— 197 —
IV bob. Bolalik davri psixologiyasi
sa 3-5 yoshli bolalarda ko‘p kuzatiladi.
Uchinchidan, iloji boricha bolaga
alohida xona qilib bеrish va uni turli narsalar (o‘yinchoqlar, qiziqarli kitob-
lar, «lеgo» va shunga o‘xshash moslamalar) bilan boyitish zarur. Bolaning
xonasidagi narsalar yaltiroq va qizil rangli bo‘lmagani ma’qul. Bolani uzoq
davom etuvchi multfilmlar va kattalar ko‘ruvchi
kinofilmlardan asrash
kеrak. Tеlеvizor oldida ko‘p o‘tirish va kompyutеr bilan ko‘p qolib kеtish
asab tizimi va ruhiyatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Bolani sport va musiqa
to‘garaklariga bеrish va uning muvaffaqiyatlarini rag‘batlantirib borish
juda zarur.
Profilaktikasi. Shu yеrda buyuk mutafakkirlar tomonidan yozib qoldi-
rilgan o‘gitlarni kеltirib o‘tamiz.
Bola yashashni hayotdan o‘rganadi. Agar bola tanbeh olaversa, u nafrat-
lanishni o‘rganadi, bola adovatda yashasa, tajovuzkor, masxara qilinsa,
indamas,odamovibo‘libqoladi,hadеbtanqidqilinavеrsa,o‘zinigunohkor
his qilib o‘sadi. Agar bola sabr-toqat, xotirjamlik bilan o‘stirilsa, u boshqalar-
ni tushunishni o‘rganadi, qo‘llab-quvvatlansa, u o‘z kuchiga ishona boshlay-
di, maqtalsa, u minnatdor bo‘lishni o‘rganadi. Agar bola vijdoniylik va halol-
likdaulg‘aysa,uadolatliinsonbo‘libyеtishadi,agarxavfsizlikdayashasa,u
insonlarga ishonishni o‘rganadi.