1-amaliy ish




Download 6,02 Mb.
bet26/27
Sana16.01.2024
Hajmi6,02 Mb.
#138526
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
1-amaliy ish

Instrumentlar paneli.
Adobe Photoshop dasturi darchasida turli asboblar tugmalari joylashgan. Qar bir tugma Adobe Photoshop dasturining biror buyrug’ini anglatadi. Agar darchada asboblar paneli bo’lmasa, menyu satring Окноpunktida Vkl. Panel buyrug’ini tanlang.
Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda darchada ko’zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmaning ostki qism o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsa, bu tasvir ushbu tugma tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.
YAshiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugma ustida «sichqoncha» ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqariladi va kerakli tugma ustida kursorni qoldirib «sichqoncha» ning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.
Xar bir tugma kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbobning kanday vazifani bajarishi xaqidagi axborot paydo bo’ladi.
Quyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayonida keng qo’llaniladigan asboblarning qisqacha tavsifi keltiriladi.
«Pryamougolnaya oblast». Tasvirda to’g’ri to’rtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi aloqida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga ta’sir etadi. Ushbu tugma qo’shimcha tarzda Shift klavishi ishlatilsa, belgilangan maydon xududi ortadi. Shift klavish o’rnida Alt klavishi qo’llanilgan taqdirda belgilangan maydon xududi qisqaradi. Ushbu amal Lasso va Волшебная палочка asboblari bilan ishlashda qo’llaniladi.
«Ellipticheskaya oblast» : Tasvirda doira shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi aloqida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqat belgilangan maydon ichiga tasir etadi.
Stroka pikseley : tasvirda gorizontal shakldagi chiziqni belgilaydi. Amalda bu asbob juda kam qo’llanildi.
Stolbets pikseley : Tasvirda Vertikal shakldagi chiziqni belgilaydi. Amalda bu asbob qam juda kam uchraydi.
«Kadrirovanie» : Ushbu asbob, asosan tasvir chetlarini va keraksiz qismlarini kesib tashlash uchun qo’llaniladi. Bu buyruq aktivlashtirilganda tasvir yuzida to’g’ri to’rtburchak shaklidagi ramka qosil bo’ladi. Ramkaning chetlari kichik kvadratlardan iborat bo’lib, bu kvadratchalar yordamida ramka qajmi o’zgartiriladi. Tasvir ramka ostiga olingandan so’ng ENTER klavishi bosilsa, ramka tashqarisida qolgan ortiqcha bo’laklar kesib tashlanadi. Ushbu buyruqni Esc klavishini bosib rad etish mumkin.
«ПЕРЕМЕШЕНИЕ» : Ushbu asbob tasvirdagi belgilangan madonni yoki qatlamni siljitish va kesib olish uchun qizmat qiladi. ПЕРЕМЕШЕНИЕ buyrug’ini bajaradigan ayni jarayonni boshqa ayrim asboblar (masalan ВОЛШЕБНАЯ ПАЛОЧКА asbobi) yordamida xam amalga oshirish mumkin.
«МАГНИТНОЕ ЛАССО» : Bu asbob ishlatilganda Adobe Photoshop dasturi tasvirdagi obekt chegaralarin o’zi belgilaydi. Ammo bu asbob peksillardagi ranglarni o’zgarishiga bog’liq tarzda chegaralarni aniqlashi bois kam qo’llaniladi.
«ВОЛШЕБНАЯ ПАЛОЧКА» : Bir-biriga yaqin bo’lgan rangdagi peksillar joylashgan maydonni belgilaydi. SHIFT bilan birgalikda qo’llansa, belgilangan maydon qajmi ortadi. Alt bilan ishlatilganda esa belgilangan maydon qajmi kamayadi.
«AEROGRAF» : tasvirni bo’yashda ishlatiladi. Aerografni bir joyda ushlab turish siyoqni tasvir bo’yla yoyilib ketish effektini beradi. Bo’yoqning tasvir bo’ylab oqishi kursorni qo’yib yuborguncha davom etadi. Odatda bu asbob yumshoq cho’tkalar ishlatiladi. AEROGRAF kursorni ushbu asbob ustida bosish yoki klaviaturadagi J klavishini bosish orqali aktivlashtriladi.
«KIST» : Aerograf asbobi kabi tasvirni bo’yashda ishlatiladi. Ammo KIST yordamida tasvirni sifatli bo’yash mumkin. Bu sbob aerografga nisbatan ko’p qo’llaniladi. KIST asbobini V klavishini bosish orqali aktivlashtirish mumkin. Brushes darchasi yordamida bo’yoq cho’tkalarini shaklini o’zgartirish mumkin.
«SHTAMP» : tasvirdagi kichik bir bo’lak nusqasini ko’chirish uchun ishlatiladi. Bu asbob tasvirdagi ayrim nuqsonlarni, dog’larni yo’qotish va eski rasmlarni tiklashda keng qo’llnailadi.
«KIST PREDO’DUSHIX SOSTOYANIY» : Bu asbob tasvir qaqidagi dastlabki ma’lumotlar asosida ishlaydi. Uning yordamida tasirga kiritilgan so’ngi o’zgartirishlarni bekor qilish mumkin.
«LASTIK» : tasvirni o’chirish uchun ishlatiladi. U qo’llanganda tasvirda fon qaysi rangda bo’lsa, o’sha rangdagi chiziqlar qosil bo’ladi. Alt klavishini qo’llash yordamida kompyuter xotirasiga olinmagan so’ngi o’zgartirishlarni bekor qilish mumkin. LASTIK asbobi E klavishni bosish orqali aktivlashtiriladi.
«KARANDASH» : turli chiziqlarni chizish uchun foydalaniladi. Alt klavishi bosilganda kursorning ekrandagi tasviri o’zgaradi va bevosita tasvirdan kerakli rangni tanlash mumkin. Bu amal bajarilagnadan so’ng o’sha rangda chiziq tortadi.
«RAZMO’VKA» : Ushbu asbob ishlatilganda, tasvirdagi yorqinlik pasayadi. Alt klavishi bilan qo’llanganda yorqinlik ortadi.
«REZKOST» : ushbu asbob ishlatilganda tasvirdagi yorqinlik ortadi. Alt klavishi bilan qo’llanganda esa tasvir qiralashadi.
«PALETS» : tasvirdagi ranglar chayqaltirib, tasvirdagi obektlar o’rtasidagi chegaralarni bir-biriga qo’shishga xizmat qiladi.
«OSVETITEL» : piksellardagi ranglar yorqinlashadi. Alt klavishi bilan qo’llanganda esa piksellardagi ranglar qiralashadi.
«PERO» : peroni tasvir ustida xaraktlantirilganda, nuktalar xosil bo’ladi. Ushbu nuqtalar yordamida chizilgan tasvirni o’zgartirsh mumkin.
MAGNITNOE PERO : bu asbob quddi Магнитное лассо kabi xarakatlanadi. Biror bir tasvirdagi obekt atrofida xarakatlantirilganda, Adobe Photoshop dasturining o’z obekt chetlarini belgilab chiqadi.
«PROIZVOLNOE PERO» : juda qulay asbob bo’lib, Xoxlagan shakldagi tasvirni u yordamida ifodalash mumkin.
«ВСТАВИТЬTOCHKU» : bu asbob pero yordamida chizilgan chiziq ustiga qo’shimcha nuqtalarni qo’shadi.

Download 6,02 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 6,02 Mb.