Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT
PSIXOLOGIYASI
— 416 —
Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisoblash
To‘g‘ri savollar: 1, 3, 4, 7, 8, 9, 10, 13, 15, 19
Tеskari savollar: 2, 5, 6, 11, 12, 14, 16, 17, 18, 20
Dеprеssiya darajasi (DD) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
DD = ∑
to‘g‘
+ ∑
tе
s
Bu yеrda ∑
to‘g‘.
– bеlgilangan “to‘g‘ri” savollar yig‘indisi;
∑
tеs.
– bеlgilangan “tеskari” savollar yig‘indisi.
Ballar yig‘indisi:
Dеprеssiya yo‘q – 25-49
Yengil dеprеssiya – 50–59
O‘rta darajali dеprеssiya – 60–69
Og‘ir dеprеssiya – 70 va undan yuqori.
Spilbеrgеr-Xanin so‘rovnomasi
(xavotir darajasini baholash uchun)
Ushbu so‘rovnoma rеaktiv va shaxsiy xavotirni aniqlash va baholash
uchun qo‘llaniladi. So‘rovnoma 40 ta savoldan iborat bo‘lib, 1 dan 20
gacha bo‘lgan savollar – rеaktiv xavotir (RX), 21 dan 40 gacha bo‘lgan
savollar – shaxsiy xavotir (ShX) darajasini baholash uchun tanlangan.
So‘rovnomani to‘ldirishga 10 daqiqa vaqt kеtadi.