Reja: Pnevmatik ikkilamchi asboblar to‘grisida umumiy ma’lumotlar




Download 17.92 Kb.
Sana14.03.2024
Hajmi17.92 Kb.
#172058
Bog'liq
Ikkilamchi pnevmatik asboblar, boshqarish stansiyalari, funksional bloklar va yordamchi qurilmalar.
Konvertor jarayonining asoslari va maqsadlari, Diniy fanatizmning, marten, . Nodir metallarning fizik va kimyoviy xossalari., KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB CHIKARISH QUVVATLARI , Radial taqsimlash tarmog\'ida elektr energiyasini uzatish, Geomexanik jarayonlar modelini qurish bosqichlari, Elektr apparat MUST, Kokil usulida quymalar olish texnologik jarayonini yozing., Qisqa tutashuvning boshlang\'ich toklarini hisoblashda qo\'llaniladigan usullar, GIDRAVLIKA, Eyler tenglamasi shakldagi qovushqoq bolmagan suyuqlik uchun har-fayllar.org, Bernulli tenglamasining geometrik va energetik mohiyati. , bir cho\'michli ekskavatorlar, 24. Yuqori molekulyar birikmalar.Babayev.B.

Ikkilamchi pnevmatik asboblar, boshqarish stansiyalari, funksional bloklar va yordamchi qurilmalar.

Reja:


1. Pnevmatik ikkilamchi asboblar to‘grisida umumiy ma’lumotlar.
2. Pnevmatik ikkilamchi asboblar turlari
3. Pnematik vositalar majmuasi asosda tuzilgan boshkarish sistemalarining tipoviy variantlari.
4 Ikkilamchi asbob PKP Ikkilamchi asbob PV.
5 Rostlash turidagi nazorat asboblari PKR.1, PKR.2

Pnevmatik ikkilamchi asboblar R signalni ko‘rsatish va qayd qilishga, shunigdek berilgan o‘zgarish diapazonidan chetlashganda signal berishga mo‘ljallangan. Barcha ikkilamchi asboblar bir xil o‘lchash tuguni funksioanal strukturasiga ega: R signalni kuchga o‘zgartirishga ( silfon); rыchagli kuch yig’gich; kichik siljishni xavo bosimiga R0 o‘zgartirgich; ijro mexanizmi (bosim o‘zartirgich R0 asbob strelkasi siljishiga); manfiy qayta aloqa qurilmasi (prujina). Asbob turiga kura uni tarkibiga qo‘shimcha reduktorli lenta tortish mexanizmi va motorli, boshqarish stansiyalari, signal berish kurilmasi.


PKP turidagi pnevmatik asboblar ±0,5 yoki ±1,0% xatolik bilan bir yoki ikki signallarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Asbob bir yoki ikkita bir turli o‘lchash tuguniga va ikki shkalaga ega bo‘ladi. (ris. 1, a). O‘lchanayotgan bosim R1 silfon Sga kuch kiritadi undan kuch rыchagli yiggichga uzatiladi. R1 bosim o‘zgarishlarida rыchak siljiydi va soplo (SP) masofani va ijro mexanizmi (IM) kamerasiga kiritilayotgan xavo bosimini R0 o‘zgartiradi, bu esa yumshoq manjetli (M) porshen (PR) ni siljitadi. Porshenni ilgarilanma xarakati val aylanishiga o‘zgaradi, shkif (SH)ga strelkali karetka (K)ni chiziqli (yoki kvadrat) shkala (SHK)ga nisbatan siljituvchi tros (TR) maxkamlangan. Bir vaqtda qayta aloqa prujinasi tortilishi xam o‘zgaradi, bu esa rqchakka ta’sir etuvchi kulmar momentlarni tenglashtrishiga olib leladi. Nolni va asbob shkalasi diapazonini sozlash uchun korrektor KR xizmat qiladi.
PV turidagi ikkilamchi asbob PKP asboblariga o‘xshash tuzilgan. Ularda ijro mexnizmlari bilan farqlanadi. (rasm. 1,b). Soplo SP dan keyin R0 bosim o‘zgarganda va IM kamerada kattiq membrana (MB) (OP) ustunni siljitadi. Ustun yordamchi rыchakni siljitadi, tros TR unga maxkamlangan strelkali kareta va ыayta aloka prujinasi xam siljitadi.
Qurilma PV.1 bitta signal P1 o'qiydi. Ikkilamchi PV3.2 qurilmasi P1 signalini, mos yozuvlar P3 va uchta mustaqil shkala bo'yicha regulyatorning buyruq bosimini boshqaradi. U kalit va ikkita tugmachadan foydalangan holda masofadan boshqarish rejimini qo'lda bajarishga imkon beruvchi boshqaruv stantsiyasi bilan jihozlangan (boshqaruv tugmasi o'chirilgan); avtomatik sozlash (regulyator yoqilgan, P3 = const); avtomatik dasturni boshqarish (regulyator yoqilgan, P3 (t) dastur boshqaruvchisini ishlab chiqaradi).
PKR.1, PKR.2 turidagi boshqarish moslamalari bitta yoki ikkita signalni bitta yoki ikkita shkalada ko'rsatishga va bitta lenta diagrammasida ± 0,5% xato bilan bitta yoki ikkita signalni ro'yxatdan o'tkazishga imkon beradi. Qurilmaning o'lchov birligi boshqaruv panelining o'lchamiga o'xshaydi, farq bilan siyohli qalam strelkadan tashqari K aravasida o'rnatilishi mumkin. Qurilmalar uzunligi 100 mm bo'lgan chiziqli yoki kvadratik tarozilar bilan ishlaydi, sxemali qog'oz 20 mm / soat tezlikda harakatlanadi (40, 60 yoki 1200 mm / soat). Uni ± 0.3% aniqlik bilan siljitish uchun o'zgaruvchan tok dvigatel, olinadigan redüktörlü redüktör va lenta haydovchi kerak.
Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga ko'ra bosimni va siyraklanishni o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi: barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan; manometrlar - ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; differensial manometrlar - bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan; vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan; manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan. Kichik hajmdagi (40 kPa gacha) bosim, siyraklanish va bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar naporomerlar, tyagomerlar va tyagonaporomerlar deyiladi. Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga bo'linadi: 1. Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati aniqlanadi. 2. Deformatsion (prujinali) manometrlar, bu asboblarda o'lchanayotgan bosim turli konstruksiyadagi egiluvchan elementlarning deformatsiyalanish qiymati yoki ularda hosil bo'ladigan kuch qiymati bilan aniqlanadi. 3. Yuk porshenli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim porshen massasi yoki qo'shimcha yuklar hosil qiladigan bosim bilan muvozanatlashadi. 4. Elektrik manometrlarning ishlashi ma'lum materiallarning ularga tashqi bosim ta'sir etganda elektrik xususiyatlarining o'zgarishiga asoslangan.
Deformatsion (prujinali) manometrlarning ishlashi moddaning о'lchanayotgan bosimi bilan sezgir elementlar deformatsiyalanishi (egilishi) natijasida hosil bo'lgan kuch bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Chiziqli, burchak ko'rinishidagi deformatsiyalar asbobning ko'rsatuvchi yoki qayd etuvchi qismiga uzatiladi. Shu bilan bir qatorda bu o'zgarish masofaga uzatish uchun elektrik yoki pnevmatik signalga aylantirilishi mumkin.
Bu manometrlarda sezgir element sifatida bir va ko'p o'ramli prujinalar, egiluvchan membranalar va silfonlardan foydalaniladi (41- rasm).
Bir va ko'p o'ramli manometrlarda (41 - a, b rasm) o'lchanayotgan bosim
rubkaning (prujinaning) qo'zg'almas qismi orqali uning ichki yuzasiga uzatiladi.
Prujinaning ikkinchi uchi esa kavsharlangan bo'lib, ko'rsatish sistemasi bilan ulanadi. Prujinalar latun va boshqa mis qotishmalaridan tayyorlanadi. Yuqori bosimlarni o'lchash uchun esa ular xromel-nikelli po'latlardan tayyorlanadi. Prujinaning ko'ndalang kesimi ellips ko'rinishida bo'lib, uning katta o'qi prujina o'ramlari yuzasiga perpendikulyardir.
Bosim oshishi bilan prujinaning ko'ndalang kesimi aylana shaklini egallashga intilib, ellipsning kichik o'qi kattalashadi va uning burilish burchagi kamayadi (kichrayadi). Prujinali manometrning shkalasi bir xil o'lchamda bo'lgani uchun, prujina berilayotgan kuchlanish va deformatsiya oralig'ida proporsional holatda ishlaydi. Bir o'ramli prujina erkin uchining qo'zg'alishi 5...8 mm dan oshmaydi. Shuning uchun manometrlarda ko'rsatgichning burilish burchagini oshirish maqsadida tishli yoki richagli uzatish mexanizmi qo'llaniladi.

Deformatsion (prujinali) manometrlarning sezgir elementlari.


Bir o'ramli prujinali manometrlar namunaviy, nazorat qiluvchi va texnik asboblar sifatida tayyorlanadi. Aniqlik toifa (klass) lari 0,2 dan 4,0 gacha bo'lib, 100 kPa dan ..1000 MPa gacha o'lchash chegarasiga ega. Ko'p o'ramli trubkali prujina ketma - ket ulangan bir nechta bir o'ramli prujinalardan tashkil topgan bo'lib, shuning hisobiga erkin uchi ma'lum miqdorda ko'proq qo'zg'alib, qisman kuchlanish hosil qiladi. Shuning uchun ko'p o'ramli prujinalar qayd qiluvchi man metrlarda keng qo'llaniladi. Keyingi paytlarda yuqori o'lchash chegarasi 160 MPa ga teng bo'lgan manometrlar ishlab chiqarilmoqda.

Adabiyotlar:


1. Yusupbekov N.R., Muxamedov V.I., Gulyamov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatJashtirisb. - Toshkent. O’qituvchi, 2011. - 576b.
2. YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. – 704 b.
3. SHandrov B.V., CHudakov A.D. Texnicheskie sredstva avtomatizatsii. -M.: Izd. sen. «Akademiya», 2007. -368s.
4. YUsupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov YU.SH. Avtomatika va nazorat ulchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-xunar kollejlari uchun darslik. -T.: Iktisod-moliya, 2010. -232b.
Download 17.92 Kb.




Download 17.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Pnevmatik ikkilamchi asboblar to‘grisida umumiy ma’lumotlar

Download 17.92 Kb.