|
Internetning statistik ma’lumotlari quyidagicha
|
bet | 4/6 | Sana | 13.09.2024 | Hajmi | 51,21 Kb. | | #270975 |
Bog'liq 10-Ma\'ruzaInternetning statistik ma’lumotlari quyidagicha;
- 1981 y. - Internet, ga 213 ta kompyuter ulangan;
- 1983 y. - Internet ga 562 ta, kompyuter ulangan;
- 1986 y. - 5089 ta kompyuter ulandi;
- 1992 y. - 727000 kompyuter ulandi;
- 1995 y. - 20-40 million kompyuter birlashdi.
Internetga bog’lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositalarini shaxsiy kompyuter, modem va aloka kanallari tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish maksadida mikrofon, videokamera, ovoz kalonkasi va boshqa qushimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet tarmogining asosiy yacheykalari – bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o’zaro bog’lovchi lokal tarmoqlardir.
Internet aloxida kompyuterlar orasida aloqa o’rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruxini o’zaro birlashtirish imkonini xam beradi. Agar biror bir maxalliy tarmoq bevosita Internetga ulangan bo’lsa, u xolda mazkur tarmoqning xar bir ishchi stansiyasi Internetga ulanishi mumkin.
Xozirgi kunda Internet tushunchasi qatorida Intranet termini xam keng qo’llanilmoqda. Intranet bu - Internet texnologiyasi, programma ta’minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, xamda ma’lumotlar bazasi va elektron xujjatlar bilan kollektiv ravishta ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern mikyosidagi yagona informatsion muxitni tashkil qiluvchi kompyuterlar tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi. Bir yoki bir nechta serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron xujjat, ma’lumotlar bazasi va fayllaridan foydalanish uchun, ularning kaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usuli va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.
Global tarmoq tuzilmasi
Umumiy xolatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat beriladi. Aloqa tarmoqchasi ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stansiyalar deb yuritiladi.
Foydalanuvchilarga takdim etiladigan tarmoq resurslari manbai serverlar deb yuritiladi.
|
| |