• Termoelektron emissiya hodisasi.
  • Ikki elektronli elektron lampalarning ishlashi.
  • 1-Amaliy ish Termoelektron emissiya tok zichligini haroratga bog‘liqligini hisoblash




    Download 128.68 Kb.
    bet1/4
    Sana17.10.2023
    Hajmi128.68 Kb.
    #88160
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Termoelektron emissiya tok zichligini haroratga bog‘liqligini hisoblash
    мультиплексора и демультиплексора, Yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilarning xususiy konsentratsiyasini haroratga bog‘liqligini hisoblash. Yarimo‘tkazgichda zaryad tashuvchilarning diffuzion uzunligi, harakatchanligi va dreyf tezligini hisoblash

    1-Amaliy ish Termoelektron emissiya tok zichligini haroratga bog‘liqligini hisoblash

    A gar metallardagi elektronlarga energiya berilsa elektronlar chiqish ishini yengib metaldan ajralib chiqishi mumkin. Bu xodisaga elektron emissiya xodisasi deyiladi. Elektronlarga qo‘shimcha energiyani berishiga qarab termoelektron, fotoelektron, ikkilamchi elektron emisssiya va avtoelektron hodisalari deyiladi.


    Termoelektron emissiya hodisasi. Temperatura ta’sirida metallardan elektronlarni uchib chiqishi hodisasiga termoelektron emissiya xodisasi deyiladi. Elektronlar metallarda juda ko‘p bo‘lganligidan va elektronlarni tezliklari bo‘yicha teng taqsimlanmaganligidan ya’ni tezliklari katta elektronlarni borligidan, uncha yuqori bo‘lmagan temperaturalarda ham elektronlar metallardan uchib chiqishi mumkin. Elektronlarning energiya bo‘yicha taqsimlanishi natijasida metall chegarasida potensial to‘siqni yengish uchun energiyasi yetarli bo‘lgan ma’lum miqdor elektronlar mavjud bo‘ladi. Temperatura ko‘tarilganda shunday elektronlar miqdori keskin ortadi va sezilarli bo‘lib qoladi. Termoelektron emissiya hodisasini ikki elektronli elektron lampa yordamida tushuntirish qulay.
    Ikki elektronli elektron lampalarning ishlashi. Sxemaning asosiy elementi ikki elektrodli lampa hisoblanadi, uni odatda vakuumli diod deb ataladi. U ichida K katod va A anoddan iborat ikkita elektrodi bo‘lgan, havosi so‘rib olingan metall yoki tur shaklda tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Oddiy holda, katod ingichka to‘g‘ri tola, anod esa katodga nisbatan koaksial silindr shaklida bo‘ladi (60-chizma). Katod, cho‘g‘lantiruvchi batareya Бн tomonidan hosil qilingan tok bilan qizdiriladi. Reostat yordami bilan cho‘g‘latish tok kuchini boshqarish, cho‘g‘lanish temperaturasini o‘zgartirish mumkin. Elektrodlarga anod batareyasidan kuchlanish beriladi. Anod kuchlanishi ning kattaligini potensiometr yordamida o‘zgartirish va voltmetr yordamida o‘lchash mumkin (anod potensiali katod potensialidan yuqori bo‘lsa, musbat hisoblanadi). Galvonometr anod tok kuchi ni o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
    Agar katod cho‘g‘lanishini birday saqlagan holda, anod tok kuchi ning anod kuchlanishi ga bog‘liqligi olinsa, u holda 61-chizmada tasvirlangan egri chiziq hosil bo‘ladi (turli egri chiziqlar katod temperaturasining turli qiymatlariga mos keladi). Ushbu egri chiziq volt-amper xarakteristika deb ataladi.
    bo‘lganda katoddan uchib chiqqan elektronlar uning atrofida manfiy fazoviy zaryadlar – elektron bulutlarini hosil qiladi. Bu bulut katoddan uchib chiqqan elektronlarni itaradi va ularning ko‘pchilik qismini qaytarib yuboradi. Shunga qaramasdan, uncha ko‘p bo‘lmagan elektronlar anodgacha uchib borishga muvaffaq bo‘ladi, natijada anod zanjirida kuchsiz tok oqa boshlaydi. Elektronlarning anodga tushishini to‘la to‘xtatish uchun, ya’ni ni nolga teng qilish uchun, anod bilan katod orasida ma’lum kattalikdagi manfiy kuchlanish berish kerak bo‘ladi. Natijada, diodning volt-amper xarakteristikasi noldan boshlanmay, balki koordinata boshidan biroz chaproqdan boshlanadi.

    Download 128.68 Kb.
      1   2   3   4




    Download 128.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy ish Termoelektron emissiya tok zichligini haroratga bog‘liqligini hisoblash

    Download 128.68 Kb.