Duradgorlik asboblari — yogʻochni qayta ishlash uchun moʻljallangan dastaki yoki mexanik asboblar. Duradgprlik asboblari asosan, randalash, arralash, parmalash oʻyish, oʻlchash-belgilash va yordamchi asboblarga boʻlinadi. Yogʻoch randalashda randaning quyidagi xillari ishlatiladi. Sherxebel — yogʻochni boʻylama va koʻndalang yoʻnalishda dastlabki dagʻal randalash uchun ishlatiladigan, poʻlat keskichi yarim aylana shaklli ensiz randa. Oddiy randa, arralangan va sherxebel bilan randalangan yogʻoch ustidan ishlov berishda qoʻllaniladi. Poʻlat keskichining tigʻi toʻgʻri va enli boʻladi. Keskich randaning tagi (kafti) bilan 45— 50° burchak tashkil etadi. Payraha sindirgichli randa, yogʻoch sirtini uzil-kesil silliqdash uchun qoʻllaniladi. Poʻlat keskichiga oʻtmas uchli "tilcha" mahkamlanadi. "Tilcha" payrahalarni sindirib turadi. Japs randa (fuganka), katta yuza va uzun qirralarni uzil-kesil randalashda qoʻllaniladi 4). Shliftik — ikki keskichli kalta randa. Oldingi randalashdan qolgan no-tekisliklarni yoʻqotish uchun ishlatiladi. Sinubel, ishlov berilgan yuzalarda mayda gʻoʻdirliklar hosil qilish uchun ishlatiladi. Poʻlat keskichi mayda tishli qilib yasaladi, 5). Metall asosli randa— randalarning takomillashgan xili. Poʻlat keskichi bolgʻa bilan urmasdan mahkamlanadi. Randaning quyidagi xillari profilli (naqshdor) yuzalarni randalashda ishlatiladi. Bukri randa (gorbach), yogʻoch asosining kafti boʻylama yoʻnalishda botiq yoki qabariq boʻlib, egri yuzalarni randalashda ishlatiladi. Konish randa (zenzubel) — asosi baland va ensiz, keskichi kurakcha shaklli randa. Detal chekkalaridan chorak va tirnok, (fals)lar ochish hamda tozalashda qoʻllaniladi. Falsgobel — taxtada tirnoq va choraklar ochish uchun ishlatiladigan randa. Keskichi bitta boʻladi. Gratobel — falsgobelning bir turi. U bilan koʻnadalang kesimi uchbur-chak shaklli tirnoq ochiladi. Shpuntubel (paznik), taxta yonlari yoki yuzasida toʻgʻri burchakli oʻyiq (shpunt) ochish uchun ishlatiladigan randa. Unda bir-biriga vint bilan birlashtirilgan ikkita asos bor. Qoʻshquloq randa (gruntubel), asosiga ikkita dasta oʻrnatilgan, keskichi bir tigʻli; ilmoq shaklli, trapetsiya shaklida ochilgan oʻyiklarni tekislash va tozalash uchun ishlatiladi. Nov randa (kalevka), taxta chetlarida turli naqshli profillar ochish uchun ishlatiladi, 12). Yogochlarni arralashda sarjin arra, burch arra, dastarra hamda kalta arradan foydalaniladi. Yogʻochda uya, oʻyiq va teshik oʻyish uchun peroli markazlovchi parma, qoʻl parma, chuqur parmalaydigan burgʻi va iskana dan foydalaniladi.
Duradgorlar yogʻochni yoʻnish, tekislashda tesha, poytesha va b.dan foydalanishadi. Mexanik qirqish asboblari ga turli elektr arralar, mas, zanjirli elektr arra; diskli elektr arra, elektr randa va freza, silliklash stanoklari hamda kombinatsiyalangan (arralaydigan, frezalaydigan va parmalaydigan) stanoklar kiradi.
Oʻlchash - belgilash asboblariga ruletka, metr, burchaklik — goʻniya, kronsirkul, , reysmus, vaterpas, shovin, shtangensirkul, mikrometr va b. kiradi. Yordamchi asboblar egov, bolgʻa, ombur, qirqqich (kusachka), yassi ombur, gayka kalitlari va otvyortka, shuningdek, yogʻoch bolgʻalardan iborat.
Yog’oh tilish sexlarida dumaloq yog’ohlardan arralangan materiallar olinadi. Arralangan materiallar o’lchami, sifati, ishlov berilganlik darajasi, ishlatilish maqsadi, xodani tilishning o’ziga hosligi, ishlatilayotgan jihozlarning turiga va holatiga, ishlab chiqarish hajmiga va chiqindilandan foydalanish usullariga bog’liq.
Yog’oh tilishda eng asosiy e’tibor arralangan materiallarning foydali chiqishni va sifat tarkibini oshirishga qaratiladi. Buning uchun turli yog’och tilish texnologiyalaridan foydalaniladi. Masalan:
- xodalarni brusli-razval usulida tilib yonlari kesilgan taxtalar olish;
- nina bargli yog’ochlarning xodalarini razval usulida tilib yonlari kesilgan taxtalar olish;
- xodalarni razval usulida tilib yonlari kesilmagan taxtalar olish.
Dastlabki ikkita jarayon eksport va ichki bozor uchun yonlari kesilgan arralangan materiallar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Uchinchi texnologik jarayon deraza va eshiklar, tara uchun brusoklar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun juda qulay hisoblanadi. Bunda yonlari kesilmagan taxtalardan yuqori foydali chiqishga erishiladi. Agar arralangan materiallardan yelimlangan zagotovkalar olish rejalashtirilayotgan bo’lsa, u holda xodalarni razval-segment usulida tilish ham mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan jarayonlardan tashqari, sektorli va segmentli usullarda chang’ilar, rezonans buyumlar, parketlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan yuzalari tangensial va radial teksturaga ega bo’lgan taxtalarni olish ham mumkin.
Ushbu texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun quyidagi operatsiyalar va jihozlar zarur bo’ladi:
Xodalarni, bruslarni, sektor va segmentlarni arralangan materiallarga tilish
Taxtalarning yonlarini kesish
Taxtalarni ko’ndalangiga qirqish va uzunlikka keltirish
Yog'och tilish jihozlari
Yonini kesish jihozlari
Ko'ndalang qirqish jihozlari
Jihozlarni tanlashda taxtalarning nima maqsadda ishlatilishi, o’lchamlari va sifati, yog’och tilish usulining o’ziga hosligi, xodalarning o’lchamlari va sifati, jihozning iqtisodiy jihatdan samaradorli inobatga olinadi. AQSh va Kanadada xodalar ko’pincha lenta arrali yog’och tilish dastgohlarida, kamdan-kam hollarda yog’och tilish ramalarida amalga oshiriladi. Yevropa davlatlarida asosan vertikal yog’och tilish ramalari va dumaloq arrali jihozlar qo’llaniladi.
|