1-Amaliy mashgʻulot: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axborot tizimlari komponentalari. Reja: 1




Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/44
Sana28.05.2024
Hajmi3,88 Mb.
#255800
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
1-Amaliy mashg ulot Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axboro

Ma’lumotlar bazasi – 
ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Umumiy holda ma’lumotlar bazalariga keyingi tushunchani keltirish mumkin. Ma’lumotlar 
bazasi – zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal 
ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish 
imkoniyatlariga ega, katta miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan 
tavsiflanuvchi o’zaro bog’liq ma’lumotlar yig’indisidir. 
Ma’lumotlar bazasini qo’llash ushbu imkoniyatlarni beradi: 

so’rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish; 

saqlanilayotgan ma’lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish; 

axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish; 

ma’lumotlar dolbzarligini ta’minlash; 

amaliy dasturlarni o’zgartirmasdan ma’lumotlarni o’zgartirish; 

ma’lumotlar tuzilmasini qat’iyligini saqlash. 
Ma’lumotlar bazasini samarali tashkil etish bu - ma’lumotlar bazasida mantiqan o’zaro 
bog’langan massivlarni tashkil etishdir. 


Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda ixtisoslashgan 
samarali dasturiy vosita - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalaniladi. 
Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi 
sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar 
bazasida ko’p qirrali kirish va aynan bir xil ma’lumotlardan turli foydalanuvchilar 
foydalanish imkoni mavjud. 
Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuzilmasi muammo sohasi ma’lumotlarining 
axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma’lumotlar bazasidagi mantiqiy o’zaro 
bog’liqlik ma’lumotlar modeli turiga muvofiq tashkil etiladi. 
Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida bo’yicha alohida massivlarda 
joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish va yuritish texnologiyasi o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Mazkur massivlar ma’lumotlar bazasining boshlang’ich yuklanish 
bosqichida tashkil etiladi. 
Operativ (tezkor) hisobot ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga vazifalarni echish 
reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar ma’lum davrda to’planadi. Ma’lum bir 
hisob-kitob qilingach (masalan, omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob qilish), 
to’plangan tezkor hisobot ma’lumotlari yo’q qilinadi yoki arxivda saqlanadi. 
Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy kompyuterida monopol joylashgan 
bo’lishi mumkin. Bunday holatda u faqat ma’lum SHK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va 
axborot bazasiga bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanadi. 
Kompyuter tarmog’i mavjud bo’lgan holda ko’pchilik foydalaniladigan rejimda 
ishlash, 
mashina-server da joylashadigan markazlashgan ma’lumotlar bazasidan 
foydalanish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o’z shaxsiy 
kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo’lgan markazlashgan axborot 
bazasiga kirishga ruxsat oladi. 
Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o’z SHKda lokal ma’lumotlar bazasini 
tashkil etishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi 
uchun zarur bo’lgan axborotni saqlaydi. Kompyuter tarmog’ida ma’lumotlar bazasini tashkil 
etish va jamoa bo’lib foydalanish banklar, birja, investitsiya jamg’armalari va boshqa bozor 
iqtisodiy tuzilmalarining axborot ti- zimlari samaradorligini oshiradi. 
Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog’liq holda turli 
ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning 
turli kontseptsiyalari mavjud, misol tariqasida fayl-server va mijoz- server ni keltirish 
mumkin. 
«Fayl-server» kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlashgan 
holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va 
fayl-server uchun ajratilgan kompyuterga 
mo’ljallangan. Fayl-server dagi ma’lumotlarning umumiy bazasiga jamoa holda kirish 
unga xos xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan taqdirda 
boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi. So’ralgan ma’lumotlar 
fayl-
server dan ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi 
vositalari bilan qayta ishlanadi (5.1-rasm). 
«Mijoz-server» kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan, ma’lumotlarni ishlab 
chiqish vazifasi mijoz - ishchi stantsiyasi va ma’lumotlar bazasining mashina serveri 
o’rtasida bo’lishi mo’ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so’raydi va u tarmoq 
bo’ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So’rov ma’lumotlari o’sha erda qidiriladi. 
Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga uzatiladi. Mijoz-server


 
Ma’lumotlar basazini, irarxik va daraxtsimon, tarmoqli va 
relyatsion ma’lumotlar basazini. Ma’lumotlar bankini. Yozuv, 
maydon va atributlarni. Oracle va Accesse MBBTlarini 
Jadvallar
arxitekturasi uchun xos hususiyat - bu ma’lumotlar bazasidan so’rov uchun SQL dasturlash 
tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy ma’lumotlar bilan ishlash 
imkonini beradi 

Download 3,88 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Amaliy mashgʻulot: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axborot tizimlari komponentalari. Reja: 1

Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish