|
1-amaliy ish
|
bet | 21/27 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,02 Mb. | | #138526 |
Bog'liq 1-amaliy ish2-misol. Tashkilot xodimlarining 2000-2003 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblash jadvali tuzilsin.
Jadval oldindan ma’lum bo’lgan ma’lumotlar bilan to’ldiriladi.
Tashkilot xodimlarining 2000-2003 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblaymiz va quyidagi yakuniy jadvalni hosil qilamiz.
Diagrammalar tuzish
Jadvalli ma’lumotlarni ba’zan grafik va diagramma ko’rinishda tasvirlashga to’g’ri keladi. Excel dasturi tuzilgan jadval asosida 14 xil turli ko’rinishdagi diagrammalar tuzish va uni jadval bilan birgalikda joylashtirish imkonini beradi. Diagramma tuzish uchun dastlab jadvaldagi ma’lumotlar belgilanadi. So’ngra Standartnaya uskunalar majmuasidagi belgida «sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Buni menyuning ВставкаDiagramma buyrug’i orqali bajarsa ham bo’ladi. Ekranda diagramma turlari va ko’rinishini ko’rsatuvchi Master diagramm muloqat oynasi paydo bo’ladi(9-rasm).
9-rasm. Diagramma turi va ko’rinishini tanlash oynasi.
Muloqat oynasidan Diagramma turi va ko’rinishi aniqlanadi. Master diagramm yordamida diagrammalarni tuzish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o’tish uchun muloqat oynasidan Dalee tugmachasi bosiladi.
Tuzilgan diagrammani formula sifatida ham qarash mumkin. Agar jadvaldagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritilsa, u holda uning asosida tuzilgan diagramma ham avtomatik ravishda o’zgaradi. YUqoridagi tuzilgan(2-misol) tashkilot xodimlarining 2000-2003 yillarda sarf qilingan xizmat safari xarajatlarini hisoblash jadvali misolida diagramma tuzishni ko’rib chiqamiz.
Foydalanuvchi diagramma tuzishdan oldin jadvaldagi ma’lumotlarni qanday diagrammada tasvirlashini bilishi lozim. Tashkilot xodimlarining bo’limlar bo’yicha 2000-2003 yillar davomida har bir yilda qancha xarajat sarf qilinganligini ustunli(gistogramma) diagrammada tasvirlash uni tahlil qilish uchun qulaylik tug’diradi. Buning uchun dastlab jadvaldan quyidagi berilganlar belgilanadi.
9-rasmdagi diagramma tuzish muloqat oynasidan uning turi(gistogramma) va ko’rinishin tanlaymiz va Dalee tugmachasi bosiladi. Diagrammaga sarlavha va x va y o’qlariga tushintirishlar yozish uchun yana Dalee tugmachasi bosiladi va ekranda quyidagi muloqat oynasi paydo bo’ladi va unda Nazvanie diagrammы darchasida Diagramma sarlavhasi, Os X(ategoriy) va Os Y(znacheniy) darchalariga tegishli so’zlar kiritiladi va Dalee tugmachasi bosiladi.
Diagrammani tuzishning oxirgi bosqichida Gotovo tugmachasi bosiladi va ekranda diagramma hosil bo’ladi.
|
| |