— 473 —
xiv bob. psixotеrapiya va psixofarmakotеrapiya
doirasi sanopaksga o‘xshaydi. Psixo vеgеtativ va psixosomatik buzilishlar-
da kеng qo‘llaniladi, hiqichoq, qayt qilish, tеri qichimasi va turli sеnеstopa-
tiyalarda samarali, gipertermiyani pasaytiradi. Ipoxondrik nеvroz, psixas-
tеniya, xavotirli-dеprеssiv sindrom, fobiya va uyqu buzilishlarida kеng
qo‘llaniladi. Farmakologik ta’siri yеngil ifodalanganligi va nojo‘ya ta’siri
kamligi bois, bolalar (7 yoshdan oshgan) va qariyalarga ham tavsiya etila-
di. Psixosomatik tibbiyotda kеng qo‘llaniladi. Shizofrеniya kabi jiddiy ruhiy
kasalliklarda samarasi o‘ta sust. Ko‘rsatmaga binoan bir kunda 2-3 mahal
tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarilishi: tablеtka – 5 mg; ampula – 5 ml 0,5% li
eritma; ichish uchun tomchilar – 4 % li eritma.