marketing tadqiqotlarini o’ziga xosligini, ularni nimalarga e’tibor berishini
    /talablar iearxiyasini o’rganish, iste’molchilar motivlarini, aholini kutubxonaga bo’lgan munosabatini va boshqa./ aniqlaydi.
    Marketing va boshqa tadqiqotlar “birlamchi” va “ikkilamchi” axborotlarga asoslanadi. “Ikkilamchi” axborot deganda, ilgari qo’yilgan, ilmiy, amaliy va boshqa maqsadlar uchun qo’llanilgan axborotlar tushuniladi. Ko’pgina kutubxonalar shunday “ikkilamchi” axborotlar bilan ish yuritadilar, ular o’zlari bunday axborotlarni to’plashga kuchlari ham imkoniyatlari ham yetmaydi. Ko’pincha ikkilamchi axborot kutubxonaning boshqa bo’linmalarida bo’lishi mumkin: -iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar, - xizmat ko’rsatish bo’limida, moliyaviy ma’lumotlar - iqtisodiy xizmat bo’limida va x.k.
    Marketing tadqiqotlari natijasida to’plangan birlamchi axborot juda qimmat turadi va maqsadli harakterga ega bo’ladi. Bunday tadqiqotlar sirasiga: so’rov /og’zaki va yozma/, intervyu, kuzatish, eksperiment, test o’tkazish va x.k. kiradi.
    Marketing tadqiqotlarida ma’lum bir aniqlovchi rolni kutubxona faoliyat ko’rsatayotgan muhitni taxlil qilish o’ynaydi. U kam deganda uchta muhitda faoliyat ko’rsatadi: makro muhit, bevosita muhit va ichki muhit. Tashqi va ichki muhit kutubxonani ijtimoiy institut sifatida faolit yuritishiga katalizator bo’ladi yoki uni faoliyatini to’xtatishga ta’sir ko’rsatadi.
    Kutubxonani marketing tadqiqotlarida markaziy o’rinni, yuqorida aytib o’tilganidek iste’molchilarga ajratilgan. Bu esa kutubxona ko’rsataѐtgan xizmat va mahsulotlarni sohalashtirish, ularni assortimentini va hajmini belgilash, aniq bir bozor segmentini belgilash imkonini beradi.
    Iste’molchilarni harakteristikasini tuzaѐtganda quyidagi parametrlarni e’tiborga olish lozim: ularni yashash joylari, demografik holati (ѐshi ta’lumoti, kasbi va x.k.), ijtimoiy-psixologik faktorlar,
    (odatlari, ta’blari, harakterlari) mahsulotga (xizmatga) bo’lgan munosabatlari.
    Kutubxonani tashqi muhitini tadqiqot qilish, marketing tadqiqotlari ѐrdamida amalga oshiriladi va hamkorlarni, raqobatchilarni va sohaviy bozorni o’rganish imkonini beradi. Kutubxona xujjatlar fondini potentsial to’ldiruvchilarni (kitob savosi tashkilotlari, nashriѐtlar, audiovizual mahsulotlar ishlab chiqaruvchi firmalar va bosh.) raqobatbardoshliligi, ularni mutaxassislik darajasi, boshqa bozorga borish harajatlarini va boshqa tomonlarini o’rganadi.
    Kutubxonaning ichki muhiti (xodimlar, boshqarish tizimi, marketing, moliya, tashkil etish madaniyati) uning ichki imkoniyatlarini realizatsiya qilishga imkon beradi. Birinchi navbatta bor bo’lgan xodimlarni o’rganish kerak: ularni malakasini, tajribasini, qiziqishlarini, menedjerlar va oddiy xodimlarni munosabatini, kasbiy ta’lim bo’yicha bilimi va kutubxona ichidagi professional ta’lim tizimi, xizmat pogonasida ko’tarilishi va kar’erasi parametrlarini, mehnat natijalarini baholash, rag’batlantirish va mehnat motivlari, kadrlar qo’nimsizligi va boshqalarni taxlil qilish kerak.
    Kutubxonaning ichki muhitida muhim rolni boshqaruv tizimi (chiziqli, funktsional, chizikli-funktsional va boshqalar) raxbarning texnikasi va uslubi, kommunikatsiyani samaradorligi, huquq va majburiyatlarni ratsional taqsimlanishi, bo’ysunish iearxiyasi, normalar, obro’ va imidji, nazorat qilish tizimini, strategik rejalashtirish uchun shart-sharoitlarni mavjudligi va boshqa masalalar, marketing tadqiqotini predmeti bo’lishi kerak.
    Xulosa qilib aytganda, marketing tadqiqotlarini kutubxonalarda o’tkazish soha bozorini o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Bunda faqat bozordagi ma’lum holatlargina, ko’rsatkichlargina o’rganilmasdan, yaqin, o’rta va uzoq muddatli rivojlanish istiqbollari haqida ham ilmiy ma’lumotlariga ega bo’lish mumkin.



    Download 67.96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 67.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-bob. Kutubxona-axborot faoliyatida marketing boshqaruvining asosiy jihatlari

    Download 67.96 Kb.