Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda ixtisoslashgan
samarali dasturiy vosita - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi
sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar
bazasida ko’p qirrali kirish va aynan bir xil ma’lumotlardan
turli foydalanuvchilar
foydalanish imkoni mavjud.
Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuzilmasi muammo sohasi ma’lumotlarining
axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma’lumotlar bazasidagi mantiqiy o’zaro
bog’liqlik ma’lumotlar modeli turiga muvofiq tashkil etiladi.
Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida bo’yicha alohida massivlarda
joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish va yuritish texnologiyasi o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Mazkur massivlar ma’lumotlar bazasining boshlang’ich yuklanish
bosqichida tashkil etiladi.
Operativ (tezkor) hisobot ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga vazifalarni echish
reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar ma’lum davrda to’planadi. Ma’lum bir
hisob-kitob qilingach (masalan, omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob qilish),
to’plangan tezkor hisobot ma’lumotlari yo’q qilinadi yoki arxivda saqlanadi.
Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy kompyuterida monopol joylashgan
bo’lishi mumkin. Bunday holatda u faqat ma’lum SHK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va
axborot bazasiga bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanadi.
Kompyuter tarmog’i mavjud bo’lgan holda ko’pchilik foydalaniladigan rejimda
ishlash,
mashina-server da joylashadigan markazlashgan ma’lumotlar
bazasidan
foydalanish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o’z shaxsiy
kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo’lgan markazlashgan axborot
bazasiga kirishga ruxsat oladi.
Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o’z SHKda lokal ma’lumotlar bazasini
tashkil etishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi
uchun zarur bo’lgan axborotni saqlaydi. Kompyuter tarmog’ida ma’lumotlar bazasini tashkil
etish va jamoa bo’lib foydalanish banklar, birja, investitsiya jamg’armalari va boshqa bozor
iqtisodiy tuzilmalarining axborot ti- zimlari samaradorligini oshiradi.
Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga bog’liq holda turli
ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning
turli kontseptsiyalari mavjud, misol tariqasida fayl-server va
mijoz- server ni keltirish
mumkin.
«Fayl-server» kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi hamda markazlashgan
holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va
fayl-server uchun ajratilgan kompyuterga
mo’ljallangan. Fayl-server dagi ma’lumotlarning umumiy
bazasiga jamoa holda kirish
unga xos xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan taqdirda
boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi. So’ralgan ma’lumotlar
fayl-
server dan ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
vositalari bilan qayta ishlanadi (5.1-rasm).
«Mijoz-server» kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan, ma’lumotlarni
ishlab
chiqish vazifasi mijoz - ishchi stantsiyasi va ma’lumotlar bazasining mashina serveri
o’rtasida bo’lishi mo’ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so’raydi va u tarmoq
bo’ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So’rov ma’lumotlari o’sha erda qidiriladi.
Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga uzatiladi. Mijoz-server
Ma’lumotlar basazini, irarxik va daraxtsimon, tarmoqli va
relyatsion ma’lumotlar basazini. Ma’lumotlar bankini. Yozuv,
maydon va atributlarni. Oracle va Accesse MBBTlarini
Jadvallar
arxitekturasi uchun xos hususiyat - bu ma’lumotlar bazasidan so’rov uchun SQL dasturlash
tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy ma’lumotlar bilan ishlash
imkonini beradi