navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan
bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni
uning iqtisodiyotiga, hayotida
xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq
(stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va
boshqalar) har qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga
bo‘linadi.
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo bo‘yicha
kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen
hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy
muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:
Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon qatlami atmosferaning muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi, u iqlimga va yеr yuzasidagi
barcha tirik organizmlarni
nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va
boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha
nurlarni yutib
olib, yеr yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning
ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida
nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi
kunda teri raki bilan
kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.
Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta.
Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,8 % ni tashkil etadi.
Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib
bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga
3 – 3,5 km3 suv sarflanmoqda. XXI asrga borib ushbu ko‘rsatkich 1,5 – 2 marta
ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yеr yuzi bo‘yicha 50
ming km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yеtishmasligi aniq.
Qurg’oqchil mintaqalarda daryolardan to‘liq foydalanilganda
ularning suvi
yеtmay qolmoqda. 1980 yillarda bunday holat Afrika, Avstraliya, Italiya,
Ispaniya, Meksika davlatlari, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa
daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat
va maishiy zaharli moddalar
bilan ifloslanishi o‘sib
13
bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daryolarga tashlaydi.
Bu ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ni, ba’zi rivojlangan
mamlakatlarda 30% ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida
yildan yilga har xil
erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib
bormoqda.
Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer
yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning
ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yеr yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar
tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq
hozirgi kunda o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki, har yili 3
mlrd.m3 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu
ko‘rsatkich yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga
solmoqda. U yеrlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan
o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln.gektar tropik
o‘rmonlar vayron bo‘lgan, atiga yiliga 11 mln. gektar maydon tiklanmoqda.
Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi.