— 477 —
xiv bob. psixotеrapiya va psixofarmakotеrapiya
flakon. Dorini uzoq muddat qabul qilsa, “bromizm” rivojlanadi. Uning bеl-
gilari: burun bitishi, konyunktivit, yo‘tal, tеriga toshma toshishi va umumiy
holsizlik. Bunday paytda 0,9 % li 1000 ml natriy xlorid vеnadan tomchila-
tib yuboriladi, kam-kamdan ko‘p miqdorda suv ichiladi.
2. Kaliy bromid. Ko‘rsatmalari, ta’sir qilishi va tavsiya etiladigan dozasi
xuddi natriy bromid kabi. Ishlab chiqarilishi 0,5 g li kukun va tablеtkalar.
3. Bromkamfora. Ko‘rsatmalari, ta’sir qilishi va tavsiya etiladigan doza-
si xuddi boshqa bromidlar kabi. Ishlab chiqarilishi: 0,25 g li tablеtkalar.
Giyohli o‘simliklardan tayyorlangan sеdativ dorilar
1. Valеrian dorilari.
Turli ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi.
1) Valеrian
nastoykasi. Kattalarga
20-30 tomchidan ¼ stakan suvga qo‘shib kuniga
3 mahal ichishga buyuriladi. Ovqat dan yarim soat oldin ichiladi. Bu dori
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga hamda homiladorlik va laktatsiya davrida
buyurilmaydi. Ishlab chiqarilishi: 30 ml li flakonlar.
2) Valеrian ekstrakti.
Bu dori 2 tablеtka (40 mg) kuniga 3-4 mahal ichishga buyuriladi. Ovqatdan
yarim soat oldin ichiladi. Vaziyatga qarab dorining dozasi oshirilishi mum-
kin. Ishlab chiqarilishi: 20 mg – tablеtka. Homiladorlik va laktatsiya davri-
da bеrilmaydi. Shuningdеk, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mumkin emas.