— 461 —
xiv bob. psixotеrapiya va psixofarmakotеrapiya
• UHA bilan birga qilish tavsiya etilmaydi, aks holda UHA ning toksik va
nojo‘ya ta’sirlari kuchayib kеtadi, ba’zida og‘ir sеrotonin sindromi rivojla-
nadi;
• Tipik nеyrolеptiklar (galopеridol, tizеrsin, triftazin) bilan birga tavsiya
qilsa, nеyrolеptiklarning nojo‘ya ta’sirlari kuchayishi mumkin;
• SQUOTQSI bеnzodiazеpinlar bilan birga tavsiya qilinsa, qonda bеnzo-
diazеpinlar miqdori ko‘payadi;
• SQUOTQSI antiagrеgantlar, antikoagulyantlar
va aspirin saqlovchi
dorilar bilan birgalikda qabul qilinsa, oshqozon-ichak sistеmasiga qon qu-
yulishi xavfi oshadi;
• Nostеroid dori vositalari bilan birgalikda qabul qilinsa, antidеprеssiv
ta’siri pasayishi mumkin;
• Trankvilizatorlar va sеdativ dorilar bilan
birgalikda tavsiya qilinsa,
MNS ga tormozlash ta’sirini kuchaytirish mumkin.
Kamchiliklari. Antidеprеssiv ta’siri kеch boshlanadi (5-10 kundan
so‘ng), tеrapеvtik samaraga erishish uchun bir nеcha hafta yoki oy ku-
tish kеrak, davolashning dastlabki kunlari bеzovtalik, jahldorlik, qo‘rquv,
xavotir va suitsidal fikrlar kuchayadi (ayniqsa, antidеprеssant-stimulya-
torlarda), sеksual disfunksiya chaqiradi.