• AKTni davlat boshqaruv organlariga joriy etish darajasi Veb-sayti mavjud bo‘lgan davlat boshqaruv organlari -97%;
  • – 71%; Davlat axborot resurslari soni – 163 ; Tasdiqlangan interaktiv davlat xizmatlari turlari – 94
  • -bosqich. XIX asrning ohiri, unda «mehanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 3-bosqich




    Download 28,61 Kb.
    bet7/7
    Sana15.05.2024
    Hajmi28,61 Kb.
    #234373
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    3- amaliy

    2-bosqich. XIX asrning ohiri, unda «mehanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
    3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo‘lib, «elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o‘zgardi. Unda asosiy urg‘u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga ko‘chirildi.
    4-bosqich. XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, «elektron» texnologiyalar qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
    5-bosqich. XX asr ohiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda «kompyuter» texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo‘ljallangan dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo‘ljallangan texnik vositalarning o‘zgarishi ro‘y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
    Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo‘lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo‘jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to‘plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo‘jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o‘tish demakdir.
    Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo‘llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko‘rib chiqamiz.
    O‘quv muassasalarida axborot texnologiyalarining ahamiyati juda kattadir. Ta’lim sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish standart tizimga nisbatan o‘quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o‘stiradi, bilim berishga differentsial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi. Talabani o‘quv jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
    AKTni davlat boshqaruv organlariga joriy etish darajasi
    Veb-sayti mavjud bo‘lgan davlat boshqaruv organlari -97%;
    Markaziy apparatda kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganlik - 90%, bo‘linmalarda – 46%;
    Lokal tarmoqlarni yaratish – 81%;
    Idora ichida qog‘ozsiz hujjat almashish ulushi – 75%;
    Xodimlarning kompyuter savodxonlik darajasi – 71%;
    Davlat axborot resurslari soni – 163;
    Tasdiqlangan interaktiv davlat xizmatlari turlari – 94;
    «.UZ» zonasi domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tashkilotlar soni - 7;
    ERI markazlari soni – 8;
    Download 28,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 28,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bosqich. XIX asrning ohiri, unda «mehanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 3-bosqich

    Download 28,61 Kb.