|
Suv ta'siridan kislota, ishqor ta'siridan tuz hosil qiladigan oksidlar kislotali oksidlar deb aytiladi
|
bet | 2/17 | Sana | 27.09.2024 | Hajmi | 280,34 Kb. | | #272667 |
Bog'liq 1-Amaliy mashg’ulot1. Suv ta'siridan kislota, ishqor ta'siridan tuz hosil qiladigan oksidlar kislotali oksidlar deb aytiladi. Bunday oksidlar kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Masalan, SO2, SO3, N2O5, Cl2O7, P2O5 va h.k.
SO3 +H2O = H2SO4
SO3 + 2NaOH = Na2SO4 +H2O
Kislotali oksidlarni metallmaslar va o'zgaruvchi yuqori valentlik namoyon qiluvchi ba'zi metallar hosil qiladi. Masalan, CrO3, Mn2O7 va hokazo.
2. Suv ta'siridan tegishli gidroksid, kislota ta'siridan tuz hosil qiluvchi oksidlar asosli oksidlar deb aytiladi. Bunday oksidlar asoslar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Masalan, K2O, MgO, BaO, CaO.
K2O + H2O = 2KOH
K2O + 2HNO3 = 2KNO3 +H2O
MgO, B2O3, Fe2O3 elementlarning oksidlari suvda erimaydi va asos hosil qilish reaksiyalarida qatnashmaydi. Lekin ular kislotalarni neytrallaydi va shuning uchun asosli oksid hisoblanadi.
MgO + 2HCl = MgCl2 +H2O
Fe2O3 + 3H2SO4= Fe2(SO4)3 + 3H2O
3. Sharoitga qarab ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qiladigan oksidlar amfoter oksidlar deyiladi. Amfoter oksidlar suv bilan bevosita birikmaydi, lekin ular ham kislota, ham asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan:
Al2O3 + 6HCl = 2AlCl3 + 3H2O
Al2O3 + 2KOH = 2KAlO2 +H2O kaliy metaaluminat
Bulardan tashqari indifferent va aralash oksidlar ham ma'lum.
4. Indifferent (betaraf) oksidlar. Kislotalar va asoslar bilan reaksiyaga kirishmaydigan, tuz hosil qilmaydigan oksidlar indifferent oksidlar deyiladi. Bularga misol qilib, quyidagilarni keltiramiz:
CO - uglerod (II) oksid; NO - azot (II) oksid; N2O - azot (I) oksid; SiO - kremniy (II) oksid.
|
| |