• Kalit so’zlar
  • Giperaktiv bolalar bilan ishlash




    Download 32.73 Kb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi32.73 Kb.
    #171776
    Bog'liq
    giperaktiv bolalar



    GIPERAKTIV BOLALAR BILAN ISHLASH
    Turg'unboyev Rustamjon Mamaraliyevich
    Olmaliq Ipak yo’li Innovatsiyalar Universiteti
    Pedagogika fan nomzodi dotsent
    Gafurova Maftuna Abdijalil qizi
    Olmaliq Ipak yo’li Innovatsiyalar Universiteti
    PEP 22-1 – talabasi

    Kalit so’zlar: sindrom, giperaktiv, o’yinlar, diqqatlilik, guruh, oila, bog’cha, maktab ,serharakat ,davolash,kasallik, Iroda, parallel, xulq.

    Annotatsiya: Maqola maktabgacha ta'lim muassasalarida, maktabda va oilada giperaktiv diqqati tarqoq bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish ularni
    to'g'ri tarbiyalash, boshqa bolalardan ajratmaslik, shuningdek bunday bolalarning o'ziga hos qobiliyatlarini topish ularni to'g'ri yo'naltirish haqida bo'lib, giperaktiv bolalar uchun mo’ljallangan turli xil o’yin texnologiyalari bilan tafakkur va aql zakovatini oshirish, guruh bo’lib ishlash, harakatlarni boshqarishni o’rgatishdan iboratdir
    Аннотация: В статье речь идет о проведении коррекционной работы с детьми с гиперактивным дефицитом внимания в дошкольных образовательных учреждениях,в школе и в семье.
    Речь идет о правильном воспитании, не отделении их от других детей, а также обнаружении уникальных способностей таких детей и направлении их в правильный путь, мышление и интеллект с помощью различных игровых технологий, предназначенных для гиперактивных детей, для повышения интеллекта, работы в группа, чтобы научить управлению движением
    Abstract: The article is about conducting correctional work with children with hyperactive attention deficit in preschool educational institutions and in the family.
    It is about proper upbringing, not separating them from other children, as well as finding the unique abilities of such children and guiding them in the right way, thinking and intelligence with various game technologies designed for hyperactive children is to increase intelligence, to work in a group, to teach movement management
    Diqqat yetishmaslik va giperaktivlik sindromli bolalarning emotsional sohasi muammosi fanda muhim o’rinni egallagan bunga asos- mavjud ilmiy yondashuvlar ilmiy tadqiqot ishlari va manaviyatli izlanishlar.
    Ilmiy adabiyotlar va manbalarning tahlili shuni ko’rsatdiki ko’pgina olimlar xususan Karabonova O A , Lyutova Y.K. Monina G.B. G’oziyev E . Chistyakova M.I. va boshqalar ko’pincha giperaktiv bolalarda o’z xulq atvorini irodaviy boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirish mumkin deb hisoblaydilar. Bundan ko’rinib turibdiki Giper aktiv bolalarda diqqatni jamlash jarayoni alohida yondashuvni talab etadi. Mazkur yondashuvni hisobga olgan holatda shuni qayd etish joizki Diqqatning barqarorligini uni ixtiyoriy ko’chirish ko’nikmasini rivojlantirishdan boshlansa ijobiy samara beradi va boshqa xususiyatni rivojlantirishga o’tilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
    Giperaktivlik aslida o’zi nima? Uning manosi "Giper" (yunoncha "Hyper" - yuqorida). "activus" lotinchadan “Faol “ ya’ni "samarali- faol" degan ma'noni anglatadi.
    Shu o'rinda savol tug'iladi bu kasallikmi? Yoki sindrommi? Bunday bolalar bilan qanday ishlash kerak? Nimalarga e'tibor berish kerak? Giperaktiv bolalarga nogiron bolalar kabi murojaaat qilish kerakmi? Ularni boshqa bolalardan ajratish qanchalik darajada to'gri? Eng asosiysi buning davosi bormi? Giperaktiv bolalarning ota-onalarini o'ylantiradigan savollar juda ko'p ,ammo masalaning yechimi qanday? Giperaktivlikning asosiysi sababi nimada?
    Bizning ilmiy va amaliy taxlillarimiz shuni ko’rsatdiki mazkur muammoning yechimi uni parallel rivojlantirishda. Parallel rivojlantirishda bolaning ikkita funksiyasini mashqlantirish mumkin.
    Masalan, diqqatni to’plashni va o’z xulq atvorini irodaviy boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirish mumkin.
    Ayniqsa ota onalar va pedagoglarning giperaktiv bolalarning tarbiyasida o’rni ozgacha ekanligini amaliyotda ko’rishimiz mumkin. Xususan, shu kabi bolalarning tarbiyasiga doir ota onalar va pedagoglarga ko’proq metodik maslahatlar berib kelinayotganini guvohimiz. Bu esa giperaktiv bolalarning xulq atvorini korreksiya qilishda yetarli emas.
    Tadqiqot ishimizda biz bir necha negativ (salbiy) holatlarni aniqladik.
    1.Ota onalar o’z bolasiga nisbatan ishonchni yo’qotib qo’ygan.
    2.Ota onalar asossiz ravishda tibbiy davolashdan umid qiladilar, o’zaro munosabatlarda befarqlik. loqaydlik, bunda hamma narsaga ruxsat beriladi, bolaning xulq atvorini nazorati amalga oshirilmaydi.
    3.Ota onalar o’rtasida bolaga tarbiyaviy ta’sirning epizodikligi va birlikning yo’qligi.
    Ota onaning tan olmaydigan bir jihat borki bolada g’ayritabiiy holatga kelishining sababi uning asab tizimida nosog’lomlik bor. Buni tan olishingiz qiyin albatta lekin bu tadqiqotlar orqali aniqlangan va o’z isbotini topgan.
    Giperaktivlikning sabablari haqida turli xil fikrlar mavjud: bular irsiy omillar, miya tuzilishi va faoliyatining xususiyatlari, tug'ilishdagi jarohatlari, hayotning birinchi oylarida bolada uchraydigan yuqumli kasalliklar va boshqalar bo'lishi mumkin.
    Giperaktivlik sindromi minimal miya disfunktsiyasiga (MMD) asoslanadi, uning mavjudligi nevropatolog tomonidan maxsus tashxisdan keyin aniqlanadi.
    Biroq, giperaktiv bolani davolash va uning jamoada moslashuviga yondashuv har tomonlama bo'lishi kerak. Giperaktiv bolalar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori, professor Yu.S. Shevchenkoning so'zlariga ko'ra, "Birorta ham tabletka odamga o'zini qanday tutishni o'rgata olmaydi. Bolalikda paydo bo'lgan noadekvat xatti-harakatni tuzatish va odatiy tarzda takrorlash mumkin ..." Bu erda yordamga pedagog, psixolog, o'qituvchi keladi, ular yaqindan ishlaydi. ota-onalar bilan aloqa qilish, bolani o'rgatishi mumkin bo’lgan samarali usullar bu tengdoshlar va kattalar bilan muloqot qilish deydi professor .
    Tadqiqot ishimiz jarayonida maktabdagi giperaktiv bolalar haqidagi malumotlarni biz bo’lishishga rozi bo’lgan maktab direktori bo’lgan ustozimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Quyida biz hozirgi kunda oramizda yashayotgan bolalarning ayrimlari haqida real ma’lumotlarni etiboringizga havola etmoqchimiz.
    1. Bu turdagi bolalar sergap, serhakatliligi bilan boshqa bolalardan ajralib turishadi.
    2. Dars jarayonlarida ham o’ta faol ekanliklarini ya’ni ularga berilgan vazifani hammadan oldin bajarib, o’yinqaroqlikka berilib , sinfdagi boshqa bolalarga halaqit berishadi.
    3. O’qituvchlar tarafidan ularni tartibga chaqirish vaziyatlarida ulardagi agressivlik, (jaxl chiqishi) gapga quloq solmaslik holatlari kuzatilgan.
    4.Bunday bolalar bilan ishlash jarayonida o’qituvchilar ularga nisbatan o’ta ehtiyotkorlik bilan muloqot qilishi talab qilinadi.
    5. Giperaktiv bolalarning fel atvorida qiziqqonlik, keskinlik, serjaxllik hattoki tajovuzkorlik belgilarini kuzatishimiz mumkin.
    Bu bolalarning oilasi ijtimoiy ahvolini surishtirganimizda normal holatda ekanligiga amin bo’ldik.
    Olimlar Giperaktiv bolalarning diqqatini jamlash maqsadida turli xil o’yin ko’rinishidagi mashg’ulotlarni qo’llashni tavsiya qilishadi. Quyida ularning ba’zilaridan misol keltiramiz.
    O’yin nomi "Qirol aytdi" muallif (Chistyakova M.I.)
    (Mashhur bolalar o'yini)
    Maqsad: diqqatni bir faoliyat turidan boshqasiga o'tkazish, vosita avtomatizmlarini yengish.
    O'yinning barcha ishtirokchilari etakchi bilan birgalikda aylanada turishadi. Uy egasi turli harakatlarni (jismoniy tarbiya, raqs, komiks) ko'rsatishini aytadi va o'yinchilar ularni faqat "Qirol aytdi" so'zlarini qo'shsa, takrorlashlari kerak. Kim xato qilsa, aylana o'rtasiga o'tadi va o'yin ishtirokchilari uchun qandaydir topshiriqni bajaradi, masalan, tabassum, bir oyoqqa sakrash va hokazo. "Qirol aytdi" so'zlari o'rniga siz boshqalarni qo'shishingiz mumkin, masalan, "Iltimos" va "Qo'mondon buyurdi"

    Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki,bu kategoriyadagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ota-onalardan,ustozlardan juda ko’p mehnat,sabr-qanoat talab qiladi. Giperaktiv bolalarga kasal bolalar sifatida qarash noto’g’ri fikr va albatta ta’kidlab o’tish joizki bunday bolalarning eng katta yutuqlari ularning qiziqiuvchanligidadir. Bunday bolalar o’zlari qiziqqan ishini ohirigacha olib bora oladilar, va bu borada juda kreativ fikrlaydilar hamda muvaffaqiyatga erishadilar. Giperaktiv bolalarning ota-onalariga qo’yiladigan eng kattta talab esa farzandlarining nimaga qiziqishlarini bilib olsalar va farzandini aynan shu qiziqishi bo’yicha yo’naltirsalar, ularga o’zlarini qiziqtirgan sohasida imkoniyatlarini yaratib bersalar ,albatta olamshumul natijalarga erishish imkoniyatlari yanada kengayadi



    Foydalanilgan adabiyotlar
    1.Goziyev E. E'tibor etishmasligi giperaktivligi buzilgan bolalarning intellektual rivojlanishi: monografiya. Arxangelsk: CPI NArFU, 2011 yil.
    2. Lyutova E.K. Шпаргалка для родителей: гиперактивные, агрессивные, тревожные и аутичные дети: психокоррекционная работа с гиперактивными, агрессивными, тревожными и аутичными детьми. М.: Творческий центр "Сфера", 2010.


    Download 32.73 Kb.




    Download 32.73 Kb.