1 - AMALIY ISHI
TIZIMLI VA AMALIY DASTURIY TA’MINOTNING RIVOJLANISH
BOSQICHLAR
Ishdan maqsad:
Tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlarini talabalarga
o`rgatish.
Kerakli jihozlar:
kompyuter operatsion sistemani o‘rnatuvchi va drayverlar diski.
Masalaning qo`yilishi:
1.
Windows operatsion tizimini o`rnatish
2.
Windows operatsion sistemasi bog`liq
xatoliklar
3.
Windows operatsion sistemasi “sekinlashishi”
4.
Diskni tozalash (disk cleanup)
5.
Windows OTini sozlash dasturlari
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
Kompyuter dasturlarining muhim vazifalaridan biri kompyuter qurilmalari ishini yo‘llantirish
hisoblanadi. Dasturlarning asosiy uch turi mavjud:
1.
tizimli dasturiy ta’minot:
a)
xizmat ko`rsatuvchi (Servisli) dasturiy ta’minot
b)
bazali dasturiy ta’minot
2.
amaliy dasturiy ta’minot;
3.
uskunaviy dasturiy ta’minot;
Operatsion tizim – kompyuter qurilmalarining boshqariladigan kompyuter dasturlari majmuidir.
Operatsion tizim kompyuter va amaliy dasturlar orasidagi interfeys
hisoblanadi va har xil
amallarni bajaradi:
kompyuter qurilmalarini ishga tushiradi;
foydalanuvchi
interfeysini taqdim etadi;
qurilmalardan mustaqillik darajasini ta’minlaydi;
xotirani
boshqaradi;
bajarilayotgan
dasturlarni boshqaradi;
tarmoq bilan ishlashni ta’minlaydi;
tizim resurslarini taqdim etishni boshqaradi;
fayllarni boshqaradi;
Windows operatsion sistemasi bog`liq xatoliklar
Windows operatsion sistemasi ishlashi davrida xatoliklar ham bo`lib turadi. Bu xatoliklarni
ikki guruhga bo`lib o`rganish mumkin. Ular apparat va dasturiy xatoliklar.
Dastlabki xatoliklar Windows yuklanish vaqtida ko`zga tashlanishi mumkin. Chunki u
yuklanishi bilan tizim o`z apparatlari sozligini tekshiradi va u haqida sizga xabar beradi. Ulardan:
tizim platasi,
protsessor, tezkor xotira,
video plata, qattiq disk va boshqa qurilmalar bo`lishi
mumkin.
Agarda ulardan biri nosoz bo`lsa, kompyuter ishga tushmaydi.
Ularni bartaraf etish uchun esa: manba kabelini, blokini, protsessor va BIOS ni tekshiring.
Istalgan Windows operatsion sistemasi diskini qo‘yib tiklashni (восстановление) amalga
oshiring.
Windows ishida bir necha xatoliklar bo‘lishi mumkin: