|
1- mavzu. Akademik yozuv va axborot. Axborot turlari Nazariy ma’lumot. Akademik yozuvBog'liq 1 mavzuAxborot haqida tushuncha
«Axborot»
so‘zi lotincha
informatio so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, ma’lumot,
tushuntirish, tanishtirish kabi
ma’nolarni anglatadi.
"Axborot" tushunchasiga bir
nechta ta’riflar berilgan.
"Axborot" atamasi lotincha
"informatio" dan kelib chiqqan
bo‘lib, tarjimada "bayon qilish,
tushuntirish, mulohaza qilish"
degan ma’noni anglatadi.
"Axborot" atamasi lotincha
"informatio" dan keladi, ya’ni ma’no - bayonot , tushuntirish, mulohaza yuritish.
Sanoat inqilobi boshlanishidan avval axborot so‘zi faylasuflar tomonidan
qo‘llanilgan. XX asrda axborot nazariyasi masalalari bilan kibernetika va
informatika shug’ullana boshlagan.
Hozirgi vaqtda axborotning ilmiy termin sifatida yagona ta’rifi mavjud emas.
Turli bilim sohalarida ushbu tushuncha o‘zining maxsus belgilari orqali ifoda
etiladi. Masalan, «axborot» tushunchasi informatika kursida bazaviy hisoblanadi,
unga “oddiy” tushunchalar orqali ta’rif berib bo‘lmaydi (shuningdek,
geometriyada, masalan, «nuqta», «o‘q», «tekislik» kabi bazaviy tushunchalarni
sodda tushunchalar orqali mazmunini berib bo‘lmaydi). Barcha fanlarda asosiy,
bazaviy tushunchalar mazmuni misollar orqali berilishi yoki boshqa tushunchalar
bilan qiyoslash orqali aniqlanishi lozim. «Axborot» tushunchasi umumilmiy
tushuncha bo‘lganligi sababli, unga ta’rif berish murakkabdir. Ushbu tushuncha
turli fanlarda qo‘llaniladi (informatikada, kibernetikada, biologiyada, fizikada va
b.).
Axborot
deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma’lumotlarga
aytiladi. Inson sezish a’zolari, texnikada turli asboblar va hokazolar yordamida
qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari
ma’lumotlar
deb ataladi. Ma’lumotlar
aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa axborotga aylanadi.
8
|
| |