• Nazariy qism
  • Amaliy qism.
  • Topshiriq variantlari
  • 1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Kukunsimon moddalarni quritish jarayonini avtomatlashtirish




    Download 0,74 Mb.
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #238585
    Bog'liq
    1-amaliy


    1-amaliy mashg‘ulot.
    Mavzu: Kukunsimon moddalarni quritish jarayonini avtomatlashtirish.
    ( Ishning davomiyligi 2 soat)


    Ishdan maqsad: Texnologik jarayonning kompyuter modeli yordamida boshqaruv tizimini tuzishni o‘ganish orqali kichik guruhlarga ajratilgan talabalar berilgan topshiriqni avtomatik sozlash sxemasini ishlab chiqadilar.
    Nazariy qism
    Qurilish materiallari va kimyo sanoatida xom ashyolar quritiladi. Xom ashyolarni quritish uchun to‘g‘ri oqimli quritish barabanlaridan foydalaniladi. Barabandan chiqishdagi xomashyoning namligi 3% dan ortmasligi kerak. Barabanga quritilayotgan xomashyo tarelkasi ta’minlagich yordamida uzatiladi. Quritish barabanga berilayotgan issiqlik orqali amalga oshiriladi.
    Quritish jarayonini avtomatik rostlash sistemasi barabanning maksimal issiqlikdan foydalanish rejimida ishlashini ta’minlaydi.
    Sistema ikkita rostlash konturidan tashkil topgan.

    1. Barabanni yuklash,

    2. Baraban kamerasidagi temperaturani sitabillash.

    Tegirmon kamerasida temperaturani sitabillash sistemasi termopara T1 dan, rostlovchipribor R1 va boshqaruvchi mexanizm IM1 lardan tashkil topgan. Ikkinchi sistema qo‘shilmalarni sarfini rostlovchi ikki kaskadli sistemadir. Birinchi kaskad sistemasida datchik sifatida termopara T2 o‘rnatilgan bo‘lib, baraban issiq zonasidan 1m masofada barabanga kontakt a’loqasi orqali amalga oshiriladi.
    Termopara baraban ichidagi gaz oqimi temperaturani o`lchaydi. Baraban ichidagi temperaturani o‘zgarishi materialning namligiga proportsional holatda bo‘ladi. Temperatura to‘g‘risidagi termoparalar yordamidarostlovchi pribor R2 ga keladi. Signallarni rostlovchi qurilmaga uzatish bajaruvchi mexanizm IM2 orqali amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida boshqaruvchi mexanizm tarelkasi ta’minlagichning pichog‘ini holatini ham o‘zgartirib yuklanishni rostlaydi.



    1-rasm. Avtomatik sozlash sistemasi


    Sistemaninig ikkinchi kaskadi tayyor maxsulotni namligini nazorat qiladi. Birnchi kaskad ishini korrekitirovka qiladi. Bu jarayonni amalga oshirishda bajaruvchi mexanizm IM2 va rostlovchi pribor R2 ta’siri ostida amalga oshiriladi. Barabanga material uzatuvchi bunkerga o‘rnatilgan kichik inertsiya termopara T2 signali material qurib chiqishini sozlovchi R2 ga uzatiladi.
    Shu tariqa avtomatik boshqarish sistemasi ishlaydi.
    Amaliy qism.
    Barabanli quritkichlarda xomashyoni quritishjarayonini avtomatik sozlash sistemasi (4- rasm) dan foydalangan holda quyida keltirilgan texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sxemasini ishlab chiqish. Guruh talabalari jurnal ketma ketligi bo‘yicha 3 ta kichik guruhlarga bo‘linadilar va guruhlar ketma – ketligi bo‘yicha topshiriq variantlarini bajaradilar.
    Topshiriq variantlari

    1. Oyna ishlab chiqarish korxonasida kvarts qumini quritish jarayonini avtomatik sozlash jarayonini sxemasini ishlab chiqing.

    2. Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda o‘g‘itlarni quritish jarayonini avtomatik sozlash jarayonini sxemasini ishlab chiqing.

    Rotorli quritgichda xomashyoni quritish jarayonini avtomatik sozlash jarayonini sxemasini ishlab chiqing.
    Download 0,74 Mb.




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Kukunsimon moddalarni quritish jarayonini avtomatlashtirish

    Download 0,74 Mb.