|
Muammoli va mantiqiy nazorat savollari
|
bet | 24/54 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #132670 |
Bog'liq seminar va oxirigachaMuammoli va mantiqiy nazorat savollari
Informatika darslarida nazorat qilish nima uchun kerak?
An’anaviy va noan’anaviy nazorat turlari nima bilan farq qiladi?
Og‘izaki so‘rovda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Yozma ishdachi?
Testning qanday turlarini bilasiz, faoliyatingizda qaysilaridan foydalangansiz?
Qaysi kompyuter dasturlaridan foydalanib testlarni tuza olasiz, algoritmini yoritib bering!
Baholashda qanday zamonaviy metodlardan foydalanish mumkin?
Informatika darsligiga asosan biror mavzuda krossvord tuzib bering!
Informatika darsligiga asosan biror mavzuda viktorina savollarini tuzib bering!
10-seminar.
Operatsion sistemalar va Windowsdan foydalanishni o’rgatish metodikasi.
Ishning nomi: Operatsion sistemalari mavzusini o‘qitish uslubiyoti.
Ishning maqsadi:Talabalarga Operatsion sistemalari mavzusini o‘qitish uslubiyoti o‘rgatish.
Nazariy ma’lumotlar. O’qituvchi dars jarayonini tashkil etishda opratsion tizimlar va ularning turlari hamda ularni qo’llanilish sohalari haqidagi ma’lumotlarni o’quvchilarga tushuntirishi maqsadga muvofiq. Opratsion tizimlar hozirgi kunda deyarli axborot texnologiyalari qo’llaniladigan sohalarning deyarli barchasida qo’llanilishini to’g’ri va amaliy misollar yordamida tushuntirishi shart. O’qituvchi darsda hozirgi kunda foydalanishda bo’lgan Windows operatsion tizimi haqida quyidagi ma’lumotlarni o’quvchilarga tushuntirishi tavsiya etiladi.
Windows operatsion tizimi haqida umumiy tushunchalar
24-rasm
Hozirgi kunda bir necha operatsion tizimlar mavjud. Ular nafaqat ichqi ta’riflar bilan, balki tashqi ta’riflar bilan farq qilinadi. Eng tarqalgan Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan Windows operatsion tizimining bir necha o‘ziga xos xususiyatlariga ega bir necha versiyalari mavjud.
Zamonaviy mutahassis hozirgi paytda mavjud operatsion tizimlardan foydalanishni va ularga xo xususiyatlarni bilishi kerak.
|
| |