Mehmondorchilik odobi




Download 100 Kb.
Sana06.08.2023
Hajmi100 Kb.
#78119
Bog'liq
9-билет
vaqtinchalik jurnal, ALFRAGANUS UNIVERSITETI, 1296-Текст статьи-3198-1-10-20210420 (1), Mulohaza tushunchasi. Chinlik jadvallari. Mulohazalar ustida log-hozir.org, OarjhKqYURTNotk6cmQH1RWDK8u8cdRPqOguYugF, xG5SItFBRr8x1lZU-lS80mSHjmLqXzNu, Irrigatsiya va Melioratsiya jurnali, 24-dars-MK, Metall konstruksiyalarini loyihalashning asoslari. Rejai, Mavzu duradgorlikning xalq turmushidagi roli, Yog’och va yog’och materiallarga ishlov berishning usullari-kompy.info, Mavzu Yog\'ochlarni turlarini tahlil qilish Reja, funsimple, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi

«Tasdiqlayman»
Maktab direktori: G.Baltabaeva

9-sinf OʻZBEK TILI


1-BILET
1. “Mehmondorchilik odobi” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.


2. Soʻz-gaplarga misol keltiring va izohlang
3. Yoʻl qoidalari deganda nimani tushunasiz? Yoʻl qoidalarini buzish qanday yomon
oqibatlarga olib kelishi haqida gapirib bering.

2-BILET
1. “Orzular qanotida” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollar tuzing.


2. Berilgan gaplarga “har” yoki “hech” soʻzlaridan mosini qoʻying.
Savob ishni ... kim ... kun qilishi kerak.
Biz ....... kimdan kam emasmiz.
..... yerni qilma orzu, ....yerda bor toshu tarozu.
3. Oʻzbek milliy sport turlari haqida nimalarni bilasiz?

3-BILET
1. “Akademik Flora Inoyatova” matnini oʻqing, matn mazmunini soʻzlab bering.


2. Gap boʻlaklari va ularning vazifalarini misollar bilan tushuntiring
3. Sogʻlik haqidagi maqollardan 2 ta aytib bering va maʼnosini tushuntiring.

4-BILET
1. “Sharafli burch” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.


2. Berilgan birikmalardan foydalanib, gaplar tuzing va ularni aytib bering.
Yaxshilarga intilib, kattalarga taqlid qilib, yomondan qoch, aqllidan oʻrgan, savodxon
biladi, ojizlarga koʻmaklashdi, intilganga ergashish.
3. Bugungi ishni ertaga qoldirma maqolining mazmunini tushuntirib bering.

5-BILET
1. “Ona – ulugʻ zot” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring.


2. Berilgan soʻzlar yordamida soʻz birikmalari tuzing.
Javon, stol, stul, divan, gilam, taom, non, ovqat, jigarrang, katta, qizil, yumshoq, mazali,
issiq, shirin.
3. Qanday xalq amaliy sanʼat turlarini bilasiz?

6-BILET
1. “Abdurauf Fitrat”matnini oʻqing va soʻzlab bering bering.


2. Berilgan gaplarga mos savollar toping va gaplarni aytib bering.
- ___________________________________________________
Maktabimizda shaxmat, basketbol, voleybol, futbol toʻgaraklari bor.
- ___________________________________________________
Sport sogʻlom va baquvvat boʻlishga yordam beradi.
3. Doʻstingiz bormi? Doʻstingizning ijobiy va salbiy fazilatlari haqida aytib bering?

7-BILET
1. “Meʼmoriy obidalar” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering


2. Gaplarning ajratilgan boʻlaklarini misollar bilan tushuntiring
3. Hozirgi texnologik rivojlanish haqida fikrlaringiz.

8-BILET
1. “Orzular qanotida” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.


2. Nuqtalar oʻrniga mazmuniga mos kirish soʻzlarni qoʻying, men uni ertaga koʻraman.
.........., futbol jamoamiz musobaqada yutqazib qoʻydi.
3. Karantin davridagi onlayn –maktab haqidagi fikringizni bildiring

9-BILET
1. “Yoshlikdagi orzular” matnini oʻqing va oʻz munosabatingizni bildiring.


2. Berilgan soʻzlarni toʻgʻri tartibda joylashtirib, maqollar hosil qiling va ularni ona
tilingizga tarjima qiling. Ishni,qoʻyma, bugungi, ertaga. Oʻlchab, bir, kes, yetti. Savol,
shirin, kutma, achchiq, berib, javob.
3. Alisher Navoiy haqida qanday maʼlumotlarga egasiz? U haqida qisqacha maʼlumot bering.

10-BILET
1. “Tillashayx jome masjidi” matnini oʻqing va siz ham boshqa bir tarixiy joy haqida fikr bildiring.


2. Baxillik, saxovat, ruhlanmoq, musavvir, tengdosh — soʻzlarining tarjimasini toping
va ular ishtirokida gap tuzing.
3. Bugungi kunda tabiatni asrash uchun siz nima qilyapsiz?

11-BILET
1. “Suv hayot demakdir” matnini oʻqing va suv haqidagi maʼlumotlaringizni bayon qiling.


2. Shaxsi maʼlum gaplarga misollar keltiring.
3.Sevimli asar qahramoningiz haqida soʻzlang.

12-BILET
1. “Sharafli burch” rivoyatini oʻqing va oʻz munosabatingizni bildiring.


2. Izohlovchi haqida tushuncha bering. Misollar bilan tushuntiring.
3. Transportda yurish qoidalari deganda nimani tushunasiz?

13-BILET
1. “Muqaddas ayol” matnini oʻqing. Matndan faylasufning ayolga bergan tavsifini


toping va izohlang.
2. Qavs ichiga har bir gap boʻlagining soʻroqlarini qoʻyib chiqing.
Qishda(..................) hamma yoq (...................) oppoq (...................) qorga (........)
burkanadi.
3. Navroʻz qanday bayram? Bu bayramning yurtimiz tarixida tutgan oʻrni haqida
nimalarni bilasiz?

14-BILET
1. “Yoqub Ahmedov” matnini oʻqing va savollar tuzing


2. Ot-kesimlar qaysi soʻz turkumlari bilan hosil boʻladi. Misollar bilan tushuntiring
3. Zilzila sodir boʻlganda qanday chora koʻrish kerak? Bunday vaziyatda siz nima qilgan
boʻlardingiz?

15-BILET
1. “Barkamol avlod – kelajak poydevori” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.


2. Soʻzlarni oʻz oʻrniga qoʻyib, maqollar hosil qiling.
Koʻp, soʻrama, bilgandan, soʻra, koʻp, yurgandan. Oʻrgan, ishla, bilmasang,bilsang.
Shoshilma, bajarishga, , berishga, vaʼdani, shoshil, vaʼda
3. Xalqimizga xos boʻlgan mehmondoʻstlik fazilatlarni aytib bering?
16-BILET
1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring.
2. Uyushiq boʻlaklarning qoʻllanilishi va ularning imlosi haqida maʼlumotlarni misollar
bilan tushuntiring
3. Quyidagi hikmatlarni tushuntirib bering.
Aql- yoshdan, odob boshdan. Yoshlik bahori tez oʻtar bilgin, Keksalar soʻzlarin quloqqa ilgin.

17-BILET
1. “Isʼhoqxon Toʻra Ibrat ” matnini oʻqing va matnni ochib beruvchi savollar tuzing.


2. Nuqtalar oʻrniga mos soʻzlar qoʻying va gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
Xiva …. Xorazmning noyob qadimiy shahridir. Madrasaga oʻn qirrali …. Shaklidagi
naqsh tushirilgan.
3. Muslim Yoʻldoshevning “Bir dam oʻtir, onajonim” sheʼrini oʻqing va mazmunini
tushuntirib bering.

18-BILET
1. “Vatanimiz himoyachilari” matnini oʻqing va matn mazmunini ochuvchi savollar


tuzing.
2. Shaxsi umumlashgan gaplarga misollar keltiring.
3. Abdurahmon Akbarning “Tabiat, sen onamiz” sheʼrida qanday gʻoya ilgari surilgan?

19-BILET
1. “Doim hushyor” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring.


2. Nuqtalar oʻrniga kerakli qoʻshimchalarni qoʻying va gaplarni ifodali qilib oʻqing.
Bilimli… kuchi ming… yetar, bilimsiz… kuchi bir… yetar.
Yaxshi… bogʻ qolar, yomon… dogʻ.
3. Orzu nima? Sizda “Orzular daftari” bormi, boʻlganda unga nimalarni yozar edingiz?

20-BILET
1. “Odobli boʻling” matnini oʻqing va savollar tuzing.


2. Berilgan maqollardagi vositali va vositasiz toʻldiruvchilarni toping.
Oltin oʻtda bilinadi , odam mehnatda.
Arslon izidan qaytmas, yigit soʻzidan. Birni kessang, oʻnni ek.
3. Ota-ona oldidagi burchingiz haqida soʻzlab bering.

21-BILET
1. “Oʻzbekiston askari” sheʼridan foydalanib, siz ham kelajakdagi harbiy faoliyatingiz


haqida fikr bildiring.
2. “Bu yurt barchamizniki”matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan misol bilan izohlang.
3. Oʻrin holi qanday soʻroqlarga javob boʻladi? Oʻrin holi ishtirokida gap tuzing.

22-BILET
1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.


2. Aniqlovchilar qanday soʻroqlarga javob boʻladi? Misollar orqali tushuntiring.
3.“Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi?” maqoli haqida nimalarni aytib bera olasiz.

23-BILET
1. “Ilm va uning xosiyatlari” matnini oʻqing va oʻz munosabatingizni bildiring.


2. Aniqlovchini turlarini misollar bilan tushuntiring.
3. Bilim haqida maqollar ayting va ularning mazmunini izohlab bering.
24-BILET
1. “Inson yaxshilik uchun yaratilgan” matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
2. Berilgan gapda harakatning bajaruvchisini toping.
Salim yomon baholarga maktabni bitirdi.
Bobur yozgan asarlar butun dunyoga mashhur.
3. Nima sababdan Vatanni onaga tenglashtiramiz ? Fikringizni bildiring

25-BILET
1. “Burch” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.


2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling va hollarni toping.
Bizning oilamiz Toshkentda yashaydi.
Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik boʻlsin.
3. N. Hasanovaning “Oʻzbekiston askari” sheʼridan olgan tushunchalaringizni ayting.

26-BILET
1. “Maftunkor boʻyoqlar” matnini oʻqing va mazmunini soʻzlang.


2. Gaplardagi ot-kesimlarni aniqlang.
Burchimiz- aʼlo oʻqish. Yugurish sportning bir turidir.
Suv – hayot manbai. Oʻzbekiston poytaxti Toshkent.
3. Tabiatni asrash qanchalik muhim? Bugungi kunda tabiatimizni asrash uchun qanday ishlar qilinmoqda.

27-BILET
1. “Vatanni his etish” sheʼrini ifodali oʻqing va mazmunini soʻzlab bering.


2. Kiritma gap haqida maʼlumot bering. Misollar bilan tushuntirib bering.
3. “Mening tengdoshlarim” deganda kimlar koʻz oʻngingizga keladi va darslikda xuddi
shu nomli sheʼrda nima deyilgan?
28-BILET
1. “Oʻzbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda” matnini oʻqing, matndagi milliy
sport oʻyinlaridan biri haqida soʻzlab bering.
2. Berilgan gapni oʻz ona tilingizga tarjima qiling.
Men tarixiy asarlarni oʻqishni yoqtiraman.
3. Mardlik deganda nimani tushunasiz? Qanday insonni mard deb ataysiz?

29-BILET
1. “Odob ziynati” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollarga javob bering.


2. Aniqlovchi qaysi soʻz turkumlari bilan ifodalanadi. Misollar bilan tushuntirib bering
3. Maqol va hikmatlarni oʻqing va mazmunini soʻzlab bering.
Yaxshilik qilsang, yashir. Yaxshilik koʻrsang, oshir.

30-BILET
1. “Meʼmoriy obidalar” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollar tuzing.


2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
Oʻzbekistonning qadimiy yodgorliklarini koʻrgani juda koʻp sayyohlar kelishadi.
Samarqanddagi koʻp meʼmoriy obidalar Mirzo Ulugʻbek tomonidan qurilgan.
3. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qoidalari haqida gapiring.

«Tasdiqlayman»


Maktab direktori: G.Baltabaeva

11- SINF
1- bilet


1. Qanday iboralarni bilasiz? Iboralar nima uchun kerak?
2. Jahon adabiyotiga mansub oxirgi oʻqigan kitobingiz haqida soʻzlab bering.
3. Kelajakdagi maqsadlaringizga erishish uchun qanday rejalarni tuzdingiz va
hozirda qaysi rejani amalga oshirishga harakat qilyapsiz?

2- bilet
1. Tarjimayi holingizni yozing.


2. “Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar ” maqolining mazmunini tushuntiribbering.
3. Alisher Navoiy haqida bilgan va oʻqigan maʼlumotlaringiz asosida shoir haqida soʻzlab bering.

3- bilet
1. “Hazrati inson” asari muallifi kim? Muallif haqida maʼlumot bering.


2. Qanday ish qogʻozlarini bilasiz? Sababsiz oʻqishga kelmasa qanday rasmiy xatyoziladi?

3. Kelajakda biznes bilan shugʻullanish istagingiz bormi? Bu haqida gapiribbering.


4- bilet
1. “ Xalqimizning yetuk farzandi” matnini oʻqing va mazmunini soʻzlab bering.


2. Ariza qanday yoziladi?
3. Hozirgi kunda biror asarni oʻqish uchun kutubxonaga borish yoki sotib olish
shart emas, chunki kitoblarning elektron variantini topib oʻqish mumkin. Bu fikrga
munosabatingizni bildiring. Qaysi kitoblarning elektron variantidan foydalangansiz?

5- bilet
1. Sharof Rashidov haqidagi matnni oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.


2. Berilgan maqol va hikmatlarning davomini yozing.
Yaxshilik nur keltirar, .
Yoshlikda olingan bilim, .
Kattaga hurmatda boʻl, .
Hunarni asrabon netgumdir oxir, .
3. Hozirgi kunda oʻz ilmi va hunari bilan dunyoni oʻzgartirayotgan
insonlar haqida gapiring.

6- bilet
1. “Usta Shirin Murodov” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.


2. Maqollarning, muqobilini toping, mazmunini tushuntiring.
Oltin oʻtda bilinar, odam- mehnatda. Aytilgan soʻz – otilgan oʻq.
3. Mobil telefonining foydali va zararli tomonlarini tushuntirib bering.

7- bilet
1. “Sahna yulduzlari” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.


2. Qanday ish qogʻozlari mavjud? Tavsifnoma matnini yozing.
3. Taʼlim sohasida boʻlayotgan yangiliklar haqida maʼlumot bering.
8- bilet
1. Alisher Navoiyning ruboiylarini yoddan ayting, mazmunini izohlab bering.
2. Ariza matnini yozing.
3. Sogʻlom turmush tarzi deganda nimani tushunasiz? Fikringizni bildiring.

9- bilet
1. “Abror Hidoyatov” matnini oʻqing va savollarga javob bering


2. Quyidagi hikmatning mazmunini tushuntiring.
Yaxshilik qoʻlingdan kelmasa,
Yomonlik ham qilma.
3. Oʻzbekistonda qanday tarixiy shaharlar bor? Ular haqida maʼlumot bering

10-bilet
1. “Boburning shaxsiy fazilatlari” matnini oʻqing va mazmunini soʻzlab bering.


2. Quyida berilgan tasviriy ifoda vositalarining nomini yozing: oltin boshoq,
salomatlik posboni, dala malikasi, moʻyqalam sohibi, charm qoʻlqop ustasi.
3. Vatanga sadoqat, vatanparvarlik nimalarda aks etadi? Gapirib bering.

11-bilet
1. “Davr farzandi” sheʼrini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.


2. Berilgan soʻzlardan zid maʼnosi bor so‘zlarni yozing.
quvonch –
oʻkinish –
changalzor –
unvon –
xavotirlanmoq –
tasviriy –
3. Alisher Navoiyning hikmatini oʻqing va mazmunini tushuntiring.
Boshni fido qilgʻil ato boshigʻa,
Jismni qil sadqa ano qoshigʻa.

12-bilet
1. “Ikki buyuk adib” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.


2. Qanday soʻzlar shakldosh soʻzlar deb ataladi? Misollar keltiring.
3. Kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz? Savolga javob yozing.

13-bilet
1. Maqsud Shayxzodaning “Toshkentnoma” sheʼrini oʻqing,


mazmunini soʻzlab bering.
2. Qanday kishilar dono deb hisoblanadi? Fikringizni bayon qiling.
3. Mardlik, mard inson deganda nimani tushunasiz? Misollar keltirib soʻzlab
bering.

14-bilet
1. Vilyam Shekspir haqidagi matnini oʻqing. Savollarga javob bering.


2. Quyidagi soʻzlarni toʻgʻri tartibda joylashtirib maqol hosil qiling:
koʻrib, yaxshini, koʻrib, yomonni, shukur qil, fikr qil. Sotgan, er, Vatanni,
boʻlmas
3. Sayohat deganda nimalar koʻz oldingizga keladi? Oʻzbekistonga tashrif
buyurgan sayyohlarni qiziqtiradigan tarixiy obidalar haqida maʼlumot bering.
15-bilet
1. Rasul Hamzatovning “Ona tilim” sheʼrini ifodali oʻqing. Nima uchun
shoir ona tilini muqaddas, buyuk hisoblaydi?
2. Quyidagi maqollarni tarjima qiling, muqobilini toping, mazmunini
tushuntiring. Qolgan ishga qor yogʻar. Dangasaga ish buyursang, senga aql
oʻrgatar. Tejab yegan darmonda, tejamagan — armonda.
3. Kino sanʼati qachon paydo boʻlgan? Qanday kinofilmlarni tomosha qilasiz?
Oʻzbek kino yulduzlaridan kimlarni bilasiz? Gapirib bering.

16-ilet
1. “Shohjahon asri” matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering.


2. Antonim soʻzlarni aniqlang.
1.Toʻgʻri til tosh yorar, egri til bosh yorar. 2. Erta ekkan xirmon qilur, kech
ekkan armon qilur. 3.Eski yilning hisobi –yangi yilning kitobi. 4.Yaxshi bola nom
keltirar, yomon bola gʻam keltirar.
3. Siyosatchi deganda siz kimlarni tushunasiz? Ularda qanday sifatlar boʻlishikerak?

17-bilet
1. “Mark Tven yon daftarchasidan” matnidagi hikmatlarni oʻqing, munosabatbildiring.


2. Berilgan soʻz birikmalari yordamida gaplar tuzing. Koʻchma maʼnoli soʻzlarni aniqlang.
Oltin kuz, uzukning koʻzi, tosh yurak, temir qanot.
3. Tavsifnoma yozing. Bu hujjat qachon va kim tomonidan yoziladi?

18-bilet
1. «Oʻzbekiston- suveren davlat» matnini oʻqing. Mazmunini ochuvchi savollartuzing.


2. Berilgan gapdagi kiritmalarni belgilang. Uning oʻgʻillari: (ularni hamma
taniydi) Murod va Hakim maktabda oʻqiydi. Mushuk yarmi qizil, yarmi sariq
koptokni (u Adibaning mushugi) u yoqdan bu yoqqa dumalatish bilan ovora edi.
3. Sizda qanday salbiy va ijobiy sifatlar bor? Qanday sifatlar sizda boʻlishini yoki boʻlmasligini xohlar edingiz?

19-bilet
1. Shtlandiyalik fermer haqidagi matnni oʻqing. Matnda qanday gʻoya ilgari surilgan?


2. Yurtim, onajon, doʻstim, hayot, buvijon soʻzlarini undalmaga aylantirib gaplar tuzing.
3. Tarjimayi holingizni yozing.

20-bilet
1. “Toms” matnini oʻqing va matnni ochib beruvchi savollar tuzing.


2. Ichki va tashqi monolog haqida gapiring. Misol yozing.
3. Rezyume yozing.

21-bilet
1. Donishmand va aka-uka haqidagi hikoyani oʻqing va munosabatingizni


bildiring.
2. Nuqtalar oʻrniga tushirib qoldirilgan soʻzlarning mosini qoʻyib
yozing va mazmunini tushuntiring
…ning soʻzi qisqa, aytgani esa .. .( yoʻllanma, aqlli) Aqlli oʻrnida … -da, javobini … . ( soʻzlaydi, kutadi)
3. Orzu bilan maqsadning farqi nimada?

22-bilet
1. Muvaffaqiyat siri” matnini oʻqing va munosabatingizni bildiring. .


2. Savolni oʻqing. Savol asosida dialogik matn tuzing.
Tirikchilik qilish uchun hunar oʻrganish yoki biror narsa yasab sotish uchun ustaga
shogird tushish shartmi? Y oki kitob, video, internet orqali oʻrganish ham mumkinmi?
3. Advokatlar haqida maʼlumot bering. Advokatlar qanday fazilatlarga ega
boʻlishi kerak?

23-bilet
1. “Shoir ijodida Dogʻiston timsoli” matnini oʻqing mazmunini soʻzlab bering.


2. Berilgan gaplardagi iboralarning soʻz juftini topib yozing. Ona
farzandini kutaverib, yuragi tars yorilib ketayozdi. Zamira dugonasining
xatolarini boʻyniga qoʻydi.
3. Ota-ona sifatida oʻzingizni qanday tasavvur qilasiz?

24-bilet
1. “Pochtachilikdan yozuvchilikkacha” matnini oʻqing, matn mazmunini ochuvchi savollar tuzing.


2. Iboralarning mazmunini tushuntiring.
Kapalagi uchib ketdi, ustidan chiqdi, tosh otdi, toʻnini teskari kiydi, qovogʻidan qor yogʻdi.
3. Iqtisod odobi haqida nimalarni bilasiz?

25-bilet
1. “Mark Tven haqidagi qiziqarli faktlar” matnini oʻqing, munosabatingiznibildiring.


2. Berilgan soʻz birikmalari yordamida gaplar tuzing va koʻchma maʼnodagi
birikmalarni belgilang. Tosh yoʻl. Tosh yurak. Temir qanot. Temir darvoza. Kumush qoshiq. Kumush toʻy.
3. Oʻzbekistondagi qadimiy inshootlar haqida bilasizmi? Ularga qachon asos
solingan? Nima sababdan bugungi kungacha bu inshootlar saqlanib qolgan?

26-bilet
1. “Vaqtni munosib taqsimlash - marraning yarmi” matnini oʻqing. Siz matndagi fikrlarga qanday qoʻshimchalar qilardingiz?


2. Nuqtalar oʻrniga qavs ichidagi soʻzlardan mosini qoʻyib yozing. ( rost, toʻgʻri) oʻzadi, egri toʻzadi.
(murodim, maqsadim) oliy oʻquv yurti talabasi boʻlish.
3. Siz qaysi kasbni tanladingiz? 3ta sababini yozing.

27-bilet
1. Boy va ikki xizmatkor haqidagi rivoyatni oʻqing va munosabatingizni bildiring.


2. Sinonim otlar va sinonim sifatlarni ajratib yozing: tayyor, taxt, yordam,
koʻmak, sezgir, ziyrak, qobiliyatli, teng, isteʼdodli, shamol, qoʻrqmas, yel, jasur.
3. Sizningcha, zamonaviy insonlar qanday fazilatlarga ega boʻlishi kerak?

28-bilet
1. “Ilm va hunar oʻrganish” matnini oʻqing va oʻz munosabatingizni bildiring.


2. Antonim soʻzlarini aniqlang. Ularga maʼnodosh soʻzlar yozing. Doʻst achitib gapirar, dushman kuldirib.
Yaxshilik nur keltirar, yomonlik zulmat. Eski yilning hisobi- yangi yilning kitobi.
Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl.
3. “Boburnoma”asarining tarbiyaviy ahamiyatini soʻzlab bering.
29-bilet
1. Ravshan Ermatov kim? U oʻzbek futboliga qanday hissa qoʻshgan?
2. Berilgan gaplardan omonim soʻzlarni ajratib yozing.
Qoʻy, bu fikringdan qayt. Semizlikni qoʻy koʻtaradi. Hujjatga imzo
qoʻy. Marhamat, uyga kir. Kiyimingni kir qilma. Kir mashinasi ishni yengillashtiradi. Qari kelsa oshga, yosh kelsa ishga. Bekorga koʻzdan oqqan yosh.
3. Dunyoga mashhur muzeylar haqida bilasizmi? Sizningcha ularning mashhurligi nimada?

30-bilet
1. Alisher Navoiyning ruboiylarini oʻqing, mazmunini izohlab bering.


2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
1. Sen bormasang, u yerda men bir oʻzim nima qilaman.
2. Shahrimizga har yili minglab sayyohlar kelishadi.
3. Men bugun kutubxonaga bormoqchiman.
3. Oʻzbekistonga tashrif buyurgan taniqli insonlardan kimlarni bilasiz? Ular
haqida maʼlumot bering.


Metod birlashma raisi: _______ _______________________
Download 100 Kb.




Download 100 Kb.