|
14-Mavzu: Tezligi chastotani o‘zgartirib rostlanadigan asinxron motorli emtni minimum stator toki rejimlarini ta’minlovchi ekstremal izlanuvchi avtomatik boshqarish tizimi Reja
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 55,71 Kb. | | #240540 |
Bog'liq M14 Tezligi chastotani o‘zgartirib rostlanadigan asinxron motorli (1)
14-Mavzu: Tezligi chastotani o‘zgartirib rostlanadigan asinxron motorli EMTni minimum stator toki rejimlarini ta’minlovchi ekstremal izlanuvchi avtomatik boshqarish tizimi
Reja:
13.1 Tezligi chastotani uzgartirib rostlanadigan asinxron motorli EMTni minimum stator toki rejimlarini ta’minlovchi ekstremal izlanuvchi avtomatik boshqarish tizimi
13.2 EMTda asinxron motorini stator tokining eng kichik qiymatida ishlaydigan chastotaning o‘zgartirib tezligi rostlanadigan avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritmaning blok sxemasini yaratish
Tezligi rostlanmaydigan asinxron motorlarni energiya tejamkor ish rejimlarini chastotani o‘zgartirib tezligi rostlanadigan asinxron motorlar uchun ham qo‘llash mumkin. Agar tezligi rostlanmaydigan asinxron elektr yuritmalarda kuch o‘zgartkichi sifatida yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlar qo‘llaniladigan bo‘lsa, chavstotani o‘zgartirib tezligi rostlanadigan asinxron elektr yuritmalar uchun esa yarim o‘tkazgichli chastota o‘zgartkichlar qo‘llaniladi va chastotanining qiymati mustaqil ravishda rostlanadi.
Misol tariqasida amalga oshirish eng oson bo‘lgan chastotani o‘zgartirib tenzligi rostlanadigan asinxron motorning minimum stator toki ish rejimini amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritma sxemasini ko‘rib chiqamiz (7.4 – rasm).
Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning tarkibiy tuzilishi: asinxron motor M va uning stator chulg‘amiga bilvosita tiristorli chastota o‘zgartkich ChO‘ ning kuch sxemasi KS ulangan, ChO‘ ning chastotani boshqarish tizimi ChBT ga to‘g‘ridan tug‘ri vazifalovchi qurilmadan berilayotgan vazifalovchi signal UV ulangan, kuchlanishni boshqarish tizimi KBT ga funksional o‘zgartkich FO‘ ning birinchi kirish qismi orqali UV signal beriladi, ikkinchi kirish qismiga esda saqlab qoluvchi qurilma ESQ ning chiqish qismi ulangan, ESQ ning kirish qismiga bo‘lish blokining chiqish qismi ulangan, BB ning ikkinchi kirish qismiga birinchi differensiallovchi qurilma 1DQ ning chiqish qismi ulangan, 2DQ ning kirish kismiga kuchlanish o‘lchov o‘zgartkichi KO‘O‘ ning chiqish qismi ulangan, KO‘O‘ ning kirish qismi esa stator chulg‘amiga berilayotgan liniya kuchlanishiga ulangan, BB ning birinchi kirish qismi ikkinchi differensiallovchi qurilma 2DQ ningn chiqish qismiga ulangan, 2DQ ning kirish qismi esa tok o‘lchov o‘zgartkichi TO‘O‘ ning chiqish qismiga ulangan, TO‘O‘ ning kirish qismi esa stator toki zanjiriga ulangan.
Asinxron elektr yuritma quyidagi tarzda ishlaydi. Vazifalovchi signal UV ChBT ga boshqaruv chastotaga mos signalni uzatadi va bu signal bir paytda 1FO‘ ga ham berilib yuklanish momenti xarakteriga mos ravishda ifoda bo‘yicha rostlab KBT ga uzatiladi. ChO‘ ning kuch sxemasi KS ning chiqish qismidan asinxron motor M ning stator chulg‘amiga motor validagi yuklanish momentiga mos chastotali kuchlanish beriladi. Motor validagi yuklanish nominal qiymatda bo‘lsa, ya’ni bo‘lganida, u holda ESQ ning chiqish qismidagi signal = 0 bo‘ladi.
7.4 – rasm. Stator tokining eng kichik qiymatida ishlaydigan chastotani o‘zgartirib tezligi rostlanadigan avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritmaning blok sxemasi
Yuklanish momenti bo‘lsa, u holda TO‘O‘ da stator tokiga mos ekvivalent signal hosil qilinadi. Bu signal 2DQ ning kirish qismiga yuboriladi va u yerda vakt bo‘yicha differensiallanib BB ning birinchi kirish qismiga yuboriladi va shuningdek BB ning ikkinchi kirish qismiga KO‘O‘ dan olingan kuchlanish 2DQ da vaqt bo‘yicha differensiallangan signal beriladi. BB da bo‘lish amali bajarilib vaqt bo‘yicha bog‘lanmagan signal hosil qilinadi. = 0 shartining bajarilishi asinxron motorning minimal stator toki rejimida ishlashini ta’minlaydi. Bu shartning bajarilmasligi ning ma’lum qiymatga ega bulishiga olib keladi va bu signal ESQ orqali FO‘ ning ikkinchi kirish qismiga uzatiladi. Bu yerda real yuklanish momenti va chastotani hisobga olgan holda motorning minimal stator toki rejimida ishlashini ta’minlovchi boshqaruv kuchlanishini yuzaga keltirishda ishtirok etadi . Signal ESQ da keyingi yuklanish momenti va shuningdek chastota qiymatining o‘zgarishiga qadar saqlanib turiladi.
Bu avtomatlashtirilgan asinxron elektr yuritma blok sxemasidagi qurilmalari va bloklarini yagona mikroprsessorli tizimga biriktirish elektr yuritmaning funksional imkoniyatlarini va tezkorligini oshirishi bilan birga konstruktiv ihchamlikka ham olib keladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
14-Mavzu: Tezligi chastotani o‘zgartirib rostlanadigan asinxron motorli emtni minimum stator toki rejimlarini ta’minlovchi ekstremal izlanuvchi avtomatik boshqarish tizimi Reja
|