1-Amaliy mashgʻulot: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axborot tizimlari komponentalari.
Reja:
Axborot tizimlari tushunchasi
Biznesda axborot tizimlari.
Axborot tizimlarning turlari
Ishning maqsadi:
a) Talabalarga tizim tushunchasi, ularning turlari, axborot tizimlari ustida qayta shlash va uzatish tushunchalarini etkazish;
b) Talabalarga biznesda axborot tizimlari komponentalarini o’rgatish.
c) Axborot tizimlari turlari haqida ma’lumot berish.
Tizim'>Nazariy ma’lumotlar:
«Tizim» deganda bir vaqtning o’zida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’ekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi.
Ma’lumki, bugungi kunda ko’plab turli xil tizimlar yaratilgan bo’lib, ular o’z tarkibi va bosh maqsadlari bo’yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan.
1- jadval
Tizim
|
Tizim elementlari
|
Tizimning bosh
maqsadi
|
Firma
|
Odamlar,jixozlar,materiallar,binolar
va boshqalar
|
Tovarlar ishlab
chiqarish
|
Kompyuter
|
Elektron va elektr mexanik elementlar, aloqa liniyalari va
boshqalar
|
Ma’lumotlarga ishlov berish
|
Telekommuniktsiya tizimi
|
Kompyuterlar, modemlar, kabellar,tarmoq dasturiy ta’minoti
va boshqalar
|
Axborot uzatish
|
Axborot tizimi
|
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlrai, odamlar, axborot va
dasturiy ta’minot
|
Professional axborot ishlab
chiqarish
|
«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda ko’plab ma’nolarda qo’llaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qo’llanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar to’plami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan to’ldirilgan ko’plab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin.
Har bir tizim to’rt asosiy qismdan iborat:
kiritish;
ishlov berish;
chiqarish;
teskari aloqa.
teskari aloqa
Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq bo’lgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo’ladigan axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi.
Axborot tizimi – qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq majmui.
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo’lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bo’lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining o’zi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qoladi.
Tashkilot deganda umumiy maqsadlar yo’lida birlashgan va umumiy moddiy hamda moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini ishlab chiqarish uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki so’z - «tashkilot» va «firma» so’zlari teng ma’nolarda qo’llaniladi.
Axborot tizimi odamlar, apparat vositalari, dasturiy ta’minot, aloqa tarmoqlari, axborot resurslarining ixtiyoriy tartibdagi tashkiliy birlashmasi hamda tashkilotda axborotni saqlash, yigʻib olish, almashtirish va tarqatish siyosat va protseduralaridan iborat. Odamlar har xil jismoniy qurilmalar, axborot bilan ishlash instruksiyalari va protseduralari , aloqa kanallari , va saqlanadigan berilganlar yordamida oʻzaro muloqot qilishi uchun zamonaviy axborot tizimlariga tayanadi. Ulardan bir nechta misollarini koʻrib chiqamiz:
|