362
Pasport va E-21 shakl bo‘yicha xulosa varag’i uch nusxada tuziladi; birinchi
nusxa va ko‘prik(yo‘l o‘tkazgich) kartochkalar "O‘zavtoyo‘l" DAK da, ikkinchisi
yo‘l boshqarmasida qoladi, uchinchisi esa almashinadi.
Texnik hisobning har
qanday ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda yo‘l tashkiloti har yili pasportning
almashuv nusxasini to‘g’irlaydi va almashuv nusxasi "O‘zavtoyo‘l" DAKga
jo‘natadi hamda yo‘l boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga o‘zgartirishlar
kiritadi. Almashuv nusxasini olgan "O‘zavtoyo‘l" DAK o‘z nusxasi bilan uni
tekshiradi va keyingisini o‘zgartirish kiritish uchun yo‘l boshqarmasiga yuboradi.
Pasportga kiritilgan barcha texnik ma’lumotlar va texnik hisob hujjatlari dala
va kameral ishlar natijalari bo‘yicha olinadi. Dala ishlari yo‘l
boshqarmalari,
tashkilot va bo‘linmalar tomonidan yaratilgan ixtisoslashgan partiyalar tomonidan
amalga oshiriladi.
Yo‘l yuzasining sifati uch balli tizimda yo‘llarni mavsumiy tekshirishlarning
amaliy o‘rganish natijalarini hisobga olgan holda to‘la ko‘lamli tekshirish natijalari
bilan baholanadi. Yo‘l qoplamasi qalinligi qalinligi har 1 kmda ko‘ndalang
kesimda uch joyda o‘lchanadi. Kern olish qurilmasi bilan o‘lchash faqat texnik
hujjatlar
bo‘lmagan
taqdirda
amalga
oshiriladi.
Ko‘priklar
va
yo‘l
o‘tkazgichlarning barcha asosiy o‘lchamlari,
kengligi, shu jumladan ko‘prikosti
qurilmalari o‘lchamlari olinadi.
Dala tadqiqotlari natijasida to‘plangan yo‘l va undagi inshootlarning holati
haqidagi ma’lumotlar pasportga kiritiladi, bu esa 297x420 mm o‘lchamli qattiq
jildli kitobda yo‘lning sxemasi, u haqidagi umumiy ma’lumotlar,
iqtisodiy va
texnik xususiyatlar, mablag’ xarajatlari va bajarilgan ishlarning asosiy hajmlari
jamlanadi.
Yo‘l sxemasi (yo‘l pasportining 1 bo‘limi) uning uzunligiga qarab ixtiyoriy
masshtabda, lekin kamida 1: 1000 000 bo‘lishi kerak. 2 bo‘limda "Yo‘lning
umumiy ma’lumotlari" unga tegishli ustunlar bo‘yicha
taqdim etilgan barcha
ma’lumotlarni kiritiladi. 3 bo‘limda "Iqtisodiy xususiyatlar " iqtisodiy o‘rganishlar,
yo‘l harakati hisobi, statistik va iqtisodiy so‘rovlar ma’lumotlarini aks ettiradi. 4
bo‘limda "Texnik o‘lchamlar" yo‘lning alohida tuzilmalari va tarkibiy elementlari
363
(yo‘l poyi, qatnov qismi, sun’iy inshootlar va boshqalar)
ning mavjudligi va
holatini ifodalovchi ma’lumotlarni beradi.
5 bo‘limda "Mablag’ xarajatlari va bajarilgan ishlarning asosiy hajmlari"
yo‘lning ekspluatastiyaga topshirilgan paytdan boshlab saqlash, ta’mirlash va
rekonstrukstiya qilish uchun sarflangan pul xarajatlari to‘g’risida ma’lumotlar
beriladi. Shu bilan birga avtomobil yo‘lining transport-ekspluatastion xususiyatlari
bo‘yicha olib borilayotgan asosiy ishlar to‘g’risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Pasportda joriy ta’mirlash (saqlash) ishlari ko‘rsatilmaydi.
Chiziqli grafigi (yo‘l pasportining 6 bo‘limi) 1: 20 000 masshtabda chiziladi.
Pasport tayyorlash uchun zarur bo‘lgan yo‘llarning holati haqida ma’lumot
to‘plash uchun ko‘chuvchi(mobil) laboratoriyalar, qurilma va uskunalardan
foydalaniladi.