|
1-Amaliy mashg`ulot Matnli hujjatlarni formatlash va
|
bet | 11/12 | Sana | 31.12.2023 | Hajmi | 1,5 Mb. | | #129269 |
Bog'liq 1-Amaliy mashg`ulot Matnli hujjatlarni formatlash va Taqdimotda o’tishlar
(Perexodi) va mavzular (Temi) bilan boyitish Agar siz anchadan buyon taqdimotlar yaratish bilan shug‘ullanib yurgan bo‘lsangiz, u holda bir slaydni yopib boshqasini ochish uchun o‘tishlar (Perexodi) ishlatilishidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bu ishni MS Power Point 2010da yanada jonliroq chiqishiga katta e‘tibor berilgan.
Bir slayddan boshqasiga o‘tish vaqtida tovush chiqarish (masalan: qarsaklar, suvni shildirashi va boshqalar) effektidan foydalanish ayrim hollarda tinglovchilarda yaxshi fikrlar pado bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Bunday o‘tishlarni xar bir slaydga alohida yoki barcha slaydlarga birvarakayiga joylashtirish mumkin.
MS Power Point 2010da bir slayddan boshqasiga o‘tishlar o‘rnatish
Endi bir slayddan boshqasiga o‘tish effektini o‘rnatish ketma-ketligini bajarilishini ko‘rsatib o‘tamiz.
Bir slayddan boshqasiga o‘tish effektini o‘rnatmoqchi bo‘lgan taqdimotingizni oching.
Tasmaning Perexodi vkladkasidagi Perexod k etomu slaydu panelidagi o‘tishlar ko‘rinishlaridan birortasini tanlang.
O‘zingizga yoqqan o‘tishlardan birortasini tanlamaguningizcha yuqoridagi ishni takrorlayvering.
Tanlagan o‘tishingizga qo‘shimcha parametrlar kiritish uchun Parametri effektov tugmasidan foydalaning.
Agar o‘tishga qo‘shimcha ravishda tovush effekti joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, u holda tasmadagi Zvuk tugmasida joylashgan biror tovushdan foydalanishingiz mumkin. Quyidagich tovushlar mavjud: qarsaklar, baraban, blaster, shamol, granata, portlash va hokazo.
O‘tish vaqtini o‘zgartirish uchun Dlitelnost tugmasidan foydalaning.
Shu tanlagan o‘tish effekti va uning parametrlarini barcha slaydlar uchun birday bo‘lishini xoxlasangiz Primenit ko vsem tugmasini tanlang.
O‘tishlardan birini o‘rnatganingizdan so‘ng, uni yana bir bor ijro etib ko‘ring. Buning uchun tasmadagi Perexodi vkladkasining Prosmotr tugmasini bosish kerak. Tanlagan xatakatingiz sizni qoniqtirsa navbatdagi slaydga o‘tib yuqorida keltirilganlarni takrorlash kerak. Agar shu tanlagan xarakatingizni xamma slaydlar uchun umumiy bo‘lishini xoxlasangiz 7 punktda keltirilgan amalni bajaring.
Odatda taqdimot yaratilayotganida undagi namoyish etiladigan mavzu bir nechta kichik mavzuchalarga bo‘linib tayyorlanadi va bitta fayl sifatida saqlanadi. Chunki xar bir kichik mavzuni alohida faylda saqlash ma‘lum noqulayliklar keltirib chiqaradi. Masalan, xar bir mavzuchani alohida MS Power Point 2010da
namoyish etiladi, o‘tib bo‘lingan mavzuchaga qaytish kerak bo‘lsa uni faylini topish kerak va hokazo. Shuning uchun, bitta faylda saqlanayotgan taqdimotni alohida mavzuchalarini yangi bo‘lim(Razdel)larda saqlansa uni namoyishi vaqtida bir bo‘limdan boshqasiga o‘tish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Taqdimot namoyishida boshqa bo‘limga o‘tish
Rasmda ko‘rinib turganidek, taqdimot namoyishi vaqtida kontekst menyuni ochib Pereyti k razdelu orqali avvaldan tayyorlab qo‘yilgan bo‘limlardan biriga o‘tish osonlik bilan bajariladi.
Taqdimotni bo‘limlarga bo‘lish uchun amalga oshiriladigan ishlar ketma- ketligini ko‘rsatib o‘tamiz.
Bo‘lim boshlanishi kerak bo‘lgan slaydni tanlang.
Tasmadagi Glavnaya vkladkasidagi Slaydi panelidan Razdelni tanlang.
Ochilgan ro‘yxatdan Dobavit razdel buyrug‘i tanlanang.
Shundan so‘ng chap tomondagi slaydlar ustunida Razdel bez zagolovka
nomli bo‘lim paydo bo‘ladi.
Bo‘limni nomlash uchun yana bir bor tasmadagi Glavnaya vkladkasidagi Slaydi panelidan Razdelni tanlang va ochilgan ro‘yxatdan Pereimenovat razdel buyrug‘ini tanlang.
Ochilgan muloqot oynasiga bo‘lim uchun nom kiritib Pereimenovat
tugmasini bosing.
Shu ketma-ketlikni takrorlsh bilan yana boshqa bo‘limlar hosil qiling.
Bo‘lim nomi oldidagi uchburchak belgisini bosish orqali bo‘limni tugib qo‘yish yoki ochib yuborish mumkin.
|
| |