|
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Chiziqli algoritmlar va ularni tasvirlash usullari
|
Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 14,56 Kb. | | #123260 |
1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Chiziqli algoritmlar va ularni tasvirlash usullari
Reja:
Algoritm haqida
Algoritm asosiy xossalari
Algoritm tasvirlash usullari
Chiziqli algoritmlar haqida
Tayanch iboralar: Model, algoritm, diskretlilik, chiziqli algoritm
Algoritm haqida
Bizni qiziqtirayotgan va o‘rganilayotgan narsa yoki jarayon obyekt deb ataladi. Masalan, quyosh sistemasidagi sayyoralar, sport koptoklari va hk.
Model — haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob beradigan nusxasidir.
Model so‘zi (lotincha modulus — o‘lchov, me'yor) sizga samolyotsozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to‘garaklari orqali tanishdir. Hayotda obyektlarning modellariga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modellari bo‘lib globus yoki xarita; samolyotning modeli bo‘lib uning kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashinaning modeli bo‘lib siz bilgan o‘yinchoqlar va hk
Odatda, inson o‘z hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ma’lum bir harakatlar, boshqacha aytganda, ko‘rsatma yoki buyruqlar ketma-ketligini bajarish orqali ko‘zlagan maqsadiga erishadi. Bunday ko‘rsatma va harakatlar ketma-ketligi algoritm so‘zi bilan ifodalanadi.
|
| |