18-maruza. Asinxron motorlarni minimum reaktiv quvvat iste’moli rejimida ishlashini
ta’minlovchi avtomatik boshqarish tizimi
Reja:
1. Asinxron motorlarni
avtomatik boshqarish tizimlari to’g’risida umumiy
tushunchalar
2. Reaktiv quvvat iste’moli minimum bo‘lgan rejimda ishlaydigan asinxron motorli
ekstremal avtomatik boshqarish tizimining blok sxemasi
1.Asinxron motorlarni avtomatik boshqarish tizimlari to’g’risida umumiy
tushunchalar
Ma’lumki nasos qurilmalari elektr yuritmalarining asinxron motorlari butun ish rejimi
davomida valida nominal yuklanish bilan ishlamaydi. Ularning
reala yuklanganlik darajasi
yuklanishning nominal qiymatiga nisbatan 0,3
1,0 oraliqda o‘zgaradi. Yuklanish momentining
nominal qiymatidan kam bo‘lishi, motorning tarmoqdan iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatining
oshishiga olib keladi va natijada motorning quvvat koeffitsienti pasayadi. Asinxron motor reaktiv
quvvati Q ni motor validagi yuklanish momenti bilan o‘zaro bog‘lab, minimal qiymatiga keltirib
avtomatik boshqarish asinxron elektr yuritmalarda energiya tejamkorlikka erishishning asosiy
yo‘nalishlaridan biridir.
Asinxron motor ishlayotgan vaqtida stator chulg‘ami kuchlanishining chastotasi f = 50 Gs = const
ekanligini va yuklanish momenti yoki quvvati nominal qiymatidan
kichik ekanligini hisobga
oladigan bo‘lsak, u holda motor magnit tizimining to‘yinmagan rejimida ishlayotgan bo‘ladi va
motor magnitlanish tavsifining to‘g‘ri chiziqli qismida ishlaydi. Shunda stator chulg‘amiga
berilayotgan kuchlanish U
1
bilan magnit oqimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni chiziqli deb qarash
mumkin bo‘ladi va ularning nisbiy qiymatlarini o‘zaro teng deb olinadi
,
(18.1)
bu yerda,
F/F
n
– magnit oqimining nisbiy qiymati,
= U
1
/U
1H
– stator chulg‘amiga
berilayotgan kuchlanishning nisbiy qiymati.
(18.1) tenglamani hisobga olgan holda yuklanishning real qiymatiga qarab, motor iste’mol
qilayotgan reaktiv quvvatni magnit oqimini o‘zgartirib
amalga oshirish bilvosita, ya’ni stator
kuchlanishi vositasida bajariladi va uning qiymati quyidagi diferensial tenglama orqali aniqlanadi
,
0
d
Q
Q
d
H
(18.2)
bu yerda Q/Q
n
– reaktiv quvvatning nisbiy qiymati.
18.1 – rasmda tasvirlangan asinxron motorni ekstremal avtomatik boshqarish tizimi
yuklanishning barcha real qiymatlarida motor iste’mol qilayotgan
reaktiv quvvat miqdorini
minimal qiymatida bo‘lishini (18.2) tenglama asosida amalga oshiradi va motor energetik
ko‘rsatkichlarini nominal qiymatlariga yaqin qiymatlarda bo‘lishini ta’minlaydi.
Asinxron motorni ekstremal avtomatik boshqarish tizimi quyidagi asosiy tarkibiy
qismlardan iborat: asinxron motor M, tiristorli o‘zgaruvchan tok kuchlanishi rostlagichi TKR kuch
sxemasi KS orqali uch fazali elektr tarmog‘iga ulangan, TKR ning boshqaruv tizimi BT jamlovchi
qurilma JQ chiqish qismiga ulangan, JQ ning birinchi kirish qismiga esa vazifalovchi signal U
V
beriladi, JQ ning ikkinchi kirish qismiga esa esda saqlovchi qurilma
ESQ ning chiqish qismi
ulangan, quvvat o‘lchov o‘zgartkichi QO‘O‘ ning kirish qismi asinxron motor M ning stator
chulg‘amiga ulangan va shu kirish qismga funksional o‘zgartkich FO‘ ning kirish qismi ulangan,
FO‘ ning chiqish qismi esa ko‘paytirish bloki KB ning ikkinchi kirish qismiga ulangan, QO‘O‘
ning chiqish qismi ko‘paytirish bloki KB ning ikkinchi kirish qismiga ulangan, KB ning chiqish
qismi esa birinchi differensiallovchi qurilma 1DQ ning kirish qismiga ulangan bo‘lsa chiqish qismi
esa bo‘luvchi blok BB ning birinchi kirish qismiga ulangan, BB ning ikkinchi kirish qismiga esa
ikkinchi differensiallovchi qurilma 1DQ ning chiqish qismi ulangan, 2DQ
ning kirish qismiga
kuchlanish o‘lchov o‘zgartkichi KO‘O‘ ning chiqish qismi ulangan va KO‘O‘ ning kirish qismi
esa asinxron motor M ning liniya kuchlanishiga ulangan.
Asinxron motor energetik ko‘rsatkichlarining optimal qiymatlarida bo‘lishi, motor validagi
yuklanishning qiymatiga mos ravishda stator chulg‘amidagi kuchlanishni rostlash natijasida,
motorning reaktiv quvvat iste’molini minimal qiymatga keltirish asosida amalga oshiriladi. Bu
avtomatik boshqarish tizimida motor validagi yuklanishning qiymati bilvosita aktiv quvvat
bo‘yicha hisoblanadi.
18.1 – rasm. Reaktiv quvvat iste’moli minimum bo‘lgan rejimda ishlaydigan
asinxron motorli
ekstremal avtomatik boshqarish tizimining blok sxemasi
Oxirgi qayd qilingan yuklanish uchun stator chulg‘ami kuchlanishi xali o‘zgartirilmagan
holda
0
1