|
- vazifa. Idrok va uning xususiyatlari (Tushunchalar tahlili, T-jadval sxemasi usullari asosida)
|
bet | 3/4 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 150,59 Kb. | | #104552 |
2 - vazifa. Idrok va uning xususiyatlari (Tushunchalar tahlili, T-jadval sxemasi usullari asosida)
1. Idrokning murakkabligi. Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi.
Idrokning xossalari
2. Idrokda ob'yekt va fon.
Odamga juda ko'p narsa va hodisalar ta'sir qilib turadi. Bular shunday ko'p xossalariga egaki, xatto odam bir vaqtning o'zida ularga javob reaksiyasi qaytara olmaydi. Odam ko'p sonli qo'zg'ovchilardan faqat ayrimlarini aniq va yangilangan holda ajratib oladi. Shu ajratib narsa-hodisalar esa fon sanaladi, Masalan o'qituvchi bir darsda bir necha o'quvchilardan so'raydi. Har safar so'ralayotgan turadi. Chaqirilgan o'quvchi uning javobi hatti-harakati idrok ob'yekti hisoblanadi. Boshqa o'quvchilar faoliyati idrok foni bo'lib qoladi. Idrok foniga qolgan o'quvchi javob berish uchun chaqirilib qolsa idrok ob'yektiga aylanadi va aksincha. Demak idrok ob'yekti va foni dinamik harakterga ega bo'lib, doimo o'zgarib turadi. Ob'yekt va fonning dinamik bosh miya katta yarim sharlari po'stida vujudga keladigan optimal qo'zg'alish duchorining almashinishi bilan taqozo etiladigan diqqatining bir ob'yektdan boshqa ob'yektga o'tishi bilan izohlanadi. Idrok fonidan ob'yektni ajratishning psixologik qonuniyatlarini ikkilangan tasvirlar, lederlar, predmet konturlarini ajratish kabilarda aniq ko'rish mumkin. Juda ko'p hollarda ob'yektni fondan tez va aniq ajratib idrok qilish uchun uni alohida rang, shakl va boshqa belgilar bilan ta'kidlab quyiladi. Masalan: transport belgilari, temir yo'l ishchilari maxsus to'q, sariq rangli kiyim kiyadilar va boshqalar.
Idrokning konstantligi.
Idrok qilinadigan ob'yektlar idrok qiluvchiga nisbatan ko'p xil sharoitlarga ega. Ularning turgan joyi, masofasi,fazodagi holati, yoritilganlik darajasi cheksiz har xil bo'ladi.Lekin predmetlarni shakli, xajmi va rang jixatiga nisbatan doimiylikda idrok qilamiz. Narsa-hodisalarni idrok qilish sharoiti o'zgarsayu, ulardan hosil bo'lgan obrazlarning o'z holicha saqlanib qolishi idrokning konstantligi deyiladi. Ko'rish idroklarida masofa, rang shakl, hajm konstantliklari ro'y beradi. Masalan; qalamni 20 sm va 1 m masofadan idrok qilish, doskani 1 m va 10 m, masofadaya idrok qilish, oq kog'oz yoki oq bo'rni quyoshda, xona ichida, karidorda ham oq idrok qilinadi. Konstantlik hodisasida odam narsalarni ko'z ro'parasiga tushgan suratiga aynan muvofiq ko'rmaydi, balki ular haqiqatdan mavjud bo'lsa shunday ko'radi. Bu kishining tajribasi, amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi.
Bazi hollarda narsalar noto'g'ri idrok qilinadi. Narsalarni ana shunday noto'g'ri idrok qilishni sellyuziya deyiladi. Masalan: Aristotel illyuziyasida. Sergeley aynan bir xil bo'lgan 1 kg tarozi toshi 1 kg og'irrok idrok qilinadi. Sellyuziya hodisasi ayniqsa geometrik figuralarni idrok qilishda ko'p uchraydi: Idrok qilib turgaya shaxs psixikasida ro'y beradigan o'zgarishlar ham illyuziya hodisasini paydo qilishi mumkin. Masalan: o'rmondagi to'nkani biror yirtqich hayvon deb idrok qilish. Sellyuziyalar hosil bo'lishining sabablari bor. Chunonchi Aristotel illyuziyasida hajmi katta narsaga ko'proq o'rganib qolgan. Geometrik figuralarda qo'shimcha chiziqlar tatsir etadi. Ko'ruv illyuziyalari amaliy ishlarda katta ahamiyatga ega. Chunonchi harbiy ishlarda texnika joyni niqoblash shunga asoslanadi. Sellyuziyadan gallyusinasiyani farqlash lozim.
|
| |