• Amfoter gidroksidlar.
  • Xossalari. Ishqorlarning eritmalari qo'lga surilganda sovunga o'xshab tuyuladi. Indikatorlarning rangini o'zgartiradi: qizil lakmusni ko'k




    Download 280,34 Kb.
    bet6/17
    Sana27.09.2024
    Hajmi280,34 Kb.
    #272667
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    1-Amaliy mashg’ulot

    Xossalari. Ishqorlarning eritmalari qo'lga surilganda sovunga o'xshab tuyuladi. Indikatorlarning rangini o'zgartiradi: qizil lakmusni ko'k tusga, rangsiz fenolftaleinni - pushti rangga kiritadi. NaOH va KOH ishqorlar qizdirishga juda chidamlidir. Masalan, NaOH 14000C da parchalanmasdan qaynaydi. Lekin asoslarning ko'pchiligi qizdirilganda parchalanadi. Masalan:
    Cu(OH)2= CuO + H2O Fe(OH)2=FeO + H2O
    2Hg(OH)2 = 2Hg + O2 + 2H2O
    Asoslarning eng muhim kimyoviy xossalariga quyidagilarni keltirsa bo'ladi:
    1. Asoslar kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi va bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi.
    Ca(OH)2+H2SO4=CaSO4+2H2O Fe(OH)3 + 3HNO3 = Fe(NO3)3 + 3H2O
    2. Ishqorlar kislota oksidlari bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi.
    Ba(OH)2+ SO3= BaSO4+H2O 2NaOH + SiO2= Na2SiO3 +H2O
    3. Ishqorlar turli tuzlarning eritmalari bilan o'zaro ta'sir etib, yangi tuz va yangi asos hosil qiladi.
    2KOH + NiSO4 =K2SO4 + Ni(OH)2 2NaOH + MnCl2= 2NaCl + Mn(OH)2
    4. Ishqorlar amfoter oksid va amfoter gidroksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi.
    2NaOH + Al2O3 = 2NaAlO2 +H2O NaOH + Al(OH)3 = NaAlO2 + 2H2O
    Amfoter gidroksidlar. Dissotsilanganda bir vaqtning o'zida vodorod kationlari H+ ni ham, gidroksid-ionlar OH ni ham hosil qiladigan gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi. Bularga Al(OH)3, Zn(OH)2, Cr(OH)3, Be(OH)2, Ge(OH)2, Sn(OH)4, Pb(OH)4 va boshqalar misol bo'la oladi. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga ko'ra, asoslarning barcha umumiy xossalari (qo'lga surilganda sovunga o'xshab tuyulishi, indikatorlarning rangini o'zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan o'zaro ta'sirlashuvi) gidroksid-ionlar OH- tufaylidir. Amfoter gidroksidlar kislotalar eritmalari bilan ham, ishqorlarning eritmalari bilan ham o'zaro ta'sirlashadi. Masalan:
    Al(OH)3 + 3HCl = AlCl3 + 3H2O Al(OH)3 + NaOH + 2H2O = Na[Al(OH)4(H2O)2]
    Hozirgi vaqtda amfoter gidroksidlarning ishqoriy eritmalarda erishi odatda gidroksotuzlar (gidroksokomplekslar) hosil bo'lish jarayoni sifatida qaraladi. Ko'pchilik metallarning gidroksokomplekslari mavjudligi tajribada tasdiqlangan: [Zn(OH)4]2-, [Al(OH)4H2O)2]2-, [Al(OH)6]3- va b. Aluminiyning gidroksokomplekslari eng barqaror hisoblanadi. Bunday nuqtayi nazar yuqorida qilingan xulosalarni o'zgartirmaydi: amfoter gidroksidda, masalan, Al(OH)3 va shunga o'xshashlarda kislotali muhitda muvozanat aluminiy tuzlari hosil bo'lish tomoniga, ishqoriy muhitda - gidroksokomplekslar hosil bo'lish tomoniga siljiydi. Ravshanki, suvdagi eritmada muvozanat mavjud bo'ladi, uni ushbu tenglama bilan ancha aniq ifodalash mumkin:
    Al3+ + 3OH- → Al(OH)3; Al(OH)3 + 3H2O → [Al(OH)4(H2O)2]- + H+

    Download 280,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 280,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xossalari. Ishqorlarning eritmalari qo'lga surilganda sovunga o'xshab tuyuladi. Indikatorlarning rangini o'zgartiradi: qizil lakmusni ko'k

    Download 280,34 Kb.