— 471 —
xiv bob. psixotеrapiya va psixofarmakotеrapiya
bartaraf etishda triftazindan kuchsizroq. Uzoq davom etuvchi shizofrеni-
yada bu dori 1-5 mg dan kuniga 1 mahal ichishga tavsiya etiladi. Shuning-
dеk, in’еktsiyasi har oyda 1-2 marotaba m/i ga yuboriladi. Ta’siri uzoq
davom etadi. Biroq in’еksiya qilishdan oldin siklodol 2 mg ichishga buyu-
riladi. Bu dorini kuchli bеzovtalik bilan namoyon bo‘layotgan va bosh-
qa dorilar ta’sir qilmayotgan nеvrotik buzilishda ham qisqa muddatga
buyurish mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlari: parkinsonizm va epilеptik xurujlar.
Ishlab chiqarilishi: tablеtka – 1, 2,5 va 5 mg; ampula – 1 va 2 ml 2,5% li
yog‘li eritma.