|
Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi Ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish laboratoriyasi bo‘limining nizomi №
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 16,13 Kb. | | #234592 |
Bog'liq Laboratoriya nizomi
Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi
Ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish laboratoriyasi bo‘limining
NIZOMI №_____
Ushbu Nizom “Muvofiqlikni baholash tog‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkredatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.04.2019 yildagi 349-sonli Qarori, O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga umumiy talablar” standarti, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining 2023 yil 24 noyabrdagi 134-sonli buyrig‘i va “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” DM (keyingi o‘rinlarda Institut deb nomlanadi) Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan va Ilmiy-tadqiqot ishlarni rivojlantirish laboratoriyasi bo‘limi(keyingi o‘rinlarda Laboratoriya deb nomlanadi)ning asosiy vaziyfalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Bo‘limning asosiy vaziyfalari
2.1. Yo‘l xo‘jaligi sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;
2.2. avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta‘mirlash va saqlash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
2.3. avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta‘mirlash va saqlash ishlarini, shuningdek, qo‘llanadigan material va maxsulotlarga talabni belgilovchi tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, mavjudlarini xalqaro standartlarga moslashtirgan holda qayta ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishda qatnashish;
2.4. laboratoriyaning akkreditasiyalangan sohasi va xorijiy sinov usullari bo‘yicha to‘g‘ri, xolis va ishonchli sinov o‘tkazish;
2.5. xorijiy va milliy sinov usullari yordamida ilmiy-tadqiqot va eksperimental sinovlarni olib boorish;
2.6. sohaga innovatsion texnologiyalar va xalqaro standartlarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Institu dasturlarida ishtirok etish;
2.7. institutning tematik rejasida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishni tashkil qilish va ushbu ishlarni bajarish usullari va vositalarini tanlash;
2.8. avtomobil yo‘llari va aerodromlarni loyihalash, qurish, qayta qurish, ta‘mirlash va saqlash sohasida raqamlashtirish bo‘yicha dasturlarda qatnashish;
2.9. avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida loyihalanayotgan va qurilayotgan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari va yo‘l inshoatlarida milliy dasturimizga oid me’morchilik ishlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar kiritish;
2.10. sohaga innovatsion texnologiyalar va xalqaro standartlarni amaliyotga joriy qilish maqsadida xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni o‘rnatish, tajriyba almashish, sohani ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyatini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish;
2.11. laboratoriyani akkreditatsiya sohasi doirasiga muvofiq, unga biriktirilgan qurilish materiallarining fizikaviy va mexanik sinovlarini, shu jumladan normativ hujjat talablariga qat’iy muvofiq sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish;
2.12. bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini tuzadi, kerakli hujjatlarning saqlanishini o‘rnatilgan tartibda ta‘minlash;
2.13. mahsulotni sinovdan o‘tkazishda standart nazarotni amalga oshiradi, milliy standartlar va sohaviy normativ hujjatlar ishlab chiqarish loyihalarini ekspertizasida qatnashish.
2.14. laboratoriyaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va kelajakdagi istiqbollarini belgilash bo‘yicha taklif kiritish;
2.15. Soha mutaxassislari malakasini oshirish ishlarida qatnashish;
2.16. bo‘lim xodimlarining xatolar va notog‘ri hisob-kitoblar, bu jarimalarga olib kelishi mumkin sanktsiyalar, va Institut obro‘siga salbiy ta‘sir qiladigan muvofiqlashtiruvchi va profilaktika tadbirlarini qisman ta‘minlash.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi Ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish laboratoriyasi bo‘limining nizomi №
|