• Toshkent – 2024y № 1 AMALIYOT ISHI
  • Shovqinbardosh kod
  • №1 amaliyot ishi




    Download 0.96 Mb.
    bet1/4
    Sana17.04.2024
    Hajmi0.96 Mb.
    #198592
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-2-3- AMALIYOT ISHI
    fizika 6 uzb, DINORA, Rustamov Norsaid, 1. Texnologik jarayonning tavsifi Avtomatik rostlanadigan, kunduzgila uchun papka ustiga, dfgdfgdfgdfggdffdgdfg, Mavzu Xalqaro valyuta tizimini shakllanishi va rivojlanishi-fayllar.org, informatika m.t 2 mavzu, IQTISODIY SIYOSATGA KIRISH FANI, Иқтисодий сиёсатга кириш ўқув қўлланма 3 2, қадимги туркий тил абдушукуров, 1697451838, jHpRCO0JeKin1diR1dFHglO7ujchFQks2ULPhlZ1, Mavzu Hayot paydo bo`lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar. Reja-fayllar.org, Kontent marketing



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Tarmoq xavfsizligi fanidan
    Amaliy ishi 1-2




    Topshirdi: 073-21 guruh talabasi
    Ahmadjonov Nodirjon G'iyosjon o'g'li

    Qabul qildi: ___________________




    Toshkent – 2024y

    1 AMALIYOT ISHI


    SIKLIK KODLARNI (СRC) KODLASH VA DEKODLASH


    QISQACHA NAZARIY MA’LUMOT

    Kod deb – istalgan ko‘rinishdagi axborotni masofadan turib uzatish uchun qulay shaklda ifodalashga mo‘ljallangan shartli belgilar (simvollar) yoki signallar tizimiga aytiladi. Bu belgilar yoki signallar to‘plamiga kod alfaviti deyiladi. Koddagi elementlar yoki belgilar soni har doim chegaralangan bo‘ladi. Bu elementlardan kodli kombinatsiyalar tuziladi.


    Shovqinli kanalda kodlash haqida Shennonning asosiy teoremasi:

    • Har qanday xabar manbaining mahsuldorligi kanalni o‘tkazish qobiliyatidan kichik, shunga ko‘ra hosil qilingan xabar manbai barcha axborotni yetarlicha kichik xatolik ehtimollik bilan uzatishga imkon beruvchi kodlash usuli mavjud bo‘ladi.

    • Agar xabar manbaining mahsuldorligi kanalni o‘tkazish qobiliyatidan katta bo‘lsa, u holda axborotni yetarlicha kichik xatolik ehtimollik bilan uzatishga imkon beruvchi kodlash usuli mavjud emas.

    Axborot qismini uzunligi k kod asosi va xabar alfaviti hajmi orqali aniqlanadi. Tekshiruvchi qismini uzunligi r kerak bo‘ladigan to‘g‘irlash qobiliyati bilan aniqlanadi.
    Kod uzunligi n=k+r.
    Shovqinbardosh kod deb – xato qabul qilingan razryadlarni aniqlaydigan va to‘g‘irlaydigan kodga aytiladi.
    Shovqinbardosh kodlar taqsimlangan va taqsimlanmagan kodlarga bo‘linadi. Agar kodli kombinatsiyalarda kombinatsiyadagi razryadlar soni bir xil bo‘lsa, bunday kodlar teng taqsimlangan kodlar deyiladi. Agarda kodli kombinatsiyalardagi razryadlar soni har xil bo‘lsa, bunday kodlar teng taqsimlanmagan kodlar deyiladi. Teng taqsimlangan kodlar ikki turga bo‘linadi: blokli va uzluksiz.
    Blokli kodlar uzatilayotgan axborotli ketma-ketlik alohida kodli kombinatsiyalarga bo‘linadi va ular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda kodlanadi va dekoderlanadi. Bu holat uzatilayotgan xabarga n ta elementlardan tashkil topgan blok yoki har xil elementlardan iborat bo‘lgan blok mos keladi.
    Uzluksiz kodlar esa axborotli razryadlarning uzluksiz ketma-ketligidan iborat va ularni bo‘laklarga bo‘lib bo‘lmaydi. Bunday kodlarda axborot razryadlar orasiga ortiqcha razryadlar ma’lum tartibda joylashtiriladi.
    Har bir k-bitli ma'lumotlar bloki FEC (forward error correction) kodlovchisi yordamida n-bitli blokga joylashtiriladi va uzatiladi. Uzatish vaqtida signalga shovqin ta’sir qiladi va bu signalda bit xatolarga olib kelishi mumkin. Qabul qilgichda kiruvchi signal foydali ma’lumotga o‘xshash, lekin xatolarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan bit qatorni hosil qilish uchun demodulyatsiya qilinadi. Ushbu blok to‘rtta mumkin bo‘lgan natijalardan biri bilan FEC dekoderidan o‘tkaziladi:
    1. Agar bit xatosi bo‘lmasa, FEC dekoderiga kirish asl kod so‘zi bilan bir xil bo‘ladi va dekoder chiqish sifatida asl ma'lumotlar blokini ishlab chiqaradi.
    2. Muayyan xatolik namunalari uchun dekoder ushbu xatolarni aniqlashi va tuzatishi mumkin. Shunday qilib, kiruvchi ma’lumotlar bloki uzatilgan kod so‘zidan farq qilsa ham, FEC dekoderi ushbu blokni asl ma’lumotlar blokiga joylashtirishi mumkin.
    3. Muayyan xato namunalari uchun dekoder xatolarni aniqlay oladi, lekin ularni tuzatmaydi. Bunday holda, dekodlash shunchaki tuzatib bo‘lmaydigan xato haqida xabar beradi.
    4. Muayyan, odatda kam uchraydigan xato shakllari uchun dekoder hech qanday xatolik yuz berganligini aniqlamaydi va kiruvchi n-bitli ma’lumotlar blokini asl k-bit blokidan farq qiluvchi k-bitli blokga joylashtiradi.
    Aslida, xatolarni tuzatish uzatilgan xabarga ortiqchalik (redundancy- избыточности) qo‘shish orqali ishlaydi. Ortiqchalik qabul qiluvchiga ma’lum darajadagi xatolik darajasida ham asl xabar nima ekanligini aniqlashga imkon beradi.
    1.1-rasmda xatoni aniqlash kodlari uchun ko‘rsatilgandek bir xil umumiy sxemaga amal qiladi. FEC algoritmi kirish sifatida k-bitli blokni oladi va n-bitli blokni ishlab chiqarish uchun ushbu blokga tekshirishuvchi razryadlarni (r) qo‘shadi; original k-bit blokidagi barcha bitlar n-bit blokida ko‘rsatiladi.


    1.1-rasm. Xatolarni tuzatish jarayoni




    Siklik kodlar sistematik kodlarning bir ko‘rinishi hisoblanadi va uning barcha xususiyatlariga ega. Ular kodlash va dekodlash sxemalarini osonlashtirish maqsadida yaratilgan. Keyinchalik uning amalda keng tarqalishini ta’minlovchi yuqori korrektlash xususiyatlari aniqlandi.
    Siklik kodlar qurilishida kodli kombinatsiyalarni polinom ko‘rinishida tasavvur qilish qabul qilingan. Tasodifiy miqdor tizimida har qanday son polinom kod kombinatsiyasi sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin:
    G(x)=an-1xn-1+ an-2xn-2 +…+ a1x1 + a0x0 , (1.1)
    bu yerda, ai=(0.1); x – sanoq sistemasi asosi
    Berilgan ma’lumotlarni ikkilik sistemasi bo‘yicha raqamliga aylantiramiz.
    N = (13)10 = (1101)2 ma’lumot uzunligi k=4 bit dan iborat.
    Demak axborotning ko‘rinishi quydagicha bo‘ladi G(x)=(1101)2 = x3+x2+1 ushbu axborotni ko‘rinishi F(x)=G(x)*xr+R(x) - axborotni shovqinbardosh kod bilan kodlashgan ko‘rinishi.
    Ushbu axborotni kodlash uchun tekshirish elementi va tashkil etuvchi polennom tanlanadi: Tekshirish elementining soni quyidagi formula orqali topiladi. r≥log2(n+1) yoki 2r≥n+1, bu yerda n=k+r u holda, 2r≥k+r+1
    Demak 2r≥4+r+1 u holda r =3 teng bo‘lgan qiymatda shart bajariladi. r ning qiymatiga mos 5.1-jadvalga muvofiq P(x) tanlanadi.
    1.1-jadval
    Polinomlar jadvali



    Daraja

    Ko‘phad

    Ikkilik ko‘rinishi

    1

    x+1

    11

    2

    x2+x+1

    111

    3

    x3+x+1
    x3+x2+1

    1011
    1101

    4

    x4+x+1
    x4+x3+1
    x4+x3+x2+x+1

    10011
    11001
    11111

    5

    x5+x2+1
    x5+x3+1
    x5+x3+x2+x+1
    x5+x4+x2+x+1
    x5+x4+x3+x+1
    x5+x4+x3+x2+1

    100101
    101001
    101111
    110111
    111011
    111101

    Tashkil etuvchi polennom P(x)=x3+x+1 tanlaymiz. Axborotni kodlash uchun birinchi navbatda uning qoldiqini topamiz.


    R(x)= G(x)*xr/P(x)
    G(x)*xr =(x3+x2+1)*x3=x6+x5+x3

    Axborotni siklik kodlar orqali kodlash quyidagicha amalga oshiriladi
    F(x)=G(x)*xr+R(x) =x6 + x5 + x3 + 1=1101001
    Hosil bo‘lgan siklik kodlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘irligi quyidagicha tekshiriladi. F(x)/P(x) bo‘linish natijasida qoldiq qolmasa hosil qilingan siklik kodlar to‘g‘ri hosil etilgan bo‘ladi, aks holda qoldiq qolsa, noto‘g‘ri hosil etilgan bo‘ladi. Tekshirib ko‘ramiz.
    F(x)= 1101001 → F(x)= 1101001

    Kodli kombinatsiyada xatolikni aniqlash.
    F(x)= 1101001 → F(x)= 1100001

    Yuqorida keltirilgan kodli kombinatsiyada xatolikni mavjud, chunki hosil etilgan kodli kombinatsiyani hosil qiluvchi polennomga bo‘linganda qoldiq qoldi. Kodli kombinatsiyada xatolikni topish uchun ikki uslubdan foydalanamiz. Birinchi uslub qoldiqni taqqoslash yo‘li bilan, ikkinchi uslub xatolik sindromi bilan taqqoslash uslublaridan iboratdir.



    Download 0.96 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.96 Mb.