|
Xodalar va arralangan materiallar spetsifikatsiyasi
tahlili va tilish usulini asoslash
|
bet | 5/6 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 35,64 Kb. | | #147757 |
Bog'liq 1. Arra va uning turlari haqida ma’lumot. Arralash va arralardan-fayllar.org2. Xodalar va arralangan materiallar spetsifikatsiyasi
tahlili va tilish usulini asoslash
Yog‘ochsozlik sexidagi texnologik jarayonlar asosan dumaloq yog‘ochlarni tilib ulardan taxtalar, bruslar olishdan boshlanadi va ularga birlamchi mexanik ishlov berish bilan tugallanadi. Shu sababli mazkur malakaviy bitiruv ishida eng avvalo xodalar va arralangan materiallarning spetsifikatsiyasini aniqlab olish zarur.
Mazkur malakaviy bitiruv ishida nina bargli yog‘och turlaridan – qarag‘ay yog‘ochlarini tilish rejalashtirilgan. Yog‘ochlarning turiga, qattiqligiga qarab sexdagi jihozlarning ish rejimlari o‘zgarib turadi.
Hisob ishlarini bajarish uchun 2-variant bo‘yicha qarag‘ay yog‘ochining diametri 16-36 sm, uzunligi 6 m bo‘lgan 1-2 sortdagi xodalari olindi. Xodalarning diametr torayishi 1 sm/m ni tashkil etadi. Xodalarni yog‘och tilish ramasida brusli-razval va razval usullarida tilish rejalashtiriladi.
Arralar vaziyati ikki qismdan iborat bo‘ladi. YUqori qismida 1-tilish, ya’ni brus va chetlari kesilmagan yon taxtalar olish rejasi, pastki qismida esa 2-tilish, ya’ni brusning tekis yuzasidan olinadigan chetlari kesilgan o‘zakli. markaziy va yon taxtalar hamda chetlari kesilmagan yon taxtalar olish tilinadigan xodaning parametrlari keltiriladi.
SHaklning yuqorigi qatorida arralar vaziyati tartib raqami, tilinayotgan xodalar soni, xoda diametri, qavs ichida 95% chiqishga erishish uchun zarur xodalar soni va ushbu diametrdagi barcha xodalar soni, shuningdek, mazkur arralar vaziyati bo‘yicha foydalish chiqish ko‘rsatilgan.
Hisob ishlarida jadval ustunlarining nomlanishi quyidagicha:
Taxtalar soni. Kompyuter trenajyorida hisoblar yakunida, oxirgi qatorda 1-ustunda xodaning chekkasigacha yana qancha zahirada masofa qolganligi ko‘rsatib boriladi.
2-ustun: Taxtaning qalinligi va eni, mm. Uning qiymati taxtalar spetsifikatsiyasidan olinadi.
3-ustun: Taxta uchun yarim vaziyat bo‘yicha yog‘och sarfi, mm. Uning qiymati quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi.
O‘zakli taxta uchun:
Markaziy taxta uchun:
YOn taxta uchun:
bu erda: , va – mos ravishda o‘zakli, markaziy va yon taxtalar qalinligi bo‘yicha yog‘och sarfi, mm.
- taxtaning qalinligi, mm.
|
| |