|
1-Amaliy mashgʻulot: Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axborot tizimlari komponentalari. Reja: 1Bog'liq 1-Amaliy mashg ulot Biznesda axborot tizimlari asoslari. AxboroAxborot tizimi
– qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash, saqlash,
ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq
majmui.
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning
asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Yirik
tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga
meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar
ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bo’lgan va usiz bu axborotni olish va taqdim
etish mumkin bo’lmagan odamning ro’li hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy
timsolining o’zi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmay qoladi.
Tashkilot deganda umumiy maqsadlar yo’lida birlashgan va umumiy moddiy hamda
moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini ishlab chiqarish
uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki so’z - «tashkilot» va
«firma» so’zlari teng ma’nolarda qo’llaniladi.
Axborot tizimi odamlar, apparat vositalari, dasturiy ta’minot, aloqa tarmoqlari,
axborot resurslarining ixtiyoriy tartibdagi tashkiliy birlashmasi hamda tashkilotda axborotni
saqlash, yigʻib olish, almashtirish va tarqatish siyosat va protseduralaridan iborat.
Odamlar har xil jismoniy qurilmalar, axborot bilan ishlash instruksiyalari va protseduralari
, aloqa kanallari , va saqlanadigan berilganlar yordamida oʻzaro muloqot qilishi uchun
zamonaviy axborot tizimlariga tayanadi. Ulardan bir nechta misollarini koʻrib chiqamiz:
Aloqa uchun tutun signallari.
Tutun xarakteri yuboruvchini koʻrish yoki eshitish
imkoniyati boʻlmagan holatlarda juda uzoqda joylashgan odamlarga muhim
axborotni uzatadi.
Kutubxonadagi
kartochkali
|
| |