|
Adobe Photoshop dasturida ishlash
|
bet | 24/27 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,02 Mb. | | #138526 |
Bog'liq 1-amaliy ishAdobe Photoshop dasturida ishlash.
Reja.
Mavzuning o’tilishidan maqsad
Grafik muxarrirlar haqida tushuncha.
Adobe Photoshop dasturni ishga tushirish va undan foydalanish.
1. Mavzuning o’tilishidan maqsad
Grafik muxarrirlarni o’qitilishidan maqsad har qanday holatlar rasmlar, grafiklar, har xil yozuvlarni komp’yuterda hosil kilishga imkoniyalar bo’lmasligi yoki ishlovchi bu imkoniyatlardan foydalana olmasligi foydalanna olsada vaqti bo’lmasliga mumkin. Lekin ishlovchiga zarur bo’lgan grafik ko’rinishidagi ma’lumotni tayyoridan foydalanish imkoniyati bo’lsada uni ayrim qismlarini o’zgartirish yoki o’zining zaruriyatiga moslashiga to’g’ri kelib qoladi bu hollada gafik ma’luiotlarni qayta ishlovchi tayyor dasturlar paketidan foydalanish mumkin. SHularni hisobga olgan holda bu mavzu Adobe Photoshop dasturida ishlashga o’rgatadi.
2. Grafik muxarrirlar haqida tushunchalar
Operatsion tizimning barcha grafik ob’ektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi qurilmalari ishlatiladi. Eng ko’p tarqalgan qurilma— bu skanerdir. So’nggi paytda raqamli fotokameralarning xam qo’llanish ko’lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo’l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo’yiladi. U erdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma’lumotlarni Файл sifatida egiluvchan diskka yozib quyish imkoniyatiga xam ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o’tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvirni kompyuterning o’zida xam hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muxarrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, takdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob’ektlar va fayllarda bo’lgan nografik ob’ektlar o’rtasida bog’lanish o’rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bulinadi: rastrli grafika, vektorli grafika va frantal grafika. Ular o’rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o’tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo’ylab bir marta chopib o’tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo’ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo’llaniladi.
Dasturli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuktadan iborat.
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam xoldagina yaratiladi. Ko’pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rasmli tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan ko’pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo’ljallangan. Internet tizimida ko’proq rasmli tasvirlar qo’llanilmoqda.
Frantal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya’ni bunda tasvirlar formulalar yordamida kuriladi. Frantal grafika odatda o’yin dasturlarida qo’llaniladi
|
| |