• 1.1 rasm. Texnik me’yorlar va talablar piramidasi. Sifatni boshqarishning AQSH tajribasi.
  • 1 jadval Dunyoning turli mintaqalarida standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari (sanoati rivojlangan davlatlar misolida)
  • Sifatni boshqarishning xorij tajribasi




    Download 184.5 Kb.
    bet2/7
    Sana14.03.2024
    Hajmi184.5 Kb.
    #172123
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 – mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlikY5UW546I
    Malaka oshirish, bayonga ilova, 1.1savoli, 5902 448 1. Tayanch doktarantura, KIMYOVIY TEXNOLOGIYANIG MAXSUS BOBLARI, Численные методы, 1maruza, 2 5327872369086172198, 1, 6-Ma\'ruza, Amaliy mashg 2, 4000 Essential English Words 6 (Uzb), İngiliz Tilida Eng Kerakli 1000 ta Fel, 4- lobaratoriya ishi silikat, Получение сополимера стирола и α
    Sifatni boshqarishning xorij tajribasi.

    Jahon hamjamiyati mahsulot sifatiga texnik talablarni me’yorlashga yagona yondashuvni ishlab chiqdi. Ko’rsatma beradigan hujjatlar pog’onalarining piramidasi 1.1 rasmda keltirilgan. Bunda qonunchilikka sifat va uni ta’minlash usullarini davlat tomonidan tartibga solish shakli sifatida qaraladi. Dunyoning turli mintaqalaridagi standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari 1.1 jadvalda berilgan.


    Ilmiy – texnik taraqqiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida mahsulotning sifati milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining asosiy muammolariga aylanmoqda. Barcha sanoati rivojlangan mamlakatlarda jahon bozorida mahsulotning sifati, raqobatbardoshligini oshirish muammosini hal qilish yo’llari faol izlanmoqda.


    Jahonning uch yetakchi mintaqasi: AQSH, Yaponiya va G’arbiy Yevropa misolida sifatni boshqarishning rivojlanish tarixini ko’rib chiqamiz.




    1.1 rasm. Texnik me’yorlar va talablar piramidasi.


    Sifatni boshqarishning AQSH tajribasi.

    Global sanoat salohiyatining katta qismi yo’q qilingan ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda hamma davlatlarda keng iste’mol mahsulotlarining yuqori tanqisligi yuzaga kelgan. AQSH ning hududi to’pga tutilmagan yoki quruqlikdagi janglar maydoniga aylanmagan. Sobiq askarlarning uyiga qaytishi natijasida butun dunyoda ortgan ehtiyojlarni qondirish uchun AQSH sanoati tez o’sib, muzlatgichlar, televizorlar, avtomobillar va radiopriyomniklarni cheklanmagan miqdorda ishlab chiqara boshlagan. 40 – 50 – yillarda Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati past edi. Faqat rejalashtirilgan hajmda mahsulot ishlab chiqarishga e’tibor berilgan.




    1 jadval
    Dunyoning turli mintaqalarida standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiyaning qonunchilik asoslari (sanoati rivojlangan davlatlar misolida)



    Mintaqa

    Standartlashtirish qonuni




    Sertifikatlashtirish qonuni

    Metrologiya

    (davlat)






















    qonuni

    Amerika

    Kataloglashtirish

    va




    Iste’mol

    mahsulotlarining

    Metrologik

    (AQSH

    standartlashtirish

    haqida




    xavfsizligi

    haqida

    (1972

    tizim

    misolida)

    (1954 y.)







    y.)










    to’g’risida

























    (1986 y.)

    Osiyo

    Sanoatning







    Iste’mol

    mahsulotlarining

    O’lchovlar

    (Yaponiya

    standartlashtirilishi

    haqida




    xavfsizligi

    haqida

    (1973

    haqida (1985

    misolida)

    (1949 y. 1980 y. da




    y.)










    y.)




    o’zgartirish kiritilgan)



















    Evropa

    DIN va federal hukumat




    -texnik vositalarning




    -o’lchash ishi

    (Germaniya

    o’rtasidagi kelishuv

    (1979




    xavfsizligini ta’minlash

    haqida (1985

    misolida)

    y.)







    haqida (1968 y.)




    y.)













    -atrof muhitni




    -o’lchov













    muhofazalash haqida




    birliklari va













    (1974 y.)










    tekshirish










    6



















    -oziq-ovqat mahsulotlari

    haqida (1985







    va ommaviy foydalanish

    y.)







    tovarlari haqida (1974 y.)




    Sifatning past darajasi oqibatida sarflanadigan katta harajatlar AQSH sanoati uchun jiddiy muammoga aylangan. Namunaviy Amerika korxonasining barcha joriy harajatlarining 20 – 25%i mahsulotlarning nuqsonlarini aniqlash va bartaraf qilishga sarflangan. Boshqacha aytganda, korxona ishchilarining chorak qismi hech narsa ishlab chiqarishmagan – ular birinchi safar noto’g’ri bajarilgan ishlarni tuzatishgan. Agar bunga korxonadan chetga chiqqan va bozorga kelib tushgan nuqsonli buyumlarni ta’mirlash yoki almashtirib berish harajatlarini qo’shadigan bo’lsak, u holda past darajadagi sifat oqibatida sarflanadigan umumiy harajatlar ishlab chiqarish harajatlarining 30 va undan ko’p foizini tashkil qiladi.


    AQSH ning ko’plab mutaxassislari past sifatni Amerika mahsuloti uchun mehnat unumdorligi va uning raqobatbardoshligi o’sishining asosiy to’sig’i deb baholashgan.


    Sifat darajasini oshirish yoki mag’lub bo’lish – Amerika sanoati uchun boshqa muqobil yo’l bo’lmagan.


    Sifat muammosini hal qilishda ko’p hollarda Amerika mahsulotini raqobatchilardan himoya qiluvchi turli protektsionistik choralar: tariflar, kvotalar, to’lovlarini izlangan.


    Amerika tadbirkorlarining talabi bilan AQSH ma’muriyati Amerikaning avtomobilь, po’lat, maishiy elektronika, mototsikllar va h.k. ni ishlab chiqaruvchilarini himoyalash yuzasidan protektsionistik choralar ko’rgan. Mahsulotning sifati asosiy masadga aylangan Amerikaning yetakchi kompaniyalarida ham sifatga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish yo’li emas, balki ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish vositasi sifatida qaralgan.


    SHu bilan birga, AQSH firmalarining dadil fikrlovchi boshqaruvchilari Amerika mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilarni rivojlantirishga qaror qilingan:





    1. ishchilarni motivatsiyalash;

    2. sifat to’garaklari;




    1. statistik nazorat qilish usullari;




    1. xizmatchilar va boshqaruvchilarning tafakkurini yuksaltirish;

    2. sifat harajatlarini hisobga olish;




    1. sifatni oshirish dasturlari;

    2. moddiy rag’batlantirish;

    AQSH da 80 – yillarning boshida sifatni boshqarish sifatni rejalashtirish bilan birgalikda olib borildi. Bu sifat xizmatining muhim yutug’i bo’ldi.


    O’sha davrda AQSH da E. Demingning ikkita kitobi: “Sifat, unumdorlik va raqobatbardoshlik” va “Inqirozdan chiqish” nashrdan chiqqan. Bu monografiyalarda “14 qoida” nomi bilan tanilgan Demingning falsafasi o’rin olgan bo’lib, ular umumiy sifat (Total Quality) ning asosini tashkil qilgan.


    AQSHda sifat muammosi teran anglay boshlangan. Amerika sanoatida resurslar, salohiyat, qadr – qimmat va yuqori ish haqi to’lanadigan yuqori pog’ona rahbariyati mavjud. Mashhur Amerika mutaxassisi A. Feygenbaumning ta’rifiga ko’ra, “sifat – yevangelizm emas, oqilonalashtirish taklifimas va shior ham emas, u hayot tarzidir”.


    Buyurtmachilar (iste’molchilar) ning talablarini qondirish sifat sohasidagi inqilobning negizi hisoblanadi. Konveyerdagi har bir ishchi o’zidan oldingi ishchi


    7
    mahsulotlarining iste’molchisi hisoblanadi. SHuning uchun, har bir ishchining vazifasi navbatdagi ishchini qoniqtirishdan iborat.


    Miliy mahsulotning sifatini oshirish masalalariga qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tomonidan e’tibor davlatning iqtisodiy rivojlanishidagi yangi yo’nalishga aylandi.


    AQSH ning Kongressi mahsulotning sifatini oshirish sohasida erishgan alohida yutuqlari uchun Malьkolьm Boldridj nomli milliy mukofotni ta’sis etgan bo’lib, bu mukofot har yili uchta eng yaxshi firmaga topshiriladi. Umumjahon sifat kuni deb belgilangan noyabrning ikkinchi choragida AQSH Prezidenti mukofotni taqdim qiladi.


    Sifat sohasida Amerika tajribasini tahlil qilgan holda uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilamiz:





    • matematik statistika usullari orqali mahsulot ishlab chiqarish sifatini qattiq nazorat qilish;




    • miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayoniga e’tibor berish, rejalar bajarilishining ma’muriy nazorati;




    • firmani boshqarishni takomillashtirish.

    Mahsulotning sifatini muntazam oshirishga qaratilgan choralar AQSH ning Yaponiyadan katta farqlar bilan ortda qolishini bartaraf etdi. Bu o’z navbatida yagona, global bozorga aylanayotgan jahon bozorida raqobat kurashini kuchaytirib yubordi.





    Download 184.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 184.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sifatni boshqarishning xorij tajribasi

    Download 184.5 Kb.