Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan
holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy,
tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda
texnologik jarayonda band
personalni qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin.
Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi
dasturiy
to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi[24,25].
Avtomatlashtirilgan
ma’lumotlar banki
inson-mashina tizimidan iborat bo’lib, ichki
foydalanuvchilar
hamda kompyuter, kommunikatsiya
texnikasi asosida
axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning axborot
jarayonlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy
talablar
qo’yiladi:
muammoli sohaning holatiga
axborotning mos kelishi;
ishlashning ishonchliligi;
tezkorligi va
unumdorligi;
foydalanishning oddiy va qulayliligi;
foydalanishning ommaviyligi;
axborotning ximoyalanganliligi;
kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va echilishi kerak bo’lgan
masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ma’lumotlar
bankining
asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish;
saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini ta’minlash;
foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so’rovlari bo’yicha ma’lumotlarni
izlash
va tanlash;
olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni chiqarish.
Ma’lumotlar bankining tarkibiy
elementlari
qatoriga quyidagilar kiradi:
1)
bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi;
2)
ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT);
3)
masalalarni echishning amaliy dasturlar to’plami;