|
1 amaliy ishi tizimli va amaliy dasturiy ta’minotning rivojlanish bosqichlar ishdan maqsadBog'liq 1-AMALIY ISHZaxira nusxalarini yaratish
Butun qattiq diskdan nusxa olish har doim ham shart emas – chunki bu jarayon ko`p vaqt va
ko`p joy egallaydi. Alohida papkalarning nusxalarini tez-tez yaratib turish maqsadga muvofiqdir.
Zaxira nusxalarini yaratish uchun Wndowsning xizmatchi dasturlar bo`limlarida joylashgan
ma’lumotlarni arxivlash dasturidan foydalanish mumkin.
To`liq zaxira nusxalash
To`liq nusxalash uchun qisman nusxalashda ishlatilgan dasturidan foydalanish mumkin.
Ushbu dastur yana quyildagilarni amalga oshira oladi:
1. Windows ning tizimli fayllarini saqlash va tiklash (bu bilan u sistemani tiklash dasturining
o`rnini bosa oladi).
2. Qattiq diskdagi kerakli papka va fayllarning nusxalarini arxivlashtirish.
3. Disk yoki bo‘limdagi hamma ma’lumotlarni to‘liq nusxalash. Bunda u zaxira nusxada
maxsus ASR yuklash diskini yaratadi. Bu disk yordamida biz qattiq disk tarkibidagi ma’lumotlarni
Windows ni yuklamasdan turib ham tiklash mumkin bo‘ladi.
Windows OTini sozlash dasturlari
Windows tizimida boshqaruv paneli (панель управления) yordamida hamma sozlashlarni
amalga oshirsa bo‘ladi. Lekin uni sozlash va almashtirish imkoniyatlari chegaralangan. Bu ayniqsa
kompyuterga biror-bir “nozik sozlash” utilitasini o‘rnatganingizda bilinadi. Ingliz tilida bu
tushuncha qisqa va lo`nda Tweak so`zi yordamida ifoda qilinadi. So`zma-so`z tarjima qilsak
«tuzoq, qopqon, (перехитреж)» («уловка, щипок, перехитреж») ma’nolarini beradi. Kompyuter
texnologiyalarida esa – bu aniq “sozlash” va qo`pol “buzish” o`rtasidir.
Tweak-dasturlar Windows foydalanuvchilariga sistemaning eng nozik, maxfiy qirralarini
o`zgartirish imkonini beradi.
Bunday turdagi utilitalar juda ham ko`p.
Agar Tweak XP o`rnatilsa sozlashning turli imkoniyatlari paydo bo`ladi. Ushbu dastur
yordamida ishchi stolning tashqi ko`rinishini o`zgartirish, ya’ni u yerdagi ortiqcha yorliqlarni olib
tashlash mumkin. Shuningdek kompyuterning lokal tarmoqqa kirish jarayonini to`liq
avtomatlashtirish imkonini beradi. Boshqa nozik sozlash dasturlari kuchliroq imkoniyatlariga
egadirlar.
|
| |