• 6. Berilganlar bazasini rivojlantirish. Ishning maqsadi
  • -amaliy mashg’ulot: Berilganlar bazasini boshqarish texnik asoslari




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/44
    Sana20.12.2023
    Hajmi3,88 Mb.
    #124393
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
    Bog'liq
    1-Amaliy mashg ulot Biznesda axborot tizimlari asoslari. Axboro (1)

    5-amaliy mashg’ulot: Berilganlar bazasini boshqarish texnik asoslari. 
    Reja: 
    1. Berilganlar bazasi boshqaruvining texnik asoslari.
    2. Berilganlarni boshqarish.
    3. Big Data. Berilganlar bazasini boshqarish.
    4. Berilganlar asosiy tushunchalari.
    5. Berilganlar bazasi tuzilmalari.
    6. Berilganlar bazasini rivojlantirish. 
     
    Ishning maqsadi:
    a) Talabalarga berilganlar bazasini boshqarish tizimlari ularning texnik asoslari 
    tushunchalarini etkazish;
    b) Talabalarga berilganlarni boshqarish tushunchasini o’rgatish.
    c) Big Data. Berilganlar bazasini boshqarishni va samarali foydalanishni o’rgatish. 
    Axborot bilan ta’minlash tizimlarining rivojlantirilishi foydalanuvchilarning 
    axborotga bo’lgan extiyojlarini qondirishda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankiga o’tish 
    imkoniyatini yaratdi. 


    Ma’lumotlar banki – zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan 
    holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, 
    tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band 
    personalni qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. 
    Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy 
    to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi[24,25]. 
    Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki inson-mashina tizimidan iborat bo’lib, ichki
    foydalanuvchilar hamda kompyuter, kommunikatsiya texnikasi asosida 
    axborotni zaruriy qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi texnologiyaning axborot 
    jarayonlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar bankiga quyidagi asosiy talablar 
    qo’yiladi: 
    muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi
    ishlashning ishonchliligi; 
    tezkorligi va unumdorligi
    foydalanishning oddiy va qulayliligi; 
    foydalanishning ommaviyligi; 
    axborotning ximoyalanganliligi; 
    kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi. 
    Ma’lumotlar bankining tarkibi unga yuklatilgan vazifalar va echilishi kerak bo’lgan 
    masalalarning hususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ma’lumotlar bankining 
    asosiy vazifalari quydagilardan iborat: 

    axborotni saqlash va uni himoyalashni tashkil etish; 

    saqlanilayotgan ma’lumotlarning davriy dolbzarbligini ta’minlash; 

    foydalanuvchilar va amaliy dasturlarning so’rovlari bo’yicha ma’lumotlarni izlash 
    va tanlash; 

    olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va belgilangan shaklda natijalarni chiqarish. 
    Ma’lumotlar bankining tarkibiy elementlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
    1) bir yoki bir necha ma’lumotlar bazasi; 
    2) ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (MBBT); 
    3) masalalarni echishning amaliy dasturlar to’plami; 

    Download 3,88 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -amaliy mashg’ulot: Berilganlar bazasini boshqarish texnik asoslari

    Download 3,88 Mb.
    Pdf ko'rish