|
1-amaliy mashg’ulot bo’yicha takrorlash uchun savollar
|
bet | 1/2 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 17,12 Kb. | | #145549 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot
Aytkaliyev Do’sjon
1-amaliy mashg’ulot bo’yicha takrorlash uchun savollar.
1. Sodda mulohazani ta'riflang va uning qabul qiladigan qiymatlariga misol keltiring.
2. Mantiqiy ko'paytirish amali haqida so'zlab bering.
3. Mantiqiy qo'shish deganda nimani tushunasiz?
4. Rostlik jadvali haqida so'zlab bering.
5. Mantiqiy inkor deganda nimani tushunasiz va uning rostlik jadvali qanday?
6. Ikkilik sanoq sistemasidagi arifmetik amallar bilan mantiqiy amallarni bog'lay olasizmi?
7. Agar sodda mulohazalar "VA" amallari bilan bog'langan bo'lsa va murakkab mulohazadagi
bittagina sodda mulohaza "yolg'on" qiymat qabul qilsa, natijani aniqlang va izohlang.
8. Kompyuterlarda axborotlarni kodlash
9. Bul funktsiyalari haqida ma`lumot bering?
10. Bul funktsiyalari soni haqida ma`lumot bering?
Insonlar kundalik hayotda o'zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma'lumki, mulohaza -- narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza -- rost yoki yolg'onligi haqida so'z yuritish mumkin bo'lgan darak gap. Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan "VA", "YOKI" kabi bog'lovchilar, "EMAS" shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi. Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, A= "Bugun havo issiq") qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: "rost" yoki "yolg'on" mantiqiy qiymatga ega bo'lishi mumkin. Qulaylik uchun "rost" qiymatni 1 raqami bilan, "yolg'on" qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz.
A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo'lgandagina rost bo'ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko'paytirish amali deb ataladi. Bu amalni konyunksiya (lot. conjunctio -- bog'layman) deb ham atashadi. Mantiqiy ko'paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni "VA" bog'lovchisi bilan bog'laydi hamda "A va B" , "A and B" , "A ∧ B" , "A · B" kabi ko'rinishda yoziladi.
A va B mulohazalarning kamida bittasi rost bo'lganda rost bo'ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo'shish amali deb ataladi. Bu amalni dizyunksiya (lot. disjunctio -- ajrataman) deb ham atashadi. Mantiqiy qo'shish amali ikki yoki undan ortiq sodda mulohazalarni "YOKI" bog'lovchisi bilan bog'laydi hamda "A yoki B", "A or B" , "A ∨ B", "A + B" kabi ko'rinishlarda yoziladi.
Mantiqiy ko'paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadval rostlik jadvali deb ataladi:
|
| |