|
1-amaliy ishi diskret kosinus o‘zgartirish uchun spektral tahlil algoritmlarini amalga oshirish ishdan maqsad
| bet | 3/4 | Sana | 30.12.2023 | Hajmi | 444,5 Kb. | | #129103 |
Bog'liq 1-3 Amaliyot topshiriq sirtqiHisobot tarkibi
-
Ishning nomi va bajarishdan maqsad.
-
Tadqiqotning strukturaviy sxеmasi.
-
Turli signallardan ossillogrammalar.
-
Bajarilgan ish bo‘yicha natija va xulosalar.
Nazorat savollari
-
Davriy signallar haqida ma'lumotlar bеring.
-
Davriy signallar modеlini aniq tasvirlab bеruvchi bir nеchta fizik jarayonlarni sanab bеring.
-
Impuls signallarning davomiyligi qanday aniqlanadi?
-
Impulsning kеngligi va uning spеktr kеngligi bir biriga qanday bog‘ liq?
-
Signallarni diffirensiallash va intеgrallash jarayoni chastota sohasida qanday ifodalanadi?
-
Vidеoimpuls va radioimpulslarning spеktral zichliklari bir biri bilan qanday bog‘ liq?
-
Davriy va nodavriy signallarning farqini tushuntiring.
-
Davriy signallar uchun Furе qatorini kеltiring.
-
Komplеks chastotani tushuntirib bеring
-
Furе tеz almashtirishini kеltiring.
3-AMALIY ISH
NOREKURSIV FILTRLASH ALGORITMINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: Ishda uzluksiz signallarni tajriba asosida diskretlash va qayta tiklash jarayonlarini o‘rganish maqsad qilib olingan.
Amaliy ishni bajarish uchun vazifasi
1. Impulsli uzatish tavsif yordamida 1PChF va 2 PChF larni signallar o‘tkazish polosasini aniqlash.
2. Murakkab signalni diskretlash va uni diskretlash intervalini aniqlash.
3. Oniy qiymatlar yordamida signalni qayta tiklash.
3 .1- rasm. Amaliy qurilmasining tuzilish sxemasi
Uslubiy ko‘rsatmalar
1. Impulsli uzatish tavsifi yordamida 1 PChF va 2 PChF larni signallar o‘tkazish polosasini aniqlash.
1.1. Kompyuter xotirasiga dasturni kiriting. Ossillografni sozlang. Buning uchun signal kuchaytirish ikkala kanalda 0,8 V/1-katak va signal yoyishini 0,25 ms/1-katak qilib o‘rnating.
1.2. Ossillograf ekranida murakkab signalni kuzating va uning ossillogrammasini chizib oling. Buning uchun « Istochnik signalov » blokida joylashgan « Slojniy signal » yonidagi « Vkl » tugmasini bosing. 1-kanalga 2-nazorat nuqtasini ulang. Hosil bo‘lgan ossillogrammani chizib oling.
1.3. Impulsli uzatish tavsif yordamida 1 PChF va 2 PChF larni mintaqaviy o‘tkazish qobiliyatini baholash. Buning uchun « Istochnik signalov » blokida joylashgan « Delta impuls » va « Signal s chastotoy F2». yozuvlari yonidagi «Vkl» tugmasini bosing. 1-kanalga 1-nazorat nuqtani va 2-kanalga esa 6-nazorat nuqtalarini ulang. «Organi upravleniya laboratornim maketom» blokida joylashgan « Podklyuchit detal k FNCh 2» yozuvlari yonidagi « DA » tugmasini bosing. Hosil bo‘lgan ossillogrammalarni chizib oling. Hosil bo‘lgan ossillogrammadan, masshtabda T davr va t oraliqni o‘lchang. Ikkala filtrlar uchun t oraliqni T/2 bilan taqqoslang va filtr o‘tkazish polosasi kengligi haqida xulosa qiling. Agar tТ/2 bo‘lsa, u holda filtrning yuqori o‘tkazish chastotasi f2, chastotadan oshadi.
-
1-kanalga 7-nazorat nuqtasini ulang va 1.3. banddagidek 2-PChF ni signal o‘tkazish polosasini baholang.
2. Murakkab signalni diskretlash va uni diskretlash intervalini aniqlash.
2.1. 1-kanalga 1-nazorat nuqtani va 2 kanalga esa, 2-nazorat nuqtalarni ulang. “Istochnik signalov” blokida joylashgan « Gen. imp. diskr.”yozuvi yonidagi «Vkl» tugmani bosing. Diskretizatsiya chastotasini 4000 Gs ga o‘rnating. Hosil bo‘lgan ossillogrammani chizib oling.
Buning uchun 1-kanalga 2-nazorat nuqtasini va 2-kanalga esa 4-nazorat nuqtalarni ulang. «Organi upravleniya laboratornim maketom» blokida joylashgan « Podklyuchit slojniy signal » va «Gen. imp. disk » , « Diskretizatori » yozuvlari yonidagi «Da» tugmani bosing. Murakkab va diskretlangan signallarning ossillogrammalarini chizib oling.
3.2- rasm. 1 PChF (2 PChF) ni signal o‘tkazish polosasini baholash
2.2. Diskretlangan signal ossillogrammasini kuzating va chizib oling.
3.Oniy qiymatlar yordamida signalni qayta tiklash.
3.1. 2-kanalga 6-nazorat nuqtani ulang. «Organi upravleniya laboratornim maketom blokida joylashgan «Podklyuchit delta impuls k FNCh 1» va « Podklyuchit delta impuls k FNCh 2» yozuvi yonidagi «Net» tugmani bosing. Murakkab va qayta tiklangan signallar ossillogrammalarini chizib oling. (PChF 1).
3.2. 2-kanalga 7-nazorat nuqtasini ulang. Murakkab va qayta tiklangan signallarni ossillogrammalarini chizib oling. (PChF 2).
3.3. 1 PChF va 2 PChF lar yordamida qayta tiklangan signallar sifatini taqqoslang va signalni qayta tiklash uchun mos filtrni tanlang.
|
| |