|
1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari
|
bet | 29/54 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #132670 |
Bog'liq seminar va oxirigachaYangi mavzuni mustahkamlash. O‘qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun talabalarga “Bugun nimalarni o‘rgandik?” degan savolni qo‘yadi va talabalar bilim darajasida javob beradilar.
Yuqoridagi dars ishlanmasi qisqa, sodda texnologiyada tashkil etilgan bo‘lib darsning ba’zi bir jihatlari to‘liq bayon etilmagan ammo bu dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ishlatilishi odatdagi darslardan ko‘ra vaqtni tejaydi, dars davomida talabani bilim saviyasini oshiradi hamda dars mavzusi uchun oldindan tayorlangan tarqatma material talabaning mustaqil ta’lim olishiga yordam beradi.
Topshiriqlar
1.Mavzuga doir dasturda ishlash ko‘nikmalarni shakllantiruvchi va qiziqtiruvchi savollar to‘plami tuzing
Topshiriqni bajarish tartibi:
a. Talabalar Word dasturida hujjatlarni formatlashda qiziqarli ma’lumotlarni internet tarmog’idan yoki dasturning so’rovnomasidan olishadi(kamida Ms Office-2013).
b. Dasturda ishlash davomida olingan ma’lumotlar asosida Ms Excel dasturida interaktiv krassword quyida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida tayyorlaydilar.
Hozirgi kunda barcha yoshdagi insonlarni qiziqtiradigan krassvordning elektron interaktiv ko‘rinishini yaratish texnologiyalari mavjud. Bulardan biri barcha ishlatadigan MS Excel dasturida Elektron interaktiv krassvord(EIK)larni yaratish bosqichlari va bajarish ketma-ketligini ko‘rib chiqamiz.
Kompyuterdan MS Exceldasturini ishga tushiriladi va ishchi varoqlarning birinchisida krassvordning maketi yaratiladi(1-rasm). Bunda krassvordni tashkil etuvchi har bir so‘zning harflari alohida-alohida yacheykalarda yozilishiga e’tibor qaratish lozim.
Ishchi varoqni “KRASS” deb nomlaymiz. Kiritilgan so‘zlarning katakchalari belgilanib chegaralari jadval ko‘rinishga keltiriladi. Bu jarayon yacheykalar belgilangandan so‘ng “izmeneniye granits videlennix yacheyek” bandining “vse granitsi” buyrug‘i yordamida bajariladi.
Odatdagi krassvord ko‘rinishga ega tayyorlangan axborotni interaktivligini ta’minlash uchun har bir so‘zning harflari uchun o‘sha so‘zga tenglik ifodasini ko‘rsatish lozim. Shu sababli natijalar va kalit so‘zlarni kiritish uchun “Natija” nomli ishchi varoq tashkil qilamiz.
“Natija” nomli ishchi varoqda kalit so‘zlarni alohida-yacheykalarga kiritib interaktivlikni ta’minlash uchun dasturninig maxsus funksiyasi SSEPIT(krassvord matning yacheykasi (masalan: KRASS!D8;KRASS!D9;KRASS!D10;)) foydalanamiz. Bunda so‘zning harflariga qarab natija 0 yoki 1 ga teng bo‘ladi.
Natijalar yig‘indisini interaktivligini ta’minlash uchun “KRASS” ishchi varog‘idagi biror yacheykaga =Natija!(natijalar yig‘indisi ko‘rsatilgan yacheyka) ko‘rsatiladi.
Keyingi jarayon bajarilgan krassvordni tozalash hisoblanib bunda dasturning makros imkoniyatidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda krassvordning foydalanish yacheykalari belgilanib olinadi va makros yozish buyrug‘i beriladi. Agar joiz bo‘lsa jarayon klaviaturaning biror tugmasiga yuklanadi (masalan: Ctrl+t ). Ish sohada biror “Tozalash” nomli tugma yaratib unga makros yuklanadi.
Krassvordning kalit so‘zlarini yashirish uchun “Natija” nomli ishchi varoqning barcha katakchalarini harflar oq rangga keltiriladi va “Zashitit list” imkoniyatidan foydalanib formatlashni
43-rasm
2.Mavzu ga doir texnologik xarita tuzing
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari
|