|
1. arpanet tarm
|
bet | 3/6 | Sana | 13.09.2024 | Hajmi | 51,21 Kb. | | #270975 |
Bog'liq 10-Ma\'ruzaNazorat savollari
1. ARPANET tarmog’i haqida ma’lumot bering.
2. Internetning paydo bo’lish tarixi haqida ma’lumot bering.
Mavzu: Internet tarmog'ining tuzilishi
Reja:
1. Global tarmoqning paydo bo‘lishi.
2. Global tarmoq tuzilmasi
3. Internet(Global tarmoq)ga ulanish.
Ma’lumki, xozirgi kunda xar birimizning xayotimizda Axborot olamining ahamiyati tobora kuchayib bormoqda. U olis manzillarni yakinlashtirib, oraliqdagi masofalarni qisqartirmoqda. Mazkur virtual olamda insoniyat tarixida erishilgan barcha bilimlar jamlangan. Tarix, siyosat, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim va xokazo soxalarga doir ma’lumotlar dunyoning barcha kishilari uchun kizikarlidir. Bu axborot olamining kirish eshigi, undan foydalanish imkonini beruvchi asosiy vositasi - Internet global axborot tarmog’idir.
Internet bu aloqa liniyalari bilan kompyuter vositalari orqali bog’langan foydalanuvchilarning butunjaxon axborot omborida mavjud ma’lumotlar jamlanmasidan foydalanish, unga ma’lumotlarni uzatish, ularning o’zaro ma’lumot almashinuvi imkonini yaratuvchi makondir. Bu makonni dunyoning turli nuqtalarida joylashgan kompyuterlarni o’zaro bog’lovchi aloqa tarmoqlari, unga bog’langan kompyuterlar jamlanmasi xamda ulardagi ma’lumotlar majmui tashkil etadi. Dunyoning barcha burchaklaridagi kishilar Internetning axborotlar jamlanmasidan foydalanishi, Internet tarmog’iga ulangan foydalanuvchilar bilan bir zumda boglanishi, muloqot qilishlari mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri xisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli yuz millionlab butun jaxon bo’ylab yoyilib ketgan foydalanuvchilarni yagona informatsion muxitga biriktirish imkoniyati tug’ildi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qarasak, Internet birinchi navbatda tarmoq mijozlariga o’zaro ma’lumot almashish, virtual muloqot qilish imkoniyatini yaratib beruvchi «informatsion magistral» vazifasini utaydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari Internet bugungi kunda dunyo bozorini urganishda, marketing ishlarini tashkil etishda, zamonaviy biznesning xamda tarixiy obidalar, muzeylar va boshqa yo’nalishlar bilan yaqindan tanishtirishning eng muxim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan suratlar bilan tanishishi mumkin.
1957 yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Project Agency) ARPANet tajriba tarmog’ini tashkil etish xaqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq; 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng xuquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARPANet tajriba tarmog’i makomini xarakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi.
80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning uzaro ta’sir protokollari standartlashtirildi. Boshlang’ich variant TCP/IP (Transfer Control Protocol/Internet Protocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa TSR/1rni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - Internet tashkil etildi. ARPANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARPANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARPANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin edi. Gipermatnli inqilob: 1965 yil Nelson gipermatn so’zini qo’lladi. Van Dam va boshqalar 1967 yilda gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil ma’lumotlarning gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva SERN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyixani taklif etdi. Bu loyixa fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmogi - World Wide Web (WWW) ga poydevor qo’yildi. 1993 yil Mark Anderson raxbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o’tib Netscape brauzerini ishlab chiqdi.
|
| |