1- mavzu. Akademik yozuv va axborot. Axborot turlari Nazariy ma’lumot. Akademik yozuv




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.05.2024
Hajmi0,55 Mb.
#238858
  1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu



1- mavzu. Akademik yozuv va axborot. Axborot turlari
Nazariy ma’lumot.
Akademik yozuv 
– bu qisqa va ishonchli ilmiy matn yordamida o‘z fikrini 
bayon qilish hamda asoslay olish qobiliyati. Bu oliy ta’limda muvoffaqiyatli 
bilim berishning hamda keyingi ilmiy-
tadqiqot faoliyati, shuningdek 
xalqaro 
miqyosda
ham muhim aspektlaridan biri 
hisoblanadi. Akademik yozuv yordamida 
oxirgi o‘n yilliklar ichida turli 
mamlakatlar orasida ilmiy va ta’limiy 
kommunikatsiya amalga oshirilib 
kelinmoqda. Uning tamoyillariga butun 
dunyodagi eng kompetentli ilmiy nashrlar 
redaktorlari amal qiladilar, shuning uchun hamma istalgan fan bo‘yicha ma’lum 
bir yutuqlarga erishmoqchi bo‘lsa, bularni egallashi lozim.
Akademik yozuv – bu ilmiy ishlarni bayon qilish uslubi. U ilmiy ishlarda 
fikrlarni qisqa va tushunarli shaklda bayon qilish qobiliyatini aks ettiradi. Bu 
uslubda quyidagilarni farqlash mumkin:
matnning tuzilishi va uni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablarning 
mavjudligi;
ilmiy va publitsistik bayon qilish uslubini qo‘llash;
dalillar keltirish va jumlalarni o‘zgartirib ifodalash;
havolalarni to‘g’ri joylash va adabiyotlar ro‘yxatini to‘g’ri shakllantirish 
qobiliyati.
Akademik yozuv uchun shaxsiy fikrni bildirish emas, balki keltirilgan 
muammoga e’tiborni qaratish xarakterli (o‘ziga xos). Birinchi shaxs o‘rniga 
uchinchi shaxsni qo‘llash, og’zaki nutqni, qisqartmalarni, iboralarni qo‘llamaslik 
afzalroqdir. Boshqa uslublardan farqli o‘laroq, materialni yaxshi o‘zlashtirish 
maqsadida bir so‘zni bir necha bor qaytarish mumkin, sinonimlarni kamroq 
ishlatish kerak.
Bayon qilishning akademik uslubi oliy ta’lim muassasalarida davlatlar o‘rtasida 
ta’limiy va ilmiy aloqalarni olib borishda qo‘llaniladi. Uning yordamida 
talabalar, aspirantlar va malakali olimlar doklad, kurs ishi yozadilar hamda o‘zga 
davlatlarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradilar.
Xalqaro ilmiy jurnallar redaktorlari bu uslub tamoyillariga tayanadilar, shuning 
uchun ilm dunyosida muvoffaqiyatga erishmoqchi
7


bo‘lgan hamda chet ellarda ilmiy ishlarini chop etmoqchi bo‘lgan harbir olim bu 
uslubni egallashi lozim.
Chet eldagi davlatlarda tadqiqotchilar uzoq yillardan beri akademik yozuvdan 
foydalanadilar. Bundan tashqari, ingliz tilida so‘zlashuvchi olimlar uning 
rivojiga hissa qo‘shib kelmoqdalar. Bizning mamlakatimizda akademik uslub 
bo‘yicha bilimlar keng tarqalmagan, vaholanki bu muammoning yеchimi bilan 
bir qator olimlar – filologlar, lingvistlar, sotsiopsixologlar, axborot 
texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar shug’ullanadilar.

Download 0,55 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1- mavzu. Akademik yozuv va axborot. Axborot turlari Nazariy ma’lumot. Akademik yozuv

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish