|
Foydalanuvchi uchun amaliy dasturiy ta’minotBog'liq 1-Amaliy mashg ulot Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axboro (1)Foydalanuvchi uchun amaliy dasturiy ta’minot
Amaliy dasturiy ta’minot umumiy foydalanishga moʻljallangan va konkret
funksiyalarni bajaruvchi dasturiy ilovalar kategoriyalariga boʻlinadigan koʻplab dasturlarni oʻz
ichiga olishini koʻrsatadi. Umumiy foydalanishga moʻljallangan amaliy dasturlar
foydalanuvchilar uchun umumiy ma’lumotlar bilan ishlashni bajaruvchi programmalar
hisoblanadi.
Dasturiy ta’minotni qoʻshimcha klassifikatsiyalash usuli dasturiy ta’minotni qanday
maqsadda ishlab chiqilganligiga asoslangan. Dasturiy ilovalarni identifikasiyalash uchun
foydalanadigan
foydalanuvchi dasturiy ta’minoti termini tashkilotda foydalanishi
moʻljallangan tashkilot doirasida ishlab chiqiladi. Boshqa soʻz bilan aytganda dastur kodini
yozuvchi tashkilot bir vaqtning oʻzida ham dasturiy ta’minot dasturiy ilovalarini foydalanuvchi
tashkilotidir.
Biznes-dasturiy ilovalar dasturiy ta’minoti
Biznes va boshqa sohalarda foydalanuvchilarning konkret dasturiy ilovalarini qoʻllab
quvvatlash uchun minglab funksional konkret amaliy dasturiy paketlari mavjud. Masalan
mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish biznes-dasturiy ilova, korxona resurslarini
rejalashtirish va yetkazib beruvchilar zanjirini boshqarish kabi ye-biznes strategik dasturiy
ilovali biznes jarayonlarni reinjiringi va avtomatlashtirilishni qoʻllab quvvatlaydi.
Albatta, koʻp programmalarni bitta paketga birlashtirish muayyan kamchiliklarga ega.
Soha tanqidchilari aytishicha koʻplab dasturiy ta’minotlar foydalanuvchilar tomonidan hech
qachon foydalanilmaydi. Komplekslar diskda oʻrnatish versiyasi va funksiyalariga qarab juda
koʻp joy egallaydi (koʻpincha 250 megabaytdan koʻp). Ularning narxi 100$ dan to 700$ gacha
boʻlishi mumkin.
Web-brauzerlar va boshqalar
Bugungi kunda kompyuterlarning koʻplab foydalanuvchilari uchun dasturiy
ta’minotning muhim komponentalaridan biri web-brauzerlar hisoblanadi. Microsoft Explorer,
Netscape Navigator, Firefox, Opera yoki Mozilla kabi brauzerlar navigasiya va WWW,
Internetning boshqa resurslari, korporativ intranet tarmogʻi va ekstranetni qoʻllab-quvvatlash
uchun dasturiy ilovalar hisoblanadi. Brauzerlar universal dasturiy platformaga aylanmoqda,
unda foydalanuvchilar uchun ma’lumotlarni izlash, elektron pochta, muhokama guruhlari va
boshqa koʻplab internet dasturiy ilovalari mavjud.
|
| |