|
1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Ekonometrik modellarning axborot ta’minoti
|
Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 23,65 Kb. | | #260452 |
Bog'liq 1 АМ
1-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Ekonometrik modellarning axborot ta’minoti
1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati.
2. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash.
3. Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar.
Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish ekonometrika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko‘rsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli o‘zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o‘zgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, paxta yoki bug‘doyga suv, mineral o‘g‘itlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu bog‘lanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga ta’sir etuvchi kuchlar (suv, o‘g‘it, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog‘lanish korrelyatsion bog‘lanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning to‘liq soni noma’lumdir. Shuning uchun bunday bog‘lanishlar to‘liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Umumiy holda qaralsa, korrelyatsion munosabatda erkin o‘zgaruvchi X belgining har bir qiymatiga ( ) erksiz o‘zgaruvchi U belgining ( ) taqsimoti mos keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu holda ikkinchi U belgining har bir qiymati ( ) ham birinchi X belgining ( ) taqsimoti bilan xarakterlanadi. Agar to‘plam hajmi katta bo‘lsa, belgi X va U larning juft qiymatlari va ham ko‘p bo‘ladi va ulardan ayrimlari tez-tez takrorlanishi mumkin. bu holda korrelyatsion bog‘lanish kombinatsion jadval (korrelyatsiya to‘ri) shaklida tasvirlanadi.
Analitik ifodalarining ko‘rinishiga qarab bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli (yoki umuman chiziqli) va egri chiziqli (yoki chiziqsiz) bo‘ladi. Agar bog‘lanishning tenglamasida omil belgilar (X1, X2, ......., XK)
qatnashmasa, ya’ni ko‘rinishda bo‘lsa, chiziqli bog‘lanish yoki xususiy holda, omil bitta bo‘lganda y=a0a1x to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish deyiladi.
Ifodasi to‘g‘ri chiziqli (yoki chiziqli) tenglama bo‘lmagan bog‘lanish egri chiziqli (yoki chiziqsiz) bog‘lanish deb ataladi. Xususan, parabola y=a0a1xa2x2 yoki
giperbola yoki
darajali yoki va boshqa ko‘rinishlarda ifodalanadigan bog‘lanishlar egri chiziqli (yoki chiziqsiz) bog‘lanishga misol bo‘la oladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Shodiyev T.SH. va boshqalar. Ekonometrika. –T.: TDIU, 2007. 24-34 bet.
Kremer N.Sh. Ekonometrika: Uchebnik. – M.: YuNITI-DANA, 2008. 27-44 str.
Yeliseeva. I.I., Kurыsheva S.V. i dr. Ekonometrika: Uchebnik. –M.: Finansы i statistika, 2007. 30-37 str.
Ishnazarov A.I., Nurullayeva Sh.T., Mo‘minova M.A. “Ekonometrika” o‘quv fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasi. “Iqtisodiy ta’limda o‘qitish texnologiyasi” seriyasidan. –T.: TDIU, 2006. 34-58 bet.
Nazorat uchun savollar:
1. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni qanday shakllarda namoyon etish mumkin?
2. Iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashning qanday usullarini bilasiz?
3. Talab va taklif modelida qaysi o‘zgaruvchi bog‘liq va qaysi o‘zgaruvchi bog‘liq emas?
4. Ekonometrik modellarni tuzishda qanday talablar qo‘yiladi?
5. Omillar o‘lchov birligini tanlashda qanday muammolarga duch kelinadi?
6. Ekonometrik modellarning qanday shakllari mavjud?
7. Ekonometrik modellarda uch va undan ortiq omillar qanasha oladimi?
8. Vaqtli qatorlar deganda nimani tushunasiz?
9. To‘g‘ri chiziq tenglamasining iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering.
10. Qaysi hollarda chiziqsiz modellar tuziladi?
|
| |